Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.8K subscribers
21K photos
5.97K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" ko‘rgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardilar. Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun bo‘lish" g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
#BizTurlimizBizTengmiz

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
В Маргилане прошёл первый инклюзивный творческий фестиваль, в котором приняли участие новички и выпускники студий Zamin Creative из Карши, Ташкента, Андижана, Нукуса и Маргилана.

Фестиваль стал прекрасной возможностью для ребят, объединившись, реализовать творческие проекты. Участники в направлении медиа подготовили выставку Nigoh в коллаборации со всемирно известным мастером риштанской керамики Алишером Назировым и шелкоткацкой фабрикой Yodgorlik. Юные актёры в своих театральных постановках подняли важные экологические темы по вырубке деревьев и осушению морей. Ребята-дизайнеры раскрыли тему бережного отношения человека к природе через национальную традицию шитья «курок» — когда множество лоскутков соединяются в единое целое с главным посылом: быть вместе и быть одним целым.

Зироат Мирзиёева поздравила ребят с успешным окончанием фестиваля, пожелала успехов на творческом пути, полной свободы самореализации, наполненной радостью и вдохновением.
#МыРазныеМыРавные

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

Jizzax viloyati: malaka toifasi uchun test sinovlarida ishtirok etgan ustozlar attestatsiya jarayonlari haqida o’z fikrlarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Angliya

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi
Buyuk Britaniyada bo'lib o'tgan Ingliz tili o'qituvchilari xalqaro assotsiatsiyasining 57-xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.


Unda ustozlar malakasini oshirish, dars o'tishning yangi metodikasi hamda ta'limdagi yangi yondashuvlar, ingliz tilini o’rgatishda yangi yondashuvlar muhokama qilindi.

Mazkur konferensiyada vazirlik vakillari tomonidan yurtimizda o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlanishining yangi bosqichga olib chiqish hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida taqdimot qilindi.

✔️Ma'lumki, yurtimiz ta'lim muassasalarida maktab rahbariyati
o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayonida mas’uliyatini oshirish va maktabni xavfsiz ta’lim maskaniga aylantirish bo’yicha loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Konferensiyada bu loyihaning afzal tomonlari hamda erishilgan natijalar haqida fikrlar o'rtoqlashildi.

Ma'lumot o'rnida: mazkur nufuzli tadbirda dunyoni 100 dan ortiq mamlakatidan 3000 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalariga saralashning yakuniy bosqichiga start berildi.

Joriy yil fevral oyida o‘tkazilgan saralash bosqichi natijalariga ko‘ra fanlar kesimida har bir hududdan eng yuqori natijani qayd etgan jami 42 nafardan 9-11-sinf o‘quvchilari yakuniy bosqichda ishtirok etmoqda.

Iqtisod va geografiya fanlaridan o‘tkazilayotgan saralash olimpiadasi 2 bosqichda tashkil qilinadi.


Birinchi kun har ikkala fandan ochiq va yopiq tarzda tayorlangan test topshiriqlari o‘quvchilarga taqdim qilinadi. Iqtisod fani bo‘yicha 90 daqiqa vaqt ajratiladi, maksimal 50 bal bilan, geografiya fanidan 120 daqiqa vaqt ajratiladi, maksimal 70 ball bilan baholanadi.

Ikkinchi kuni iqtisod fanidan birinchi kuni eng yuqori natija qayd etgan 10 nafar o‘quvchilar hakamlar tomonidan taqdim qilingan mavzuda 45 daqiqada taqdimot tayorlash talab etiladi va bu 25 bal bilan baholanadi hamda taqdimot ballariga birinchi kunning ballari qo‘shiladi. Jami 75 ball.

Geografiya fani bo‘yicha ikkinchi kuni ishtirokchilarga 6 ta topshiriq taqdim qilinib, 90 daqiqa vaqt ajratiladi hamda maksimal 30 bal bilan baholanadi. Jami 100 ball.


Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, 5 nafar o‘quvchi joriy yil 22-30-iyul kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan Xalqaro iqtisod olimpiadasiga, 4 nafar o‘quvchi 19-24-avgust kunlari Irlandiyada o‘tkaziladigan xalqaro geografiya olimpiadasida ishtirok etadi.

✔️Eslatib o‘tamiz, geografiya fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta qatnashadi, iqtisod fani bo‘yicha 2019-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_5

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Турон_мактаб_театри

Joriy yilning 22-aprelidan 4-may kuniga qadar "Turon" maktab teatri tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari bo'lib o'tadi.

Ma‘lumot uchun: mazkur tanlovning respublika bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PISA

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nodavlat ta’lim muassasalari assosiatsiyasi hamkorligida “PISA xalqaro tadqiqotlari doirasida milliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ustozlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va xalqaro tadqiqotlarning nodavlat ta'lim tizimini yanada rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda Respublikamiz bo‘ylab 400 nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi hamda tizimni rivojlantirishga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan:

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun erishilgan natijalar asosida vazifalarni aniqlash,
milliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ustuvor vazifalarni belgilash,
o‘quvchilar faoliyati va kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
maktabgacha va maktab sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish,
pedagoglar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish kabi mavzularda so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM