Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Shaxmat_festivali

Bugun maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Shaxmat festivali" musobaqasining Respublika bosqichi va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda musobaqaning hududiy bosqichida gʻolib boʻlgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi.

Yuqori darajada kechgan bahslar yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida:


🥇Sultonhusayn Babajobov — Xorazm viloyati — 1-o‘rinni,
🥈Dilshodbek Jalilov — Buxoro viloyati — 2-o‘rinni,
🥉Muhammadayyub Abdullayev — Farg‘ona viloyati 3-o‘rinni egalladi.

Qiz bolalar o‘rtasida:

🥇Larina Zarina — Qoraqalpog'iston Respublikasi — 1-o‘rinni,
🥈Zahro Esanboyeva — Navoiy viloyati — 2-o‘rinni,
🥉Kumushoy Uzoqova — Qashqadaryo viloyati — 3-o‘rinni egalladi.

Barcha g‘olib bolajonlarni tabriklab, bundan-da yuksak marralar tilaymiz!

✔️Ma'lumot oʻrnida: mazkur musobaqaning birinchi — tashkilot bosqichida Respublika bo‘ylab 66 971 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.

Ikkinchi — tuman va shahar bosqichida esa 6 149 nafar, uchinchi — hududiy viloyat bosqichida 358 nafar bolajonlar kuch sinashishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆🎉 “Raqamli maktab” va “Raqamli o‘qituvchi” 2023-2024 tanlovi natijalari e’lon qilindi!🇺🇿

eMaktab.Smart platformasiga qoʻshgan hissalari alohida eʼtirofga sazovor boʻlgan 14 ta eng yaxshi maktab va 14 ta eng yaxshi oʻqituvchilar aniqlandi!

G'oliblar ro'yxati

Tez orada taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda har bir maktabga kubok va diplom, har bir o‘qituvchiga medal, diplom va Redmi Pad SE 8/256Gb plansheti topshiriladi.

Biz mazkur mukofot orqali zamonaviy o'qitish usullarini baholash va qo'llab-quvvatlash, o'qituvchilarni eMaktab platformasining raqamli vositalaridan foydalanishga undash va ustozlarni ilhomlantirishni maqsad qilganmiz.

Biz barcha g'oliblarni tabriklab, ularga muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz! 📚




🏆🎉Объявлены лауреаты премии "Цифровая школа" и "Цифровой учитель" 2023-2024 в Узбекистане!🇺🇿

Мы рады объявить, что нашли 14 лучших школ и 14 выдающихся учителей, чей вклад в использование платформы eMaktab.Smart заслуживает особого признания.

Список победителей

Главная задача премии была в поощрении школ и педагогов за активное использование цифровых ресурсов в образовательном процессе.

Скоро состоится торжественное награждение, где каждая школа получит кубок и диплом, а каждый учитель — медаль, диплом и планшет Redmi Pad SE 8/256Gb.

Эта премия создана для оценки и поддержки современных методов обучения, мотивируя учителей использовать цифровые инструменты платформы eMaktab и вдохновлять своих коллег.

Поздравляем всех победителей и желаем дальнейших успехов и достижений! 📚

🌐Facebook🟧 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqamlashtirish yo‘nalishida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tajribasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga muvofiq vazirlik va idoralarning raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga mas’ul tarkibiy bo‘linma xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, natijalar va muammolar muhokama qilindi.

Mehmonlarda 2023-2024 yillarda joriy qilingan axborot tizimlar va interaktiv xizmatlar katta qiziqish uyg‘otdi va ularni kelgusida yana boyitish va ommalashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida vazirlikning “Yagona elektron tizimi – erp.maktab.uz”ni vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM