Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.3K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_tajriba

Xalqaro hamkorlik: matematika va tabiiy fanlar ustozlari uchun kasbiy rivojlanish seminar-treninglari bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan hamkorlikda matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Bugun poytaxtimizda mazkur treninglarning ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va Marshall Cavendish Education tashkiloti mas’ullari, ustozlar hamda koordinatorlar ishtirok etishdi.

Unda Respublikamiz bo‘ylab 200 nafar o‘qituvchi va 60 nafar koordinator ishtirok etmoqda.

Ushbu trening tadbiri davomida 200 nafar bosh murabbiy tayyorlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida mamlakatimizning 14 hududidagi hamkasblariga yangi bilim va ko‘nikmalarni yetkazishadi.

Treninglar davomida xorijiy mutaxassislar tomonidan:

Ta’lim tajribasi va jarayonlarni rejalashtirish,
ustozlar uchun ish rejasini tayyorlash va taqdim etish,
o‘quvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish,
PISA tadqiqotlari va uning ahamiyati kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.

Treninglar joriy yilning 12-iyuliga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Shu yilning 9-, 10-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Jizzaxdagi ta’lim muassasalari faoliyati o'rganilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Jizzax viloyatidagi bir qator ta’lim muassasalarida bo'ldi.

Uchrashuvlar jarayonida o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, Jizzax shahridagi 28-sonli, 30-sonli hamda Do‘stlik tumanidagi 2-sonli maktabda bo‘lib, u yerda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, xususan issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Vazir o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan Do‘stlik tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘ldi.

U yerda maktabning pedagogik jamoasi va o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazildi.

✔️Muloqot jarayonida ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar, ushbu maktabda ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘quvchilarga xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Ozarbayjon

O'quvchilarimiz SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida ishtirok etishadi

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida bo’lib turishibdi.

Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Respublika STEAM innovatsiya markazida bo’lib, istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar STEАM yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida so’z yuritishdi.

Shuningdek, A.Muzaffarov nomidagi 2-sonli maktabda bo’lib, muassasa faoliyati, o’quvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

Muzokaralar davomida joriy yil bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Ozarbayjonning SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida o’zbekistonlik o'quvchilarning ham ishtirok etishi bo’yicha kelishib olindi.

Ma'lumot o'rnida: mazkur festival 3 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining hududiy bosqichi boshlandi

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 8-iyul kunidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovi hududiy
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) saralash bosqichiga start berildi.

❗️Shu yilning 12-iyul kuniga qadar davom etadigan hududiy sinov jarayonlarida umumiy hisobda 1 043 nafar metodist va tarbiyachilar belgilangan nominatsiyalar boʻyicha qatnashishmoqda.

👉 Eslatib oʻtamiz: tanlovning Respublika final bosqichi 2024-yil 22-26-iyul kunlari hududiy saralash bosqichida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.

Foto: tanlov jarayonlaridan


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Termiz

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.


Uchrashuvlar doirasida Hilola Umarova Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lib, muassasa jamoasi va bolajonlar bilan suhbatlashdi.

Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasi faoliyatini yanada yaxshilash kabi mavzularda so‘z bordi.

Shuningdek, Hilola Umarova maktabda tashkil etilgan badiiy gimnastika to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va to‘garakka a’zo qizlar bilan muloqot qildi.

Vazir Surxondaryo viloyatida bog‘cha yoshidagi bolalarni gimnastika to‘garaklariga jalb etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan ham tanishdi hamda o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtda Termiz shahrida 32 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning barchasida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur to‘garaklar “Sog‘lom zurriyod” shiori ostida tashkil etilgan, darslar malakali ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM