Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
105K subscribers
22.5K photos
6.2K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
🥈Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining kumush medal sohiblari:

1. Amina Tynarbay — Qozog’iston
2. Aleksandrova Arina — Rossiya
3. Zhibo Zhao — Xitoy
4. Degterenko Zakhar — Rossiya
5. Nguyen Huu Thanh — Vyetnam
6. Ahmet Alp Alaftargil — Turkiya
7. Misheel Galsanchimed — Mongoliya
8. Baktybai Galymzhan — Qozog’iston
9. Yoqubjonov Abdurahmon — O’zbekiston
10. Qurbonboyev Sardor — O’zbekiston
11. Luxian Xia — Xitoy
12. Abdullah Hajid Alsubai — Saudiya Arabistoni
13. Amangeldi Dana — Qozog’iston
14. Gaipov Daniyar — Qirg’iziston
15. Yutang Li — Xitoy
16. Yerzhanuly Batyr — Qozog’iston
17. Ulaş Topal — Turkiya
18. Hilye Rana Eser — Turkiya
19. Karypzhanov Baizak — Qirg’iziston
20. Qudratova Mashhura — O’zbekiston
🥇 Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining oltin medal sohiblari:

1. Roshchin Makar — Rossiya
2. Belinskaya Veronika — Rossiya
3. Goreva Lada — Rossiya
4. Sharifov G‘olibjon — O’zbekiston
5. Shenghao Wu — Xitoy
6. Krasnoperova Vera — Rossiya
7. Kuznetsova Nadezhda — Rossiya
8. Ahtamova Mehrangiz — O’zbekiston
9. Drozd Aliaksandr — Belarus
10. Chorikulova Parvina — O’zbekiston
O‘quvchilarimiz 12 ta medal bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi

Buxoroda o‘tkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi sovrindorlari taqdirlandi.

Umumiy hisobda 60 nafar (10 ta oltin, 20 ta kumush, 30 ta bronza) ishtirokchi o‘quvchilar turli darajalardagi medallar bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) medal bilan xalqaro olimpiadaning yakka peshqadamiga aylandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#call_markaz
#press_tur

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi.

Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda.

Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Vazir_soati

Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi.

⚡️
Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi.

❗️Shuningdek, vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi.


👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1640

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM