Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.2K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Belarusda madaniy hordiq chiqarishdi

Bir guruh oʻzbekistonlik iqtidorli oʻquvchilar Belarusda joylashgan “Zubryonok” Milliy bolalar taʻlim va sogʻliqni saqlash markazida maroqli hordiq chiqarishdi.

Belarus Respublikasi taʻlim vazirligi taklifiga binoan tashkil etilgan sayohat tadbirlarida Respublika fan olimpiadasi, “Turon” maktab teatri va “Buzatov fest” tanlovlari gʻoliblari, “Eko-maktab” loyihasi ishtirokchilari hamda turli respublika va xalqaro tanlov va musobaqalar sovrindorlari ishtirok etdi.

Oʻquvchilar rus va belаrus tengdoshlari bilan turli madaniy markazlar va tarixiy obidalarga uyushtirilgan sayohatlar, badiiy va kompyuter toʻgaraklari, sport va ommaviy tadbirlar hamda musobaqalarda faol qatnashdi.

👉 Shuningdek, hududda joylashgan Tibbiyot markazida tibbiy muolajalar olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_bolalari

📍NAVBATDAGI MANZIL — SURXONDARYO VILOYATI!

📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.

📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili SURXONDARYO VILOYATI!

⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ!

Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kun mavzusi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saylov kampaniyasi nima va u qanday bosqichlardan iborat?

💬 Saylov kampaniyasi – bu saylovlarga tayyorgarlik koʼrish va ularni oʼtkazish davri hisoblanadi.

📱 Saylov2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikdagi faoliyati joyiga chiqib oʻrganildi.

Unda senatorlar, Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarori bilan Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining barcha aʼzolari 25 ta vazirlik va idoraga biriktirilib, oʻzaro hamkorlikdagi asosiy ustuvor yoʻnalishlar belgilab berilgan.

Yoshlar bilan ishlash, yosh xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish, yoshlarga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borish, shuningdek, qisqa, oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarni belgilab olish, ularni amalga oshirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni (Yoʻl xaritalari) ishlab chiqish shular jumlasidandir.

Shundan kelib chiqib, vazirliklar masʼullarining mazkur yoʻnalishlarda olib borilgan hamkorlikdagi faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi.

Oʻrganish davomida vazirliklar va Yoshlar parlamentining hamkorlikdagi loyihalariga ham eʼtibor qaratildi. Bu borada har ikki tarafning taklif-mulohazalari eshitilib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan loyiha va tanlovlar muhokama etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_bolalari

📍NAVBATDAGI MANZIL - QASHQADARYO!

📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.

📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili QASHQADARYO VILOYATI!

⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ!

Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

📌Ma'lumot uchun:
"Barkamol avlod bolalari” festivali avgust oyi davomida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qo‘qon shahridagi 27-maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Mazkur maktab binosining asosiy qismi 2012-2014-yillarda ta’limdan boshqa sohalarga berib yuborilgan edi.

Hozirda maktab to‘liq ta’lim tizimiga qaytarildi va Investisiya dasturi doirasida butunlay ta’mirlanmoqda.

Yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ushbu ziyo maskani hudud maktablari uchun har jihatdan namuna bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @TilAdabiyot_bot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat bot | Muhokama