Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.2K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Эълон

5-8-sinf o'quvchilari uchun informatika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi 6-aprel kuniga ko'chirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-son Qarorida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

❗️Hakamlar hay’ati, apellyatsiya komissiyasi, auditoriya rahbarlari va nazoratchilari hamda ishtirokchi o‘quvchilarni olimpiadaga jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida, joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichi 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kogon tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yuz bergan avtohalokat tafsilotlariga doir axborot

2024-yilning 18-mart kuni tumandagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab o‘quvchilari 2 ta avtobusda Buxoro shahridagi viloyat musiqali drama teatriga borayotgan chog‘ida avtobuslardan biri yo‘l transport hodisasiga uchragan hamda bir o‘quvchi voqea joyida vafot etgan.

Avtohalokat natijasida jarohatlangan o‘quvchilar Buxoro va Kogon shaharlari hamda Kogon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi mazkur baxtsiz voqea natijasida vafot etgan o‘quvchining oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, voqeaga javobgar tizim mas'ullariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar qo‘llaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OʻQUVCHILAR YANGI LOYIHA ASOSIDA TOʻGARAKLARNI BIR OY BEPUL OʻRGANDI

🇺🇿Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida tumandagi 10-,42-,59-,324-,19-,115-,20-maktablaridan jami 50 nafar oʻquvchilarga bilim va kasb-hunar o'rgatish loyihasiga start berilgan edi.

📌Bunda, oʻquvchilarning qiziqishlarini aniqlash maqsadida ular oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilib, oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan toʻgaraklarda bir oy davomida tajriba tariqasida BEPUL jalb qilindi.

▪️Bugun ushbu toʻgaraklarni toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilarga sertifikatlar topshirildi.

📌Ma’lumot o'rnida: ushbu loyiha respublikamizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablariga bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Lissabonda TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining natijalari yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tmoqda

🔴 Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan joriy yilning 17-22-mart kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida TIMSS 2023 tadqiqoti doirasida Milliy loyiha koordinatorlarning yettinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuvda IEA (Gamburg va Amsterdam), TIMSS&PIRLS xalqaro tadqiqot markazi, RTI tashkilotlari hamda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlar qatorida O’zbekiston vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

✔️Xalqaro uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda taqdimotlar va treninglar o‘tkazilishi belgilangan:

TIMSS 2023 tadqiqotining tashkil etish va ma’lumotlarni boshqarish jihatlari;
Xalqaro sifat nazoratchilarining tahlillari;
Tadqiqot ishtirokchilarining tanlab olish jarayonlari;
Mamlakatlarning ta’lim tizimlariga oid ensiklopediyalarini muhokama qilish;
Baholash metodologiyasi va uni amalga oshirish;
Matematika va tabiiy fanlar bo’yicha loyihaviy hisobot tahlili;
So’rovnomalar bo’yicha loyihaviy hisobot tahlili.

🔹 Maʼlumot uchun: TIMSS 2023 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari 2023-yil 17-apreldan 5-mayga qadar reprezentativlik asosida tanlab olingan 166 ta maktablarda o‘tkazilgan. Unda jami 8800 nafar 4-va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha sinov jarayonlarida hamda kontekst soʻrovnomalarda ishtiroki ta'minlangan.

Shu bilan birga, 166 nafar maktab direktori, 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari va 4450 nafar ota-onalar
soʻrovnomalarda ishtirok etgan bo'lib, natijalar 2024-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichiga start berildi

Saralashning yakuniy bosqichi Matematika va Fizika fanlaridan 19-20-mart kunlari📍Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etilmoqda.

Matematikadan ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 balldan, barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi.

Fizikadan esa ishtirokchilarga birinchi kuni yozma ish uchun 3 ta topshiriq beriladi, har bir topshiriq 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi, topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt ajratiladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, matematika fanidan eng yaxshi natija qayd etgan 6 nafar o‘quvchilar nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi hamda ular joriy yilning 11-22-iyul kunlari Buyuk Britaniyada o’tkaziladigan nufuzli xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) ishtirok etadi.

Shuningdek, mazkur terma jamoa nufuzli xalqaro olimpiadaga tayyorgarlikni sinovdan o’tkazish, o’quvchilarni psixologik tayyorlab borish hamda tajriba orttirish maqsadida Bolqon matematika olimpiadasida ham ishtirok etadi. (Bolqon matematika olimpiadasida O’zbekiston terma jamoasi 2023-yildan boshlab to’liq tarkibda ishtirok etishi yo’lga qo’yilgan)

Fizika fanidan saralash olimpiadasiga natijalariga ko’ra dastlabki 8 nafar o‘quvchilar joriy yilning 3-10-iyun kunlari Malayziyada o‘tkaziladigan 24-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da qatnashadi. Mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada natijasiga ko‘ra yuqori ball to‘plagan 5 nafar o‘quvchilar terma jamoa tarkibiga kiritiladi hamda ular 21-29-iyul kunlari Eron davlatida o’tkaziladigan nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da ishtirok etadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram