Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.4K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" TADBIRI O‘TKAZILDI

▪️ Samarqand shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

☝️Tadbirda to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

⚡️Ko‘rgazma doirasida KONSERT DASTURI o‘tkazilib, ishtirokchilarga quvnoq kayfiyat ulashildi.

🔹Tadbirni o‘tkazishdan maqsad to‘garaklarga o‘quvchilarni jalb qilish, ota-onalarni ushbu to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Telegram
| Facebook | Veb sayt
#қонунчиликдаги_ўзгаришлар

Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining qator Kodeks hamda Qonunlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 43-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha orqali nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini tekshirish Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshirilishini belgilandi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 53-moddasi uchinchi qismiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli maqsadlar uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmasligi belgilandi.

Shuningdek, qabul qilingan yangi Qonunga koʻra:

taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi mexanizmi joriy etildi;

davlat taʼlim standartining nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan majburiy bajarilishi belgilandi.

👉 Qonunning to‘liq matni:
https://lex.uz/pdfs/7093724

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM