Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlyandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun poytaxtimizda joylashgan 5-maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktab faoliyati, dars jarayonlari hamda laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu delegatsiya ishtirokidagi uchrashuvlar joriy yilining 22-apreliga qadar davom etadi. Tadbir so‘nggida xorijiy ekspertlarning xulosalari asosida tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxorodagi 71 ta maktabda taʼlim jarayonidan bo‘sh vaqtda o‘quv markazlari tomonidan kasb-hunar va chet tillari o‘qitiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Buxoro shahri, Jondor va G‘ijduvon tumanlaridagi taʼlim muassasalarida o‘quvchilarga sifatli taʼlim berish va ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

📍Dars va to‘garak mashg‘ulotlari jarayonlarini kuzatdi hamda pedagoglar va o‘quvchilar bilan yaqindan muloqotda bo‘ldi.

Tadbir doirasida o‘quvchilarni qo‘shimcha kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha muhim vazifalar muhokama qilindi va Buxoro viloyatidan jami 71 ta sinf xonalarini taʼlim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va chet tillarini o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlar va o‘quv markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bepul ijaraga beriladigan umumtaʼlim muassasalari ro‘yxati shakllantirilgani aytib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida tizim masʼullariga hamda tadbirkorlar va o‘quv markazi rahbarlariga yuqoridagi vazifalar ijrosi bo‘yicha hamkorlik ishlarini kengaytirish, bu boradagi asosli takliflarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish, qolaversa, zamonaviy kasb-hunar va chet tillarini sifatli o‘qitish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

👉 Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 35-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Iqbol Hayitova attestatsiya jarayonlari haqida.

🔹U test sinovlarida 96 ballni qo‘lga kiritib, oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga biriktirilgan aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va parlament aʼzolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda vazirlikka biriktirilgan Yoshlar parlamenti aʼzolarining asosiy ustuvor vazifalari, ular bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish bosqichlari, hisobot almashinuvini tashkil etish hamda kelgusidagi asosiy rejalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_mutaxassislar_nima_deydi

Teijo Koljonen,
Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi Bosh maslahatchisi
:

Biz finlyandiyalik ekspertlar O‘zbekistonga bir hafta muddatga kelganmiz. Bunday asosiy maqsad, yurtingiz ta’lim tizimini o‘rganish hamda muayyan yo‘nalishlarni rivojlantirish borasida o‘z tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashishdan iborat.

Bizning bu boradagi loyihamiz 4 komponentdan iborat. Birinchisi liderlik va boshqaruvni rivojlantirish, ikkinchisi o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, uchinchisi inklyuziv ta’lim, to‘rtinchisi esa ta’lim tizimida baholash yo‘nalishi hisoblanadi.

📍 Hozirda poytaxt Toshkent shahri va undan tashqari hududlardagi maktablardagi dars jarayonlarida qatnashyapmiz, maktab rahbariyati va o‘qituvchilar bilan uchrashyapmiz, muloqotlar qilyapmiz.

Biz O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish qanday ketayotgani va o‘qituvchilar qay sharoitlarda ishlayotganini ko‘rib guvohi bo‘layotganimizdan juda xursandmiz.

Ayniqsa, o‘qituvchilar va maktablar rahbariyati bilan uchrashish asnosida yurtingizdagi ta’lim tizimi va maktablar faoliyati bilan yaqindan tanishib borayotganimiz bizni har tomonlama mamnun qilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirning birinchi o‘rinbosari Puchon universiteti talabalari bilan uchrashdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha taʼlim agentligi direktori Agrippina Shin Toshkent shahridagi Puchon universiteti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari talabalarning maktabgacha taʼlim sohasiga oid qiziqtirgan savollariga javob berib o‘tdi hamda tizimda olib borilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar, yoshlarning kelajakda kasb tanlashlarida eʼtibor berish zarur bo‘lgan muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Do‘stona muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuv Universitet talabalarida katta taassurot qoldirdi hamda bunday uchrashuvlar davomli bo‘lishiga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM