Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Buxoro

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyatidagi o‘rganishlar davomida tumandagi 53-umumta’lim maktabida ham bo‘ldi.

O'rganish davomida vazir maktabda yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning yutuqlari, kasb-hunarga o‘qitish ishlarining qay tarzda tashkil etilganligi hamda maktabdagi issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

2022-yilda qurib foydalanishga topshirilgan 330 o‘rinli mazkur maktabda ayni paytda 210 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olishmoqda.

Hilola Umarova, shuningdek, kun davomida tumandagi 2023-yilda qurib foydalanishga topshirilgan 100 o‘rinli "Robiyabegim plyus" maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishdi.

Davlat xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan mazkur muassasada ayni paytda 77 nafar bolajonlar qamrab olingan.

Ma'lumot o'rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yurtimizda joriy yil yakuniga qadar 181,5 ming yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratilib, 101,7 ming o‘quvchi o‘rni mukammal taʼmirlanadi hamda 95 ta yangi sport zali quriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!

Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…

Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.

Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.

Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.

Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Эълон

📣 Respublika umumta’lim maktablari rahbarlari va o‘qituvchilari diqqatiga!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish ochilganini e’lon qilinadi.

Kurslar gibrid shaklda tashkil etilgan. Bunda joriy yilning 20-iyunidan 15-avgustiga qadar oflayn o‘qitish, 15-avgustdan 25-dekabrga qadar esa masofaviy seminarlar bo'lib o'tadi.

Kurs ishtirokchilari oflayn rejimda o‘qish muddati uchun yotoqxona bilan ta’minlanadi.


Ushbu kursda o‘qishga quyidagi pedagoglarga ruxsat etiladi:

ona tili va adabiyot o‘qituvchilari;
chet tili va adabiyoti o‘qituvchilari;
rus tili o‘qituvchisi;
davlat tili o‘qituvchilari;
filologiya va tillar tayyorlash sohasi mutaxassislari;
tegishli mutaxassislik diplomiga ega bo‘lgan, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan o‘qituvchilar koreys tili o‘qituvchilari.

Qayta tayyorlash kurslariga yozilish uchun nomzoddan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

diplom nusxasi;
pasport nusxasi;
maktabdan yo‘llanma hamda bog’lanish uchun ishlab turgan telefon raqami (agar hozirda biron bir ta’lim tashkilotida ishlamayotgan bo‘lsa, yo‘llanma talab etilmaydi).

Nomzodlar ushbu pochta manziliga hujjatlarni jo'natishlari mumkin:
[email protected]

Hujjatlarni qabul qilish 19-iyunga qadar davom etadi.

Qayta tayyorlash kursida eng yaxshi o‘qish natijalarini ko‘rsatgan ishtirokchilar Koreyaga amaliyot o‘tash uchun yuboriladi.

Talabalarni o‘qitish va joylashtirish uchun mablag‘ Koreya Ta’lim Markazi tomonidan amalga oshiriladi.

📞 Bog'lanish uchun:

🔗 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari ( +998 97 461 75 61; +998 95 770 33 44)

🔗 O‘zbekistondagi Koreya ta’lim markazi (+998 99 027 57 34)


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Внимание руководителей и учителей общеобразовательных школ республики!

Объявляется набор на курсы профессиональной переподготовки учителей корейского языка для дальнейшей их работы в общеобразовательной школе республики.

Курсы организованы в гибридном режиме: с 20 июня по 15 августа 2024 года - оффлайн форма обучения, с 15 августа по 25 декабря 2024 года - дистанционная форма обучения. Участникам курсов на период оффлайн обучения предоставляется общежитие.

❗️Для обучения на данном курсе допускаются:

Учителя родного языка и литературы;
Учителя иностранного языка и литературы;
Учителя русского языка;
Учителя государственного языка;
Специалисты в области филологии и языковой подготовки;
Для обучения на курсах переподготовки учителей корейского языка могут подать заявления учителя, имеющие дипломы о наличии надлежащей специальности, но временно не работающие.

Кандидат на зачисление для учебы на курсах переподготовки должны сдать:

Копию диплома;
Копия паспорта;
Направление из школы, если в настоящее время работает в каком-нибудь образовательной организации, если не работает, (то направление сдавать не нужно), номер телефона.

Прием документов с 27 мая по 19 июня 2024 года.


Кандидаты могут отправлять свои документы по следующему почтовому адресу: [email protected]

Для справки: участники, показавшие лучшие результаты обучения на курсе переподготовки будут направлены на стажировку в Корею.

Финансирование за обучение и проживание слушателей обеспечивается за счет Центра образования Кореи, то есть обучение и проживание слушателей бесплатное.

☎️ Телефоны для связи:

🔗Специалисты Министерства дошкольного и школьного образования (+998 97 461 75 61; +998 95 770 33 44)

🔗Центр образования Корее в Узбекистане (+998 99 027 57 34)
🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.

❗️Bunda Tanlov fanlari (Davlat va huquq asoslari, Fizika, Geografiya, Kimyo)dan 11-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.

✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______

В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.

❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 11 классов по предмету по выбору (основы государства и права, физика, география, химия).

👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/GYuUnN1t_CY?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Xalqaro O'yin va Animatsiya Festivali

📌Sizni O'zbekistonda birinchi Xalqaro O'yin va Animatsiya festivaliga taklif qilamiz. Ushbu festival butun dunyodan o'yin ixlosmandlari, Animatsiya va IT mutaxassislari hamda kiber sportchilarni bir joyga to'playdi. Tadbir dasturiga esa quyidagilar kiradi:

O’yinlar va animatsiyalar ko’rgazmasi:
O'yinlar va animatsion kompaniyalar tomonidan eng so'nggi ishlanmalar taqdimotida qatnashing, virtual va kengaytirilgan haqiqat olamlarini o'rganing va yetakchi dasturchilar bilan tanishing.

O'yin va Animatsiya Forumi:
O'yin va animatsiya industriyasining kelajagi va uning jahon iqtisodiyotiga ta'siri haqida ekspertlar bilan dinamik munozaralar olib borish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. So'nggi tendensiyalar, ishlab chiquvchilar va investorlar uchun imkoniyatlar haqida jonli muhokamalarda qatnashib, bilimlaringizni orttiring.

Musiqiy Festival:
Top DJ va musiqachilar tomonidan o'tkaziladigan ajoyib shouda ritm va festival muhitini his qiling. Butun kecha davomida vaqtingizni zavqli tarzda o'tkazing va ajoyib tomoshadan bahramand bo'ling.

Kospley-Shou:
Sevimli qahramonlaringizning obraziga kirib sovrinlar yutib olishni istaysizmi? Unda, albatta, kospley-shouda qatnashing!

Kibersport Turniri:
Chaqiruvga tayyormisiz? PUBG, FIFA 24, CS2 va boshqa mashhur o'yinlarda o'z kuchingizni sinab ko'ring. Eng zo'rlar bilan kurashing, o'z mahoratingizni ko'rsating va chempion bo'ling!

Vizual san’at Ko’rgazmasi: An'anaviydan Raqamligacha:
Klassik asarlardan zamonaviy raqamli asarlargacha bo'lgan san'at olamiga sho'ng'ing. Iqtidorli rassomlarning ishlaridan ilhomlaning va ijodkorlikning yangi ufqlarini kashf eting.

📅 Sana: 2024-yil 3-4-Iyun
📌 Manzil: IT Park majmuasi
🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

❗️Eslatib o'tamiz tadbirda ishtirok etish bepul, lekin oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fargʼonada koʼzi ojiz va zaif koʼruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatining yangi binosi foydalanishga topshirildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Fargʼona shahrida joylashgan koʼzi ojiz va zaif koʼruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatining yangi binosi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, taʼlim sohasi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Shaharning Beshbola MFY hududida joylashgan ushbu muassasa binosining qurilishi uchun 13,2 mlrd. soʼm mablagʼ sarflandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida Shahrisabz shahridagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyi bosqichlardagi ijrosi, yakuniy davlat imtihonlari, maktablarda tashkil etilgan to'garaklar hamda o'quvchilar qamrovi, obodonlashtirish ishlari, moddiy texnik bazalari bilan yaqindan tanishdi hamda tegishli tavsiyalar berdi.

Shunindek, Shahrisabz shahridagi 13-, 27-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati ham o'rganilib, zaruriy ko'rsatmalar berildi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb