Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Фарғона

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ayni vaqtda Farg’ona viloyatida bo’lib turibdi.

Viloyatdagi uchrashuvlar davomida Farhod Boqiyev maktab direktorlari, ularning o‘quv ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan uchrashdi.

Unda bugungi kunda mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etayotganligi va bu jarayon umummilliy harakatga aylanib borayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, rahbar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirish, muallimlarning o‘z bilimlarini muntazam oshirib borishlari, maktablarda o‘tkazilayotgan pedagogik kengashlarning roli va vazifasi xususida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

❗️Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari Bag‘dod tumanidagi 46-maktab, Gulnora Matqulobod “Bodomlari” ishlab chiqarish korxonasi qoshidagi maktab to‘garagi faoliyati bilan ham tanishdi.

Ushbu korxona tomonidan maktab o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida to‘garak tashkil etilgan bo’lib, mazkur yo‘nalishda maktabninig 21 nafar yuqori sinf o‘quvchilari bodomni qayta ishlash sirlarini o‘rganmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov Creative Associates International (CAI) prezidenti Leland Kruvant boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda vazirlik va CAIning inklyuziv ta’lim va umuman ta’limni rivojlantirish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli salmoqli yutuqlar qayd etildi.

Muvaffaqiyatli hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonida erishilgan ijobiy o‘zgarishlar uchun har ikki tomon chuqur minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlash joizki, CAI prezidenti Kruvant vazirlik tomonidan taklif etilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini va mamlakatda ta’limni yanada takomillashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilishiga ishonch bildirdi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Creative Associates International kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, ta’lim va inklyuzivlik sohasida hamkorlikda ishlash uchun yangi istiqbollarni ochish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchilar_nima_deydi
#Xalqaro_olimpiada

Ibrahim Deniz Altun,
Turkiya terma jamoasi a’zosi:


Men Buxorodagi bir qancha joylarda bo'ldim. Turkiya va O'zbekiston hamkorligida yaratilgan bog' menga juda yoqdi. Ayniqsa, y yerda faoliyat olib borayotgan Turkiya oshxonasi yuragimda faxr tuyg’usini uyg’otdi. Men bir qator turk taomlarini tatib ko'rdim. Ularni xuddi ona yurtimdagiday mahorat bilan tayyorlashgan.

Biz hozirgina olimpiadaning birinchi qismini yakunladik. Sinov jarayonlarida yuqori natijalar qayd etib, oltin medalga sazovor bo’laman, deb umid qilyapman.
———
Mehraban Babayeva,
Turkmaniston terma jamoasi a’zosi:


Men offlayn tarzda o'tkaziladigan xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqdaman. Kecha olimpiadaning nazariy qismi o'tkazildi. Unda menga vaqt biroz kamlik qildi, lekin harakatlarim natija berishiga va bronza medalini qo'lga kiritishimga umid qilaman.

Bugun olimpiadaning amaliy qismi o'tkazildi. Unda biz O'zbekistondagi baliqlarning morfologik xususiyatlarini tasvirlab berdik. Shuningdek, flogenetik daraxt tuzib, baliqlarning qaysi turga mansub ekanligini aniqladik.

Bu olimpiadada yana qatnashaman, deb umid qilaman. Jarayonlar unutilmas taassurotlarga boy holda o'tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI BUXORODA!

🌍Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⌨️Festival Buxoro viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi.

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

Eslatib o'tamiz, festivaldan maqsad
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish.

🌐Festivalda Buxoro viloyatidan umumiy 35 ming nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

🎉Tanlov kuy-qo'shiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

⛳️Tadbir soʻnggida festival estafetasi SIRDARYO viloyatiga topshirildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir

🔴 Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi g’oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

📍Tadbir Buxoroning Poyi Kalon ansamblida bo’lib o’tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM