Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XORAZM VILOYATIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Xiva shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarga kasb-hunar va 2 ta xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha viloyatdagi namunali maktab hisoblanadi.

Maktabning birinchi qavatidagi bo‘sh turgan xonalar tadbirkorlarga ajratib berilib, ushbu xonalarda 14 ta yo‘nalishda ishlab chiqarish va kasbga o‘rgatish xonalari tashkil qilingan.

Bugungi kunda maktabda tikuvchilik, gilamdo‘zlik, qandolatchilik, kashtachilik , kulolchilik, kompyuter dasturlash, do‘ppido‘zlik, robototexnika kabi kasblar o‘rgatilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Tanlov_natijasi

“Yosh gvardiyachi” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

G‘oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, shuningdek boshqa bir qator hamkor vazirlik va idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.

❗️Musobaqada jami 15 ta jamoa o‘zaro kuch sinashib, yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 Navoiy viloyati Navoiy shahri 1-maktab jamoasi 1-o‘rinni,
🥈 Namangan viloyati Chust tumani 10-maktab jamoasi 2-o‘rinni,
🥉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani 18-maktab jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

✔️ Barcha g‘oliblarni samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin education" loyihasi doirasida xalqaro ekspert tomonidan gibrid shaklda seminar o‘tkazildi. Unda zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor o‘quvchilarning bo‘lajak kasbini tanlashiga qaratildi. Seminar qatnashchilari gumanitar va tabiiy fanlar, kompyuter texnologiyalari, menejment kabi turli faoliyat turlari va professional kompetensiyalarni muhokama qildilar. Ekspert o‘quvchilarga ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini zamonaviy mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirgan holda ongli ravishda kasb tanlash to‘g‘risida so‘zlab berdi.

В рамках проекта Zamin education международный эксперт провёл семинар в гибридном формате, в котором приняли участие школьники старших классов специализированных школ-интернатов для детей с нарушением слуха и специализированной школы информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми.

Основной акцент был сделан на самоопределении учащихся при выборе будущей профессии. Участники семинара обсуждали различные виды деятельности и профессиональные компетенции, такие как гуманитарные и естественные науки, компьютерные технологии, менеджмент и другие. Эксперт рассказал учащимся, как сделать осознанный выбор, совместив их интересы и способности с современными требования рынка труда.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#19_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Saljuqiylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda o‘rta asrlarda Saljuqiylar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.

❗️Bunda ona tili va adabiyot fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.

✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______

Состоялся очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.

❗️При этом состоялась жеребьевка для 9-классов по предметам «Родной язык и литература».

👉 Jonli efir: https://www.youtube.com/live/NzyyEy4JY_c?si=EololwEOBCvUGAnx

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_delegatsiya_tashrifi

💥Xalqaro miqyosda maktabgacha ta'limda O'zbekiston tajribasi o'rganilmoqda

⚡️Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi tashrifi

📌Batafsil:
https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2835

🌐 Rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida malaka oshirish seminari tashkil etildi

Joriy yilning 22-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi kabi qator tashkilotlarning ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash va devonxona bo‘limlari mas’ul xodimlariga malaka oshirish seminari o‘tkazildi.

Malaka oshirish seminari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev tomonidan ochib berilib, muloqot davomida vazirlik tizimida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Xususan, vazirlik va uning tizim tashkilotlari, hududlar kesimidagi ijro holati bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan monitoring tizimi haqida batafsil tushuntirish berildi.

Mas’ullar vazirlik devonxonasida ish yuritilish tartibi hamda Axborot tahlil va ijro intizomi bo‘limi xodimlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi va fikr-mulohazalar almashinildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar vazirlik tizimida yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlarni o‘rganish holati, fuqarolarni qabul qilish tartibi hamda Call-markazi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir davomida vazirlik tajribasi, ya’ni, kelib tushayotgan har bir hujjatni ro‘yxatga olish va uning ijro muddatini belgilash qat’iy tartib asosida amalga oshirilishi, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish hamda har bir topshiriqning o‘z vaqtida ijro etish tizimi to‘g‘risida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berildi.

Malaka oshirish seminari yakunida vazirlik va idoralarning mas’ullari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM