Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
99.4K subscribers
23.6K photos
6.35K videos
142 files
13.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Respublika bosqichiga start berildi

Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari rahbariyati, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, shuningdek boshqa bir qator hamkor vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi.

❗️Mazkur musobaqada har bir hududdan maktab o'quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.

📍Tadbirning ochilish marosimi akademik M.Mirzayev nomli ilmiy tadqiqot instituti dala maydonida bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi Oʻzbekistonda

Ayni kunlarda Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Bugun kun davomida mazkur delegatsiya ishtirokida qator uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda vazir maslahatchisi Ulugʻbek Toshkenboyev, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri maslahatchisi N. Djusupbekova hamda vazirlik masʻullari ishtirok etdi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston taʼlim tizimiga doir mavjud tajriba va amaliyotlar oʻrganilishi maqsad qilingan. Jumladan, maktabgacha va maktab taʼlimida raqamlashtirish, IT texnologiyalari, elektron jurnal va kundaliklar, bolalar uchun moʻljallangan raqamli platformalardan foydalanishga doir qator tajribalar oʻrganiladi.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli kredit berish mexanizmlari, bogʻchalar va maktablar faoliyatini monitoring qilish va baholash tizimi, maktab oʻquvchilarining taʼlim natijalarini baholash, maktab taʼlimida STEM yondashuvlaridan foydalanish jarayonlari tahlil etiladi.

Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari kunning ikkinchi qismida poytaxtimizda joylashgan 100-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida ushbu maskanlarda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari, sohada olib borilayotgan oʻzgarish va yangiliklar haqida soʻz yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti hamkorligida "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davom etuvchi ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida respublikamiz bo'ylab ingliz tili fani ustozlari ishtirok etishmoqda.

Ushbu loyihaning maqsadi unda ishtirok etuvchi milliy konsultantlarni tayorlash hamda istiqbolda maktablar jamoalari bilan ishlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Mahorat darslari Norwich Til ta'limi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan o'tkazilmoqda.

Trening doirasida:

uzluksiz kasbiy rivojlanish konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish,
o’qituvchilarning o’z ustida ishlashini qo‘llab-quvvatlash,
o‘qituvchilari orasida uzluksiz ta’lim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

❗️Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda.

👉Muloqotni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_24

VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

14 yoshli o‘quvchimiz IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi 145-umumta’lim maktabining 9 -sinf o‘quvchisi Asilohan Turg‘unboyeva xalqaro IELTS imtihonidan yuqori natija qayd etib, 8 ball oldi.

❗️Asilohan test jarayonida O‘qib tushunish (reading) va Tinglab tushunish (listening)da maksimal — 9 ballik natijani qayd etgan.

O'quvchimizni natijasi bilan tabriklab, kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

Xayrulla Saydullayev,
Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanidagi 63-umumtaʼlim maktabining tarix fani o‘qituvchisi:


✍️Toifa imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdim. Boisi, test savollari juda qiziqarli tuzilgan.

Buning uchun mutaxassislik fanlari bo‘yicha test tuzgan masʼullarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

_______

Shohruh Toshxo‘jayev,
Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani o‘qituvchisi:


✍️Attestatsiya imtihonida 90 ball olib, 1-toifani qo‘lga kiritdim.

Savollar oddiydan murakkabga tomon yo‘naltirilgan.

O‘qituvchini o‘z ustida ishlashga undovchi, mantiq va mulohaza, taqqoslashga oid savollar tuzilgani uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM