Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.3K photos
6.01K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga sertifikat topshirdik.

Bilasiz, bu yildan umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydik.

1 oy davomida nomzodlar amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, liderlik va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.

Mazkur o'quv kursida jami 105 nafar nomzodlar o'qishdi. Shundan mashgulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar
"ilk qaldirgochlar" sertifikatga ega bolishdi.

Shuni alohida ta'kidlashni istardim, har qanday sohada bo'lgani kabi ta'limda ham samarali boshqaruv tizimning rivoji uchun juda muhim.

Chunki, direktorning o'zi ijodkor, zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lsagina, jamoaning tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi. Yangiliklar yaratiladi.

Umid qilamanki, bu tizim ko‘plab iqtidorli rahbarlarni, ta'lim tizimiga katta hissa qo‘shuvchi chinakam fidoyi kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Biz esa ularni butun faoliyatlari davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi

❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.

👉 IV oʻquv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
__________

Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта

Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2024 года (7 календарных дней).

Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2024 года.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” bosh gʻoyasi asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlarga start berildi.

👉 Tadbirlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, zamonaviy tajribalar asosida hamda yuqori saviyada tashkil etish uchun 4 ta yoʻnalishdagi loyiha va tanlovlar oʻtkaziladi:


Xalq sayllari:

“Kim oladi-yo....”, “Chillak”, “Varrak”, “Eshak mindi”, “Lanka”, “Oq terakmi, koʻk terak”, “Arqon tortish”, “Koʻz bogʻlar” oʻyinlari

Keksalarni eʼzozlash haftaligi:

“Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganini pari bilmas”, “Uch avlod uchrashganda”, “Milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalar” kabi mavzularda uchrashuv va davra suhbatlari

Sogʻlom turmush tarafdorimiz aksiyasi:

“Besh tashabbus Navroʻzda”, “Milliy kurash”, “Polvonlar bellashuvi”, “Yelkada kurash” sport musobaqalari

Ekologiya yoʻnalishi:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi, “Ekopatrul” loyihasi, “Eng obod taʼlim muasssasasi”, “Obod maktab” ekologik tanlovlari.

✔️ Mazkur tadbirlarga respublikadagi mavjud 10 182 ta taʼlim muassasisidagi 4.5 mln. nafar oʻquvchi-yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Mehrli Maktab" loyihasi doirasida MMTV «УчимЗнаем» gospital maktablar loyihasi bilan birgalikda Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Nukusdagi "Mehrli Maktab" gospital maktablarining pedagogik xodimlari uchun onlayn ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdilar.

Gospital pedagogika sohasidagi tajribali mutaxassis va ekspert asosiy e’tiborni uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan bolalar bilan kommunikatsiya qilish va ota-onalar bilan individual ishlash masalalariga qaratdi. Mashg‘ulot ishtirokchilari amaliyotda yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha faol savollar berib, tajriba almashishga tayyorligini hamda o‘z o‘quvchilari uchun yanada samarali va g‘amxo‘r pedagog bo‘lishga intilishini namoyish etdilar.

В рамках проекта Mehrli Maktab МДШО совместно с проектом госпитальных школ «УчимЗнаем» провели онлайн лекцию для педагогического состава госпитальных школ Mehrli Maktab из Ташкента, Андижана, Ферганы и Нукуса.

Главный акцент опытный специалист и эксперт в области госпитальной педагогики сделал на коммуникации с детьми, проходящих длительное лечение и индивидуальной работе с родителями. Участники лекции активно задавали вопросы, возникающие в практической деятельности, проявляя готовность к обмену опытом и желание стать более эффективными и заботливыми педагогами для своих учеников.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Sherzodxon Qudratxo‘ja
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz

"Ustoz — otangdan ulug‘". Bu ustozlarga nisbatan aytilgan tashbehdir.

Ustozi yo‘qning ustozi shaytondir.

Jamiyatda bo‘layotgan voqealar uydagi tarbiyaning oyinasi.

@SherzodxonQudratxoja
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematika va Fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichining ikkinchi tur jarayonlariga start berildi.

Jarayonlarni quyidagi havolalar orqali kirib kuzatishingiz mumkin.
Matematikadan👉 @jonliefirfizmat
Fizikadan👉https://meet.google.com/jed-jjrp-bis

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Наврўз_шукуҳи

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda

Tarovatli kunlarda tabiat uyg‘onib, jonajon diyorimizga barchamiz orziqib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

🟡Taʼlim maskanlarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram tadbirlari tashkil etilib, keksa avlod vakillaridan, qolaversa, bemorlar holidan xabar olinmoqda. Shu bilan birga xalq sayllari, keksalarni eʼzozlash haftaligi, "Sog‘lom turmush tarafdorimiz" aksiyalari faollik bilan o‘tkazilmoqda.

🖼️Fotosuratlarda mamlakatimizning turli hududlaridagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotida o‘tkazilgan tadbirlardan lavhalar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

❗️Statistika 20-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________

⚡️ Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_tilaklari

👉 Toshkent shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (eshitishda nuqsoni bo‘lgan) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab-internati o‘quvchilaridan Navro‘z bayrami tabrigi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilinganligidan xabaringiz bor.

☝️ Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result

🖥 Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:

nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
nomzodning shaxsiy telefon raqami;
soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


🔹Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.

❗️Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.

🖥 Yuborilgan shikoyatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijasi nomzodning o‘z shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir o’rinbosari Buxorodagi ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Avval xabar qilganimizdek, Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 26-yanvar kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot davomida berilgan topshiriqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va uning o‘rinbosarlarining har biriga maktablarda ta’lim-tarbiya jarayoni va maktab muhitini yaxshilash bo‘yicha maktablar biriktirildi.

📍 Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Farhod Boqiyev Buxoro viloyati, G’ijduvon tumanidagi 23-sonli maktabda bo’ldi.

❗️Maktabdagi uchrashuvlar davomida
vazir o’rinbosari mazkur ta’lim muassasasi faoliyati hamda unda yo’lga qo’yilgan ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, maktabda kasb-hunarga o’qitish jarayonlarini yanada yaxshilash borasida o’z tavsiyalarini berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM