Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Kasbiy_rivojlanish
#Fransiya

🔴 Ayni damda umumta'lim maktablarining fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida amaliyot o‘tashmoqda.

Darslar sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etilgan, unda:

Fransiya tarixi hamda ta'lim tizimi,
dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
til o‘rganishda og‘zaki nutq darajasini oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

📍 Jarayonlar Nitsa shahrining Cote d'Azur universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o'tamiz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida joriy yilda jami 120 nafar fransuz tili ustozlarini qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Rossiya

🔴 Ayni damda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak taʼlim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida xalqaro taʻlim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur forum O'zbekiston va Rossiya ta'lim vakillari hamkorligida o‘tkazilayotgan to'rtinchi forum bo'lib, unda ikki tomonning 150ga yaqin ta'lim sohasi vakillari ishtirok etishmoqda.

Forum yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyevlar ham so‘zga chiqishdi.

Unda ikki davlat o‘rtasida ta'lim sohasida olib borilayotgan hamkorliklar va yangi yo‘nalishlar, istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Moskvadagi Crocus City Halldagi voqealar paytida jabrlangan oilalarning 100 nafar o‘g‘il-qizlari yurtimizdagi “Anor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarishmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan ularning dam olishlarini maroqli tashkil etish maqsadida robototexnika, aviamodel, raketamodel, kulolchilik, tasviriy san’at kabi 10 dan ortiq to‘garaklar tashkil etildi.

To‘garak jarayonida dam oluvchi bolalar uchun mahorat mashg‘ulotlari hamda madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlar dam olayotgan bolalar uchun o‘zaro do‘stlik rishtalarini yaxshilash, ikki davlatning urf odatlari va an’analari bilan yaqindan tanishishga zamin yaratadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" loyihasini amalga oshirish davom etmoqda. Suv ta’minoti va oqova suvlarni sug‘orma suv darajasigacha tozalash tizimlari bilan jihozlangan maktablar qatoriga Romitan tumanining 4, 6, 19, 28-sonli maktablari va Vobkent tumanining 3-sonli maktabi qo‘shildi.

Xavfsiz ichimlik suvidan 4 000 nafardan ortiq o‘quvchi va maktab xodimlari, shuningdek, maktablar joylashgan aholi yashash maskanlaridagi 20 000 nafarga yaqin aholi foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Реализация проекта «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах Бухарской области» продолжается. К школам, оснащенными системами водоснабжения и очистки сточных вод до уровня поливной прибавились: школы №№ 4, 6, 19, 28 Ромитанского и школа №3 Вабкентского районов.

Доступ к безопасной питьевой воде получили более 4 000 учащихся и сотрудников школ, а также около 20 000 жителей населенных пунктов, где расположены школы.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan USAID tashkiloti bilan hamkorlikda "Youth Employment Skill" (YES) - dasturi doirasida seminar-treninglarga start berildi.

Ushbu mahorat darslaridan ko'zlangan maqsad 288 ta kasb-hunar o'qitishga yo'naltirilgan maktablarda joriy etilayotgan "Biznes va iqtisodiyot" fani ustozlarini kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalar ustida ishlashdan iborat.

Treninglarda 25 nafar ishtirokchilar qatnashmoqda, ular kelgusida o'z hududlaridagi ustozlar bilan tajribalarini bo'lishishadi.

Mahorat darslarida mikro-o'qitish jarayonlarni, o‘rganish uchun universal dizayn (UDL), ta'lim jarayonlarida baholash va hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatish kabi mavzular haqida so'z bormoqda.

Trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM