Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Hashar_elga_yarashar

🔴 Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq hashari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida ham qizg‘in bo‘lib o‘tmoqda.


Unda vazirlik rahbariyati va markaziy apparati xodimlari faol ishtirok etishdi va binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.

Daraxt ko‘chatlari oqlanib, chiroyli shaklga keltirildi. Yo‘lak chetlariga bahor gullari ekildi.

Ayni vaqtda umumxalq hashari vazirlik hududiy boshqarmalari tomonidan ham joylarda o‘tkazilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

⚡️O‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan ilk onlayn ta'lim platformasi yaratildi

"Vatandoshlar" jamoat fondi tashabbusi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamkorligida o‘zbek tili onlayn ta'lim platformasi yaratildi.

15-mart kuni Toshkent shahrida ushbu platformaning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Ta'kidlanganidek, til – millat ko‘zgusidir. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi. Hozirgi globallashuv va axborot davrida ona tilimizni sofligicha saqlash va uni kelajak avlodga bezavol yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.

O‘zbek tilini o‘rganish platformasi, avvalambor, o‘z yurtidan yiroqda yashayotgan barcha vatandoshlarimizga mo‘ljallangan.

Xorijiy tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan ko‘pgina platformalar mavjud bo‘lib, aynan o‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan bu kabi yaxlit platforma ilk bor ishlab chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️O'quvchilarimiz IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta medalni qo'lga kiritishdi!

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Medal sohiblari bilan tanishing:

🥇 Ozod Axtamov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o’quvchisi — oltin medal,

🥈 Elbek Zohidjonov —
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o’quvchisi — kumush medal,

🥉Madina Suyunova Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-umumta'lim maktabining 11-sinf o’quvchisi — bronza medal,

🥉Asadbek Boboqulov  — Toshkent shahar, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich o’quvchisi — bronza medal

Ushbu g‘alaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustozlari va ota-onalarini muborakbod etamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax

Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi Ishchi guruh Jizzaxdagi ta'lim muassasalari faoliyatini o'rgandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov Sharof Rashidov tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta'lim maktabi, Paxtakor tumanidagi "qizil toifa"dagi 20-umumta'lim maktabi, shuningdek, tumandagi 8-son maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'ldi.

📍 Maktablardagi uchrashuvlarda o‘quvchilarning qiziqish va kelgusidagi rejalari, o‘qituvchilarni qiynayotgan muammolar, erishilgan yutuqlar haqida so'z bordi. Shuningdek, ta'lim sifatini oshirish borasida taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bundan tashqari pedagoglar uchun malaka toifa sinovlari o'tkaziladigan hududlarning tayyorgarlik darajalari o'rganildi.

Vazir o'rinbosari 8-son DMTT tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlarni ham ko'zdan kechirdi.

Bog'cha jamoasi bilan bo'lib o'tgan qizg‘in suhbat davomida pedagoglarning ta'limga yangicha yondashuvi bolalarning ko‘nikmalarini oshirishda samara berishi ta'kidlandi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM