Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.6K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasiga start berilmoqda

Bugun Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada 14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida tashkil etilmoqda. Unda 100 nafarga yaqin oʻzbekistonlik, shuningdek, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari, jami 120 nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etadi.

❗️ Olimpiada bahslari 28-29-may kunlari yozma ish shaklida oʻtkaziladi hamda ishtirokchilarga 4 tadan masala beriladi. Har bir masala 10 ball bilan baholanadi, yakuniy natija jami ikki tur uchun maksimal 80 ballni tashkil qiladi.

👉 Gʻoliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.
MAKTABLARDA YAKUNIY DAVLAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Mamlakatimizda umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yakuniy attestatsiya jarayonlarini boshlashdan avval Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

✍️So‘ngra imtihon nizomi bilan barcha o‘quvchilar tanishtirilib, bitiruvchilar ona tili va adabiyoti fanidan yakuniy davlat imtihonlarini topshirdi.

🌀2023-2024-o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘quvchilar olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash yozma shaklda o‘tkazildi.

🚨Har bir imtihon biletida ona tili va adabiyot fani bo‘yicha 7-8-9-sinflari mavzulari qamrab olingan. Bilet savollariga tayyorgarlik ko‘rish va javob berishi uchun umumiy 120 daqiqa vaqt berildi.

🏃‍♂️Fotosuratlarda Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi yakuniy imtihon jarayonidan lavhalar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda bolalar o‘rtasida velomarafon start oldi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan viloyati DMTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasida velomarafon tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🏃‍♂️ Maktabgacha ta’lim agentligi, O‘zbekiston Respublikasi velosport Federatsiyasi, YHXTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori ko‘magida tashkil etilgan velomarafonda 100 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etmoqda.

🚨 Davlatobod tumanidagi «Navbahor» stadionida bo‘lib o‘tayotgan velomarafonga bolalar uchun 500 ta begovellar yetkazib berildi.

🌀 Velomarafonda ishtirok etish uchun tor mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda sog‘lom deb topilgan bolalar tanlab olingan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" studiyalarining to‘rtinchi qabulida mashg‘ulotlar yakunlandi. Toshkent, Nukus, Andijon, Qarshi va Marg‘ilon shaharlaridan kelgan inklyuziv ijod studiyalari o‘quvchilari uchta yo‘nalish bo‘yicha yakuniy ijodiy ishlarini tayyorlab, ularni o‘z mentorlariga, ota-onalariga va do‘stlariga taqdim etdilar. Studiyalarda o‘qish davomida yigit-qizlar professional fotouskunada ishlashni, sahnada chiqish qilishni, kiyim-kechak dizayni ko‘nikmalarini o‘zlashtirdilar.

"Zamin Creative" studiyalariga yangi qabul avgust oyida boshlanadi.

Подошли к концу занятия четвёртого набора в студиях Zamin Creative. Ученики инклюзивных творческих студий из Ташкента, Нукуса, Андижана, Карши и Маргилана подготовили итоговые творческие работы по трём направлениям: дизайн, медиа и театральное искусство и представили их своим менторам, родителям и друзьям. За время обучения в студиях ребята научились работать на профессиональном фотооборудовании, выступать на сцене, овладели навыками фэшн-дизайна.

Новый набор в студии Zamin Creative пройдёт в августе.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube