Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
106K subscribers
22.4K photos
6.17K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#қонунчиликдаги_ўзгаришлар

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti”ga ayrim oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra:

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda yoʻllanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilinadi.

Fuqarolarga yoʻllanma olish uchun berilgan soʻrovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda oʻzgartirish imkoniyati yaratildi.

Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yoʻllanma oʻz kuchida qoladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;

2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari.

✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.

EKSPERTLAR:

➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!

Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.

Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.

Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.

Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!

Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.

Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.

Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi!

Unda:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;

2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi.

✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktabgacha_taʼlim_kelajak_poydevori

Tabiiyki, uzluksiz taʼlimning bosh boʻgʻini maktabgacha taʼlim hisoblanadi. Zero, bolaga kichikligidan tarbiya bilan bir qatorda taʼlim ham berib kelinar ekan, oʻquvchilarning tahsil olish imkoniyati ortib boraveradi. Bu esa maktabgacha taʼlim sohasi pedagoglaridan katta bilim va mahorat talab etadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Oʻzbekiston” telekanali hamkorligida tayyorlangan “Kelajakka yoʻl” dasturining navbatdagi sonida ushbu mavzu yuzasidan atroflicha fikr yuritilgan.

👉 Birga tomosha qilamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TUMAN BOSQICHI O'TKAZILDI — QASHQADARYO

◀️(+video)

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali o‘tkazib kelinmoqda.

Festival Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tdi.

➡️“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);

➡️“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi;(Robototexnika va konstruktorlik)
➡️“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
➡️“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
➡️“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);
➡️“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika)
➡️“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili).

🛍️Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Unda Fargʻona aholisi 4 milliondan oshganligi, bunday oʻsish bilan viloyat aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetishi aytib oʻtildi hamda Fargʻona viloyatida yiliga 100 ta yangi bogʻcha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qoʻshimcha ish oʻrni yaratish kerakligi taʼkidlab oʻtildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
no comment | Namangan shahridagi 79 - sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish jarayonlari

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati