Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Vazir_soati

Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohaga doir qator masalalarga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “maktab–ota-ona–mahalla” tizimini joriy etish, yangicha o‘qitish va baholash uslubini qo‘shimcha 1 000 ta maktabda tashkil etish, poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo ta’limi forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✔️Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, o‘tgan haftada Davlatimiz rahbariga ta’lim sifati hamda pedagoglar malakasini oshirish, adolatli baholash va rag‘bat tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti qilinganligini aytib o‘tdi.

Qayd etilganidek, ta’lim sifatini oshirish, eng avvalo, pedagoglarning bilimi va malakasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yagona va yaxlit tizimini joriy etishga qaratilgan tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududlarda Pedagogik mahorat markazlari tashkil etilmoqda.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1661

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣📣📣📣

🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-, 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI

📆 Joriy yilning 8-, 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Barkamol_avlod_bolalari

📍NAVBATDAGI MANZIL — XORAZM VILOYATI!

📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.

📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili XORAZM VILOYATI!

⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ!

Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

OLTITA FANDAN MILLIY SERTIFIKATGA EGA BO‘LGAN O‘QUVCHI

Qiziltepa tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchisi Munavvara Cho‘liyevaning yutuqlari to‘g‘risida oldinroq
xabar bergan edik.

O‘quvchimiz oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish uchun avgust oyida o‘tkaziladigan davlat imtihonlarini kutib o‘tirmasdan 189 ball to‘plab bo‘ldi.

U 10-sinfda o‘qiyotgan paytida ingliz tili va biologiya fanlaridan, joriy yilda esa ona tili va adabiyoti, tarix, kimyo va matematika fanlaridan milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Munavvara maktabni bitirib, tibbiyot oliy o‘quv yurtiga hujjatlarini topshirishni rejalashtirgan.

Bu yutuq bilan Munavvarani samimiy tabriklaymiz!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Shaxmat_festivali

Bugun maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Shaxmat festivali" musobaqasining Respublika bosqichi va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda musobaqaning hududiy bosqichida gʻolib boʻlgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi.

Yuqori darajada kechgan bahslar yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida:


🥇Sultonhusayn Babajobov — Xorazm viloyati — 1-o‘rinni,
🥈Dilshodbek Jalilov — Buxoro viloyati — 2-o‘rinni,
🥉Muhammadayyub Abdullayev — Farg‘ona viloyati 3-o‘rinni egalladi.

Qiz bolalar o‘rtasida:

🥇Larina Zarina — Qoraqalpog'iston Respublikasi — 1-o‘rinni,
🥈Zahro Esanboyeva — Navoiy viloyati — 2-o‘rinni,
🥉Kumushoy Uzoqova — Qashqadaryo viloyati — 3-o‘rinni egalladi.

Barcha g‘olib bolajonlarni tabriklab, bundan-da yuksak marralar tilaymiz!

✔️Ma'lumot oʻrnida: mazkur musobaqaning birinchi — tashkilot bosqichida Respublika bo‘ylab 66 971 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.

Ikkinchi — tuman va shahar bosqichida esa 6 149 nafar, uchinchi — hududiy viloyat bosqichida 358 nafar bolajonlar kuch sinashishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM