Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
109K subscribers
21.9K photos
6.1K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Sirdaryoda “Metodik oromgoh” loyihasi bo’lib o’tmoqda

🔴 Respublika ta’lim markazi hamda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar” shiori ostida metodik oromgoh tashkil etildi.

Ushbu loyiha 2-kun davom etadi. Unda 160 nafar fan o’qituvchilari
ishtirok etmoqda.

Loyihaning ochilish marosimida Respublika ta’lim markazi direktori Sherzod Xudoyqulov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Mazkur tadbirdan maqsad oʻqituvchilar malakasini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirishga doir ilgʻor tajribalarni almashish, oʻquvchilar bilimi va koʻnikmalarini baholash hamda rivojlantirishga qaratilgan.

☑️ Shuningdek, loyihada psixologik treninglar, “Zakovat” intellektual o’yini, sport musobaqalari, Musiqali drama teatrga tashrif, “Xovos tepaligi”ga sayohat kabi dasturlar o’rin olgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Uchinchi kun, Samarqand.
~~~
🗓 День третий, Самарканд.

#InternationalYouthEcoCamp

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kunlik_statistika

1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni - 375 900 ta (2024-yilning 26-iyun holatiga).

Jumladan:
➡️maktab tomonidan qabul qilingan arizalar soni - 318 741 ta.

✔️ Bu yil respublikamiz bo’yicha 719 mingdan ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.

#ежедневная_статистика

Общее количество поступивших заявок по микро-району, прикрепленному к приему 1 класса - 375 900 (по состоянию на 26 июня 2024 года).

В том числе:
➡️количество принятых школами заявлений - 318 741.

✔️ В этом году планируется принять более 719 тысяч детей школьного возраста по республике.

Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.

🌍 mymaktab_uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tanlov

“Eng faol yosh xodim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tuman (shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar oʻrtasida “Yilning eng yosh faol xodimi” koʻrik-tanlovi g’oliblari taqdirlandi.

Tadbirda vazir o’rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi va barcha g’oliblarni samimiy tabrikladi.


Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇Yuldasheva Zamira, Sirdaryo viloyati — 1-o’rinni,
🥈Xujamshukurov Tolibnazar, Toshkent shahar — 2-o’rinni,
🥉Qodirov Jahongir, Qashqadaryo viloyati — 3-o’rinni egalladi.

✔️Ma’lumot o’rnida: joriy yilning 25-26-iyun kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tuman (shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar oʻrtasida “Yilning eng yosh faol xodimi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Mazkur tanlovda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar yosh xodimlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar “Yoshlar muammolarini yechishda yangicha yondashuv” mavzusida taqdimot qilishdi hamda Yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha bilimini baholash maqsadida savol-javob shartlari asosida bellashishdi.

Barcha g’oliblarni samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi Sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan qizgʻin muborakbod etadi.

Oʻz isteʼdodi, ijodi, oʻtkir qalami va soʻzi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotganingiz, xususan, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi fidokorona mehnatingiz eʼtirof va eʼzozga loyiq.

Qadrli jurnalistlar!

Mamlakatimizda izchil davom etib kelayotgan ochiqlik siyosati rivojidagi sharafli kasb yoʻlingiz doimo muvaffaqiyatli boʻlishini tilab qolamiz.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar!

Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir.

Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.

Aziz jurnalistlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz.

Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Forwarded from Zamin Foundation
Samarqandda Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan kelgan 140 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida Mintaqaviy inklyuziv IT-oromgoh yakunlandi. Ular dasturlash, 3D-modellashtirish, sxemotexnika va elektrotexnika asoslarini o‘rgandilar.

Besh kun davomida maktab o‘quvchilari tajribali mentorlar rahbarligida nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, balki hamfikrlar bilan tanishish va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

IT-oromgohning yopilish marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar egallagan ko‘nikmalarini faxr bilan namoyish etdilar hamda Ziroat Mirziyoyeva bilan IT sohasidagi bo‘lajak kasbini tanlash rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

В Самарканде завершился Региональный инклюзивный IT-лагерь, в котором около 140 ребят из Джизакской, Самаркандской, Навоийской и Бухарской областей изучали программирование, 3D-моделирование, основы схемотехники и электричества.

В течение пяти дней школьники под руководством опытных менторов получили не только новые знания, но и возможность познакомиться с единомышленниками и обменяться опытом.

В церемонии закрытия IT-лагеря приняла участие Председатель Попечительского совета Фонда Zamin, где ребята с гордостью продемонстрировали приобретённые навыки и поделились с Зироат Мирзиёевой своими планами по выбору будущей профессии в области IT.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
BUXORODA “KITOBXONLIK FESTIVALI” BO‘LIB O‘TDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonasi, kitobsevar o‘quvchilar, ota-onalar hamda kutubxonachilar ishtirok etishdi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi:

“Eng faol kitobxon o‘quvchi”,
“Ijodkor bolalar”,
“Eng kitobxon oila”,
“Eng kitobxon maktab”
“Eng faol kutubxonachi”

🔹Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 20 ming nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 60 nafar g‘olib o‘quvchilar taqdirlandi.

✔️Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, festival tom ma’noda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

“Kitobxonlik festivali” doirasida shuningdek, viloyat umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun respublika seminari ham bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |