Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
"Yangi Oʻzbekiston" universitetida Tibbiyot fakulteti tashkil etilmoqda

Samarqand shahrida Oʻzbekiston va Germaniya davlatlarining tegishli vazirlik va idoralar, turli tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev va Germaniyaning "Mangold consulting" rahbariyati ishtirokida vazirlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida jahon andozalariga mos Tibbiyot fakultetini tashkil etish boʻyicha qoʻshma loyiha va memorandum imzolandi.

✔️ Aytish lozimki, Germaniya standartlari asosida tashkil etilayotgan ushbu fakultet oʻzining maxsus klinika va tadqiqot markaziga ega boʻladi. Shuningdek, taʼlim va tadqiqot jarayonlarining ingliz tilida tashkil etilishi xorijlik professor-oʻqituvchilarni jalb qilish imkoniyatini beradi.

👉 Maʼlumot uchun: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti Tibbiyot fakulteti Germaniyaning Frayburg universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Frayburg universitetida 20 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Dunyo oliygohlari reytingida ushbu universitet 128-oʻrinni, tibbiyot fanlari boʻyicha 98-oʻrinni egallaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

🍆 "Yosh fermer" loyihasi doirasida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida "Eco-schools Uzbekistan"ning yangi ishtirokchilari uchun issiqxonalar o‘rnatish ishlari yakuniga yetdi.

🌡 O‘quvchilarning ko‘pchiligi allaqachon o‘qituvchilari bilan birgalikda ekish bo‘yicha dastlabki tajribalarni boshlashlari — ko‘kat, piyoz, sabzavot va ko‘chatlar ekish, ko‘paytirish uchun qalamchalar tayyorlashlari mumkin. Har bir o‘simlikning harorat, namlik va yorug‘likka o‘z talablari borligini esda tutish muhim. Bundan tashqari, ekish paytida sabzavot yoki ko‘katlarning birgalikda "yashash" qoidalariga e’tibor berish lozim. Masalan, pomidor yoniga salat bargi, petrushka va piyoz ekish foydali. Bodring uchun esa petrushka, ukrop, rayhon, bulg‘or qalampiri va baqlajon yaxshi "hamroh" hisoblanadi.

🌦 Bilimlarni o‘zlashtiramiz, ob-havo prognoziga qaraymiz va ishga kirishamiz!

#YoshFermer
~~~
👋😊 Всем привет!

🍆 В рамках проекта «Юный фермер» В Хорезмской, Бухарской, Навоийской, Самаркандской, Джизакской областях и Республике Каракалпакстан завершилась установка теплиц для новых участников Eco-schools Uzbekistan.

🌡 И многие из «новичков» уже могут вместе с преподавателями начинать первые эксперименты по посадке: сажать зелень, лук, овощи, рассаду, готовить черенки для размножения. Важно помнить, что каждое растение предъявляет свои требования к температуре, влажности, освещению. Также при посадках необходимо учитывать правила совместного «проживания» овощей или зелени. Например, рядом с помидорами хорошо сажать листья салата, петрушку, лук. А для огурцов хорошими «компаньонами» будут петрушка, укроп, райхон, болгарский перец, баклажаны.

🌦 Набираемся знаний, уточняем прогноз погоды и за дело!

#ЮныйФермер

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko’rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan viloyatning barcha tuman, shaharlarida trener-koordinator, master-trener va mentor-o‘qituvchilar ishtirokida oʻquvlar tashkil etildi.

🔹Unda "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tashkil etish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM