Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.2K subscribers
27.3K photos
6.88K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Amaliyot
#Fransiya

🔴 Umumta'lim maktablarining fransuz tili fani ustozlari uchun Fransiyadagi amaliyot jarayonlari davom etmoqda.

Amaliyot davomida loyiha ishtirokchilari uchun mahorat darslari bilan bir qatorda:

Ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
Fransiya va O‘zbekiston ta'lim tizimlaridagi o‘xshashliklar va tafovutlar,
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi mavzularda seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.

✔️Darslar qizg‘in munozaralar shaklida tashkil etilgan bo‘lib, ustozlar o‘z savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏕Yoz - oromgohlarda o‘tmoqda soz!

🏖Sherobod tumanidagi “BESHBULOQ” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohi goʼzal togʼli hududda joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sogʼlomlashtirish imkoniyatini beradi.

🏊‍♀️Ayni kunlarda ushbu maskanda o‘quvchilar ta'tilni maroqli o‘tkazishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta'lim ustozlarini kasbiy qayta tayyorlash loyihasiga start berildi.

Bugun "Yangi O‘zbekiston" universitetida mazkur loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov sozga chiqib, ustozlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan mazkur loyihaning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Ochilish marosimida, shuningdek elchixona maslahatchisi va Bosh Konsuli Kuk Jang Hyun, Koreya Ta'lim markazi rahbari Pang Chu Man, vazirlik va elchixona mas'ullari hamda loyiha ishtirokchisi bo‘lgan ustozlar qatnashdi.

Ma'lumot o‘rnida: qayta tayyorlov kurslari offlayn va onlayn shaklda tashkil etilmoqda va 25-dekabrga qadar davom etadi.

Ushbu loyihada eng yaxshi natija qayd etgan ustozlar Koreyada amaliyot o‘tash uchun yuborilishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋☺️ Hammaga salom!

🏖 Ta’tillaringiz qanday o‘tmoqda?

📰 2024-yil 12–16-avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan "Central Asia & Türkiye Youth Talks"da ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinishini e’lon qilamiz.

🌏 "Central Asia & Türkiye Youth Talks" — Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 30 nafar yoshlarni birlashtiradigan almashinuv va ta’lim tadbiridir. Tadbir 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga fikr, g‘oya va yutuqlarni almashish uchun munozara maydonini taqdim etadi, shuningdek, ularning hamjamiyatlarida o‘zaro o‘rganish va rivojlanishga yordam beradi.

🔔 Ariza berishning oxirgi kuni — 3-iyul (shu kuni ham).

Batafsil ma’lumot bu yerda.

👋☺️ Всем привет!

🏖 Как проходят ваши каникулы?

📰 Мы к вам с интересной новостью: Всемирный банк и Программный офис ОБСЕ в Душанбе объявили о приёме заявок на участие в «Central Asia & Türkiye Youth Talks», которые состоятся 12–16 августа 2024 года в Стамбуле, Турция.

🌏 Central Asia & Türkiye Youth Talks — это мероприятие по обмену и обучению, которое соберет 30 молодых людей из Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Турции, Туркменистана и Узбекистана. Мероприятие предоставит молодым людям от 18 до 25 лет дискуссионную площадку для обмена взглядами, идеями и достижениями, а также будет способствовать взаимному обучению и развитию в их сообществах.

🔔 Последний день подачи заявок — 3 июля (включительно)

Более подробная информация здесь.

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_soati

Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohaga doir qator masalalarga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “maktab–ota-ona–mahalla” tizimini joriy etish, yangicha o‘qitish va baholash uslubini qo‘shimcha 1 000 ta maktabda tashkil etish, poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo ta’limi forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✔️Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, o‘tgan haftada Davlatimiz rahbariga ta’lim sifati hamda pedagoglar malakasini oshirish, adolatli baholash va rag‘bat tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti qilinganligini aytib o‘tdi.

Qayd etilganidek, ta’lim sifatini oshirish, eng avvalo, pedagoglarning bilimi va malakasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yagona va yaxlit tizimini joriy etishga qaratilgan tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududlarda Pedagogik mahorat markazlari tashkil etilmoqda.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1661

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM