Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.3K photos
6.01K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Bogʻcha tarbiyalanuvchilari savodxonligini oshirish va ularning sogʻlom ovqatlanishiga doir muhim masalalar muhokama qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahrida “Maktabgacha taʼlim asoslarini mustahkamlash: bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish va oilani jalb qilishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Mehribonlik Korpusining (Mercy Corps) Oʻzbekistondagi filiali, Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilgan tadbir AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan MakGovern-Doul “Bolalar taʼlimi va ovqatlanishi uchun xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida oʻtkazildi.

📍Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari, hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog va metodistlari qatnashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan maʼruzachilar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida erta savodxonlikni rivojlantirish va pedagoglarni tayyorlashning ilgʻor xalqaro tajribalari xususida oʻz mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, maktabgacha taʼlimda xotirani rivojlantirish va bolalarning hissiy va ijtimoiy oʻsishiga yordam berish yoʻllari va boshqa muhim masalalar muhokama etildi.

Maʼlumot uchun: McGovern-Dole “Taʼlim va bolalar ovqatlanishi” dasturi Oʻzbekistonning qishloq hududlarida bolalarning erta yoshdan taʼlim olishini yaxshilashga qaratilgan besh yillik dasturdir. Dasturdan koʻzlangan maqsad, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim va ovqatlanishni qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratgan holda, bolalar rivojlanishiga yaxlit yondashuvni yaratishdan iborat.

👉 Mazkur konferensiya joriy yilning 19-sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin education" loyihasi doirasida 20 ta ta’lim muassasasiga mexatronika va robototexnika bo‘yicha darslikning ikkinchi nashri yetkazib berildi. Yangi darslik o‘quvchilar uchun fan va texnologiyalar olamiga yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma vazifasini o‘taydi. U har bir o‘quvchining individual ravishda rivojlanishi va tanlagan yo‘nalishida takomillashishiga imkon beradigan maxsus o‘qitish uslublari va turli murakkablikdagi vazifalarni o‘z ichiga olgan.

Shuningdek, yangi o‘quv yili boshida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 19 ta maktabga robotlar va turli dasturlashtiriladigan qurilmalarni yig‘ish uchun 190 ta robototexnika to‘plami topshirildi.

В рамках проекта Zamin education 20 образовательных учреждений получили второе издание учебника по мехатронике и робототехнике. Новый учебник служит для ребят путеводителем в мир науки и технологий. Он содержит специальные методики обучения и задания различной сложности, позволяя каждому ученику индивидуально развиваться и совершенствоваться в выбранном направлении.

Также к началу нового учебного года 19 специализированных школ для детей с нарушениями слуха получили комплекты для сборки роботов и различных программируемых устройств.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Эълон

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Koreya elchixonasi huzuridagi Ta'lim markazi bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun Koreyada ishlash imkonini beruvchi qo'shma loyiha e’lon qilinmoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlardan quyidagilar talab qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
umumta’lim maktablaridagi kamida 5 yillik ish tajribasi;
eng kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lish (nomzod O‘zbekistondagi yoki Koreyadagi oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lishi lozim);
koreys tilini bilishi (TOPIK 4 va undan yuqori darajada).

Loyihada ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar:

Ariza;
Pasport nusxasi;
Rasm;
TOPIK sertifikati nusxasi (sertifikat bo‘lmagan taqdirda, talabgorning koreys tiliga oid bilimlari onlayn intervyu tarzida tekshirib olinadi);
Mehnat staji haqida ma’lumotnoma;
Tavsiya xati;
Ta’lim hujjatlari apostili;
Viza olish uchun ariza;
Muqaddam sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (apostil tarzida);
Tibbiy ma’lumotnoma.

Hujjatlar joriy yilning 4-oktabriga qadar tashkec.uz sayti orqali qabul qilinadi.
________________
📞Hujjatlar va loyiha haqida batafsil ma’lumot uchun: 71 291 81 82 (ichki raqam 121, 113).

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

▪️Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” bayram tadbiri “BARKAMOL AVLOD — IMKONIYATLAR MASKANI” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

✔️Tadbir davomida to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi hamda targ'ibot aksiyalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

⚡️Ma’lumot uchun:
shu kabi “Ochiq eshiklar kuni” bayram tadbirlari respublikamiz bo‘ylab barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarida boʻlib oʻtmoqda.

📌Eslatib o‘tamiz, joriy yil davomida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 10 marotaba ijodiy ishlar ko‘rgazma tadbirlari o‘tkazildi.

©️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Peshku tumanidagi 3 va 23-sonli, Kogon tumanidagi 17-sonli va Shofirkon tumanidagi 10-sonli maktablarda quduqlardan suv chiqarish, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatildi, ichki va tashqi muhandislik suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari, hojatxona va dushxonalar qurildi, oqova suvlarni sug‘orish darajasigacha biologik tozalashning mahalliy tizimlari yaratildi. Joriy yilda "Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" loyihasi doirasida 17 ta maktabda tayyor holda topshirish sharti bilan ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya tizimi yo‘lga qo‘yildi.

В школах №3 и №23 Пешкунского района, №17 Каганского района и №10 Шафирканского района установлены системы водообеспечения из скважин, фильтрации и опреснения воды до уровня безопасной питьевой, построены внутренние и внешние инженерные сети водоснабжения и канализации, туалеты и душевые, созданы локальные системы биологической очистки сточных вод до уровня поливной. В этом году в рамках проекта «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах Бухарской области» запущено 17 новых школ, в которых создана система питьевого водоснабжения и санитарии «под ключ».

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube