Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
106K subscribers
22.4K photos
6.18K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Respublika_tashkilotlari

Ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib borishni istaysizmi?

💬 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalarining rasmiy sahifalari bilan tanishib boring:

✔️ Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga doir yangiliklar ➡️ t.iss.one/mdokanal

✔️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi eng qaynoq xabarlar ➡️ t.iss.one/piimauz

✔️ Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ➡️ t.iss.one/avloniyuz

✔️ O'qituvchilar uchun foydali havolalar hamda sohaga doir yangiliklar ➡️ t.iss.one/uzluksiz_rivojlanish

✔️ Ustozlar uchun pedagogik ko'mak
➡️ t.iss.one/rtm_metodik_xizmat

✔️ Barkamol avlod bolalar maktablari haqida ➡️ t.iss.one/Barkamolbolalarmaktabi

✔️ Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning faoliyati ➡️ https://t.iss.one/TDPU_uz

✔️ "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyati bilan bog'liq yangiliklar ➡️ t.iss.one/newuzbekistanuniversity

✔️ Fan olimpiadalari bo’yicha eng sara xabarlar
➡️ https://t.iss.one/olimpdep

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Yaponiya-O'zbekiston yoshlar innovatsion markazi hamkorligida suv va elektr energiyani tejash bo'yicha ENE Kids loyihasining pilot dasturi muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi.

❗️Unda Toshkent shahar va Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 11 ta maktabning 500 nafardan ortiq 7-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi. Oila a’zolari bilan hisoblaganda jami 1626 kishi qamrab olindi.

Bugun pilot dasturining yakunlanishiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirda Energetika vaziri o’rinbosari Akmal Jumanazarov, vazirlik mas’ullari hamda dastur ishtirokchilari qatnashishdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu dastur o'quvchilarga:


energiya va suvdan unumli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi;
butun mamlakat ko'lamida qanchalik suv va energiya tejalishi mumkinligini ko'rsatаdi.

❗️Natijalardan shuni ko'rish mumkin-ki, agar bu loyiha barcha maktablarga joriy etilsa, bir haftada mamlakatimizdagi eng yirik Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi ishining bir kunlik ishini tejash mumkin, suv esa, har hafta bir olimpiya stadioniga ketadigan suv tejab qolinishi mumkin.

Ta'kidlash joiz, bu kabi tadbirlar yoshlarga energiya resurslaridan unumli foydalanish, tejash orqali ekologik muammolarni yechishda o'z hissalarini qo'shishlariga ko'maklashadi.

Loyiha doirasida yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida tomonidan mazkur tajriba-sinov maktablarining o‘qituvchilari uchun treninglar ham tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Xorazm viloyatida bo‘lib, ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

⚡️Usmon Sharifxodjayev Xiva va Urganch shahri, Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Urganch va Xiva tumanlaridagi umumta’lim maktablarida bo’lib:

o’qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar,
o‘quvchilar davomati va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasida qilingan ishlar, yangi baholash tizimining maktablarga tatbiq qilinishi hamda 
o‘quvchilarni ikkita  xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish holati bilan yaqindan tanishdi.

❗️Shuningdek, o‘quvchilarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rganishda zamonaviy metodlardan foydalanish xususida o‘z tavsiyalarini berdi.


✔️Bundan tashqari, Usmon Sharifxodjayev Xorazm viloyatida faoliyat olib borayotgan o‘quv markazi rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan o’tkazilgan yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, xususan, maktablardagi bo‘sh sinf xonalarini chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga berish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so’z bordi.

Tadbir davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish borasidagi zarur choralar va takliflar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eko_maktab

Eko-maktab loyihasi doirasida Navoiy viloyatidagi maktablarning issiqxonalari ko'zdan kechirildi

Xabaringiz bor, yurtimizda "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 117 ta taʼlim muassasalari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

📍 Mazkur loyiha doirasidagi Navoiy viloyatida eko-maktab sifatida belgilangan 11 ta maktabdagi issiqxonalar, quyosh batareyalari mavjudligi o'rganildi.

O'rganish davomida issiqxonalar bo'yicha takliflar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_29

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR


Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

⚡️
Bugungi audiobayonotimizda:

00:07 Eshitishimcha, endilikda ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 50 foizlik ustama belgilanar ekan, shu to‘g‘rimi?

00:59 Menejerlik o‘quv kurslarining yakuniy imtihonlari qay tartibda o‘tkaziladi? Ushbu sinovlardan o‘ta olmagan maktab direktorlariga qanday chora ko‘riladi?

02:16 Yaqinda ishga kirganligim uchun maktab direktorimiz kasbiy sertifikatlashdan o‘tishimni talab qilyapti. Eshitishimcha, undan o‘tish pullik ekan, shu to‘g‘rimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from FVMMTB - Rasmiy kanali
🔹Farg‘onada yana bir umumta’lim maktabiga navbatdagi zamonaviy jihozlar to‘plami topshirildi

⚡️Joriy o‘quv yilidan Furqat tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham sinov tariqasida "Farg‘ona ta’lim tajribasi" ni tatbiq etish yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni kunlarda ushbu bilim dargohida 225 nafar o‘quvchilar "Farg‘ona tajribasi" asosida tahsil va tarbiya olishmoqda.

Viloyat hokimi tashabbusi bilan muassasada ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirishga ko‘maklashish maqsadida maktab uchun navbatdagi zamonaviy jihozlar yetkazib berildi. 

Eng so‘nggi rusumdagi 6 ta sensorli interaktiv va 7 ta magnitli doskalar hamda 5 ta robototexnika jamlanmalari o‘quv jarayonlarida foydalanish uchun ta’lim maskaniga topshirildi. 

Bir muddat avval tuman hokimligi tomonidan bu maktab uchun ayni maqsadda 122 million so‘mlik jihozlar ham yetkazib berilgan edi.

👆Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘riklarga muassasa o‘quvchilari fanlarn a’lo baholarga o‘zlashtirish va namunali hulqlari bilan javob berishga astoydil harakat qilishmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Hududingizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklardan boxabar bo’lib borishni istaysizmi?

Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar hududiy boshqarmalari telegram sahifalarini kuzatib boring:

Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – https://t.iss.one/kkeduuz

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/and_vxtb

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/samarqandvxtb

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/sirdaryommtb

Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/Jizzaxedu

Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/bvxtb

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/surxonvmmtb

Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/fvxtb

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/namanganv_xtb

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/Xorazm_MMTB

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/toshkentvxtb

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/qashqadaryo_vxtb

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/navoiy_viloyat_mmtb

Toshkent shahri Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB
📣📣📣📣📣

Joriy yilning 27-28-fevral kunlari Al-Хorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar, Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarining hududiy saralash bosqichlari bo‘lib o‘tadi
.

❗️Mazkur olimpiadalar o‘tkaziladigan manzillar taqdim etilmoqda.

Ushbu jarayonlarni shaffof o‘tkazish hamda olimpiada bahslarini keng yoritish maqsadida OAV vakillari va blogerlarni hamkorlikka chaqiramiz.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, yana bir tanlov boshlandi!

🔴 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichiga start berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#bugun_xorazm

🔎Vazir Hilola Umarova Xorazm viloyatiga tashrifi davomida faoliyati qoniqarli bo'lmagan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini chuqur o'rganmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ularni Davlat  hamda investitsiya dasturlari doirasida rekonstruksiya qilish va yangidan qurish loyihalariga kiritishdir.

📍Navbatdagi tashrif manzili Urganch shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabi hamda 35-DMTT bo'ldi. 13-maktab binosi 1963-yilda qurilgan.  Tashrif davomida:

maktab binosining holati ko'zdan kechirildi;
o'quvchilar bilan ta’lim olish jarayonlari haqida suhbat olib borildi.


❗️6,4 gektar maydonda joylashgan ushbu maktabning katta qismi ayni paytda qarovsiz holda ekanligi vazir tomonidan tanqid ostiga olindi. Vazir aholiga qulay sharoitlarni yaratish hamda ta'lim tizimida klaster yo'nalishini kengaytirish maqsadida bo'sh turgan yerlarda DXSH asosida MTTlar barpo etish taklifini ilgari surdi.

Faoliyatni yaxshilash maqsadida qator takliflar berildi, jumladan, vazir klaster tizimini joriy etishga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi. Mas’ul xodimlarga vazifalar yuklandi.

🔺Maktabning bugungi kundagi koeffitsienti qoniqarli bo‘lmaganligi uchun 72 ballda baholandi. Ma'lumot uchun, ta'lim darajasini baholash toifalariga ko'ra, maktablarga 4 toifada ball beriladi:
🔸ta'lim darajasi eng past - 56,7 balldan past;
🔸 past - 56,7 balldan 75,5 ballgacha;
🔸 qoniqarli - 75,6 balldan 94,4 ballgacha
;
🔶 yaxshi maktablar - 94,5 balldan yuqori.

📍Keyingi tashrif obyekti 35-DMTT 140 o‘ringa mo'ljallangan bo'lib, 1986-yilda qurilgan. O'tgan davr mobaynida biror marta kapital ta’mirlanmagan.

❗️Maktabgacha ta’lim tashkilotining holati qoniqarsiz, bolalar yotoqxonalarida issiqlik ta'minoti yetarli darajada emasligi alohida ta’kidlandi. Mas'ullarga DMTTni rekonstruksiya qilish uchun o'rnatilgan tartibda murojaat qilish topshirig'i berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM