Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Seminar_trening
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maʼlumki, soʻnggi yillarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida oʻtkazilgan oʻquv-seminarida ham ushbu mavzuga doir muhim fikrlar bildirib oʻtildi.

❗️ Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinma va tizim tashkilotlari rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirok etgan tadbirda yuridik fanlar doktori, professor Boboqul Toshevning:

korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish;

ushbu jarayonlarga keng jamoatchilik vakillarini jalb etish;

sohada byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat xaridlari, ishga qabul qilish va boshqa yoʻnalishlarda korrupsiya holatlarga yoʻl qoʻymaslik;

"Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan huquqiy normalarni amaliyotga keng tatbiq qilish
mavzulariga doir maʼruzasi tinglandi.

👉 Oʻquv-seminar davomida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda “Metodik oromgoh” loyihasi bo’lib o’tmoqda

🔴 Respublika ta’lim markazi hamda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar” shiori ostida metodik oromgoh tashkil etildi.

Ushbu loyiha 2-kun davom etadi. Unda 160 nafar fan o’qituvchilari
ishtirok etmoqda.

Loyihaning ochilish marosimida Respublika ta’lim markazi direktori Sherzod Xudoyqulov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Mazkur tadbirdan maqsad oʻqituvchilar malakasini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirishga doir ilgʻor tajribalarni almashish, oʻquvchilar bilimi va koʻnikmalarini baholash hamda rivojlantirishga qaratilgan.

☑️ Shuningdek, loyihada psixologik treninglar, “Zakovat” intellektual o’yini, sport musobaqalari, Musiqali drama teatrga tashrif, “Xovos tepaligi”ga sayohat kabi dasturlar o’rin olgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Uchinchi kun, Samarqand.
~~~
🗓 День третий, Самарканд.

#InternationalYouthEcoCamp

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kunlik_statistika

1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni - 375 900 ta (2024-yilning 26-iyun holatiga).

Jumladan:
➡️maktab tomonidan qabul qilingan arizalar soni - 318 741 ta.

✔️ Bu yil respublikamiz bo’yicha 719 mingdan ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.

#ежедневная_статистика

Общее количество поступивших заявок по микро-району, прикрепленному к приему 1 класса - 375 900 (по состоянию на 26 июня 2024 года).

В том числе:
➡️количество принятых школами заявлений - 318 741.

✔️ В этом году планируется принять более 719 тысяч детей школьного возраста по республике.

Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.

🌍 mymaktab_uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tanlov

“Eng faol yosh xodim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tuman (shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar oʻrtasida “Yilning eng yosh faol xodimi” koʻrik-tanlovi g’oliblari taqdirlandi.

Tadbirda vazir o’rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi va barcha g’oliblarni samimiy tabrikladi.


Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇Yuldasheva Zamira, Sirdaryo viloyati — 1-o’rinni,
🥈Xujamshukurov Tolibnazar, Toshkent shahar — 2-o’rinni,
🥉Qodirov Jahongir, Qashqadaryo viloyati — 3-o’rinni egalladi.

✔️Ma’lumot o’rnida: joriy yilning 25-26-iyun kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tuman (shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar oʻrtasida “Yilning eng yosh faol xodimi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Mazkur tanlovda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar yosh xodimlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar “Yoshlar muammolarini yechishda yangicha yondashuv” mavzusida taqdimot qilishdi hamda Yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha bilimini baholash maqsadida savol-javob shartlari asosida bellashishdi.

Barcha g’oliblarni samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi Sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan qizgʻin muborakbod etadi.

Oʻz isteʼdodi, ijodi, oʻtkir qalami va soʻzi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotganingiz, xususan, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi fidokorona mehnatingiz eʼtirof va eʼzozga loyiq.

Qadrli jurnalistlar!

Mamlakatimizda izchil davom etib kelayotgan ochiqlik siyosati rivojidagi sharafli kasb yoʻlingiz doimo muvaffaqiyatli boʻlishini tilab qolamiz.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar!

Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir.

Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.

Aziz jurnalistlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz.

Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri