Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
106K subscribers
22.4K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar, aziz yurtdoshlar!
 
Ona Vatanimiz istiqlolining 33 yilligi – mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida ozod diyorimizda har bir yil hamma sohada ulkan yutuqlar, tub o‘zgarishlar, xayrli natijalar bilan tarixga muhrlanayotgani bizni behad quvontiradi.

Ijtimoiy davlat deya atalgan Yangi O‘zbekistonimizdagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad inson qadrini ulug‘lash, har bir yurtdoshimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish, mamlakatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari safiga olib chiqishdan iborat.

Bu o‘zgarishlar albatta ertangi kun egalarining bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq.

Shunday ekan, kelajagimiz bunyodkorlarining har tomonlama barkamol voyaga yetishlari yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan qadrli yurtdoshlarimizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik, ulkan zafarlar tilayman.

Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz yanada fayz-u barakaga to‘lsin.

Barcha yutuqlarimizning poydevori, hayotbaxsh manbai sanalgan istiqlolimiz boqiy bo‘lsin!

Yana bir bor bayram muborak, azizlar!

Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
#bizning_jamoa

Istiqlolning 33 yilligi muborak! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin 🇺🇿♾️
#iqtibos

“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿 (𝑴𝑼𝑯𝑹𝑰𝑫𝑫𝑰𝑵 𝙉𝙊𝙍𝙈𝙐𝙍𝙊𝘿𝙊𝙑)
🇺🇿 Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 19 ta maktab foydalanishga topshirildi

📉Mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Surxondaryo viloyatida ham o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, ta'lim muassasalarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish maqsadida yirik loyihalar asosida ijtimoiy soha obyektlari qurib foydalanishga topshirilmoqda.

➡️Surxondaryo viloyatida joriy yilda davlat dasturlari va tegishli qarorlarga asosan 48 ta maktabda kapital rekonstruksiya, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi va ushbu maktablarning

19 tasi, xususan, Angor tumanida 2 ta, Boysun tumanida 2 ta, Denov tumanida 4 ta, Jarqo'rg'on tumanida 2 ta, Sherobod tumanida 1 ta, Uzun tumanida 1 ta, Qumqo'rg'on tumanida 2 ta, Sariosiyo tumanida 2 ta, Muzrabot tumanida 1 ta, Termiz shahrida 1 ta, Oltinsoy tumanida 1 ta maktab binolari yangi o'quv yili oldidan foydalanishga topshirildi.

⚡️Maktablarning ochilish marosimida tuman mutasaddi rahbarlari, faollar va nuroniy o‘qituvchilar bilan birgalikda mamlakatimizda hurmatli prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z bordi. Jumladan, maktab va maktabgacha ta'lim yo‘nalishiga oxirgi yillarda keng e'tibor qaratilganligi alohida ta'kidlandi.

ℹ️Hozirgi kunda qolgan obyektlarda ham qurilish ishlari davom etayotgan bo'lib, tez kunlarda foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt