Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Barkamollik_bahori

“Barkamollik bahori” hisobot konserti oʻtkazildi


🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
tomonidan “Barkamollik oyligi” doirasida “Barkamollik bahori” hisobot konserti boʻlib oʻtdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi va o’z samimiy tilaklarini bildirdi.

❗️ Hisobot konserti doirasida “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi tashkil etildi.

Konsert davomida
“Barkamol avlod” bolalar maktabining iqtidorli yoshlari tomonidan:

kuy-qoʻshiqlar,
milliy, zamonaviy va jahon raqslari,
koʻngilochar chiqishlar
ijro etildi.

Konsert soʻnggida “Barkamollik oyligi”da faol ishtirok etgan Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari munosib taqdirlandi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️TALIS 2024 asosiy so'rovnoma jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vebinar-trening o'tkazildi

💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida TALIS 2024 asosiy so‘rovnomasida "Maktab koordinatorlarining vazifalari" to‘g‘risida vebinar-trening tashkil etildi.

TALIS 2024 tadqiqoti uchun tasodifiylik asosida 14 ta hududlardan jami 210 ta maktablar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tanlangan bo'lib, joriy yilning 5-31- mart kunlari taxminan 4200 nafar o‘qituvchilar asosiy so'rovnoma jarayonlarida ishtirok etishadi.

♨️Ma'lumot o'rnida: TALIS (Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.

Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etishdan iborat.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#15_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Qarluqlar. Oʻgʻuzlar. Tohiriylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda Qarluqlar, Oʻgʻuzlar va Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilgan boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini borib koʻrdi.

🔹Maktabda yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot boʻldi.

Biz bu yilni Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili, deb eʼlon qildik. Har doim ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratayapmiz. Ularning salohiyati, intilishi kuchli. Boks boʻyicha dunyoda yetakchilar qatoridamiz. Bu salohiyatni, iqtidorli yoshlarimizni rivojlantirish maqsadida shu maktabni tashkil etdik. Endi Bahodir Jalolov maktabi oʻz yoʻnalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim boʻladi. Boks metodologiyasi, diyetologiyasi, tibbiyoti, psixologiyasi hududlardagi sport maktablarida ham rivojlantiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида гимнастика бўйича Оксана Чусовитина спорт маҳорати мактабидаги шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в школе спортивного мастерства по гимнастике Оксаны Чусовитиной в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #tanishiv #maktab #gimnastika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X