Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#PRESS_TUR

🔰Attestatsiya

Ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun malaka test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha mazkur test jarayonlaridan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida poytaxtimizdagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi binosida press-tur tashkil etildi.

🏃‍♂️Tadbir O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida jurnalistlar sinov jarayonlarining sifatli va shaffof o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida yaratilgan shart-sharoit, qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar_bilan_ishlash

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov tomonidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan vazirlikka murojaat qilgan fuqarolar bilan onlayn qabul tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan fuqaroning murojaatlariga  o‘rnatilgan tartibda javob berildi hamda o‘rganish talab etilgan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotoreportaj

"TURON" TEATR MAKTABI RESPUBLIKA KO'RIK-TANLOVINING XORAZM VILOYAT BOSQICHI
JARAYONIDAN FOTOLAVHALAR

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Forwarded from Fan olimpiadalari
📣📣📣📣📣

41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

  Joriy yilning 27-aprel kuni Bolgariyaning Varna shahrida dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirokida boshlangan 41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 🥈2 ta kumush, 🥉3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Olimpiada g'oliblari bilan tanishing:

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal


Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal

G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Suyunova Madina Muhiddin qizi
–  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li
–  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Eslatib o‘tamiz, o’tgan yilgi 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.

Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
75 YOSHLI USTOZ ATTESTATSIYADAN 92 BALLNI QOʻLGA KIRITDI

- Yangi Oʻzbekiston maktablarida ikkinchi yoshligimni oʻtkazyapman",- deydi attestatsiya jarayonlarida yuqori natija qayd etgan Andijon viloyati, Xo'jaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchisi, 75 yoshli Bahodir Boltaboyev.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PISA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Taʼlimni rivojlantirish Respublika ilmiy metodik markazi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda “PISA 2025 tajriba-sinov jarayonlarini tashkil etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik va institut mas'ullari ishtirok etishdi.

Seminar treningda tadqiqotlardagi mas’ul mutaxassislar uchun tadqiqot materiallari bilan ishlash, test va so‘rovnomalarni oʻtkazish uchun moʻljallangan platformani boshqarish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib borilmoqda.

Tadbir doirasida OECD departament direktori o'rinbosari Tue Hallgreen onlayn ishtirok etib, “PISA xalqaro tadqiqotining ta’lim tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati” mavzusida taqdimot o'tkazdi.

Bundan tashqari:

"PISA 2022 tadqiqoti natijalari tahlil va ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha takliflar",
“Raqamli dunyoda o’rganish ko’nikmasini baholash” mavzularida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.


🔴 Bugun seminar-treninglarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM