Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Bugun Samarqand viloyati, “Sazagan” poligonida “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolari oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida qator mutasaddi xodimlar, jamoatchilik tashkiloti vakillari, faxriy keksalar ishtirok etishdi.

Soʻngra musobaqaning asosiy shartlariga koʻra jamoalar “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish”, “Turnikka tortilish” va “Mohir mergan” shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.

Ushbu musobaqada vazir kubogi uchun “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolaridan tuzilgan 14 ta jamoa kuch sinashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

#Attestatsiya_2024

Davlat va huquq asoslari, tarbiya hamda tarix fani o‘qituvchilari malaka test sinovlarida ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tayotgan attestatsiya jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda.

Bugun, davlat va huquq asoslari, tarbiya hamda tarix fanlari o‘qituvchilari malaka test sinovlarida ishtirok etmoqda.

Jumladan, Termiz shahridagi 26-maktabda surxondaryolik tarix-huquq fani o‘qituvchilari faol qatnashib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Attestatsiya ishtirokchilari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi.

❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi.

👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi.

Har oylik ustama toʻlanadigan pedagoglar roʻyxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

Xafiza Ahmedova,
Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning rus tili fani o‘qituvchisi:

Men attestatsiya imtihonlarida qatnashib, 76 ball bilan 1-toifani qo‘lga kiritdim.

Jarayonlar yaxshi tashkil etilgan, judayam chiroyli o‘tdi. Savollar ham zo‘r tuzilgan - odamni o‘ylantiradi, mantiqni ishlatishga undaydi.

Tashkilotchilarga ham alohida minnatdorlik bildiraman, imtihon jarayonlari ustozlar uchun qulay va talab darajasida o‘tkazildi.
_______

Lola Berdiyeva,
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani  40-maktabning Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi:


Yaqinda navbatdagi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etdim. Testga kirgunga qadar hamroh ustozlar bilan ham yo'l-yo'lakay mavzularni takrorlab, savol-javob qilib bordik.

Test jarayonida faqat o‘z bilimimizga tayandik. Mana, yuzim yorug‘ bo‘lib, imtihon natijalariga ko‘ra oliy toifaga ega bo‘ldim.

Jarayonlar shaffof tashkil etilgan. Barcha tashkilotchilarga rahmat. Qolgan ustozlarimizga ham omad tilayman!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir

📣 Hurmatli pedagoglar!


Ertaga — 16-may kuni soat 12:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.

Xususan:

9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar va imtihonlarning bo‘lib o‘tish tartibi, sanalari,

Imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, imtihon savollari spesifikatsiyasining ishlab chiqish jarayonlari,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy attestatsiya imtihonlarida beriladigan imtiyozlar,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga taqdim etiladigan oltin va kumush medallarining berilish tartibi va shartlari haqida so'z yuritiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Respublika bosqichiga start berildi

Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari rahbariyati, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, shuningdek boshqa bir qator hamkor vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi.

❗️Mazkur musobaqada har bir hududdan maktab o'quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.

📍Tadbirning ochilish marosimi akademik M.Mirzayev nomli ilmiy tadqiqot instituti dala maydonida bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi Oʻzbekistonda

Ayni kunlarda Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Bugun kun davomida mazkur delegatsiya ishtirokida qator uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda vazir maslahatchisi Ulugʻbek Toshkenboyev, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri maslahatchisi N. Djusupbekova hamda vazirlik masʻullari ishtirok etdi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston taʼlim tizimiga doir mavjud tajriba va amaliyotlar oʻrganilishi maqsad qilingan. Jumladan, maktabgacha va maktab taʼlimida raqamlashtirish, IT texnologiyalari, elektron jurnal va kundaliklar, bolalar uchun moʻljallangan raqamli platformalardan foydalanishga doir qator tajribalar oʻrganiladi.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli kredit berish mexanizmlari, bogʻchalar va maktablar faoliyatini monitoring qilish va baholash tizimi, maktab oʻquvchilarining taʼlim natijalarini baholash, maktab taʼlimida STEM yondashuvlaridan foydalanish jarayonlari tahlil etiladi.

Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari kunning ikkinchi qismida poytaxtimizda joylashgan 100-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida ushbu maskanlarda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari, sohada olib borilayotgan oʻzgarish va yangiliklar haqida soʻz yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM