Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanidan fotoreportaj.

Tadbir qizg'in savol-javoblarga boy holda o'tdi. Unda jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas'ullardan batafsil javob olishdi.


👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1489

Matbuot anjumani OAVda keng yoritildi:
MTRK Axborot 24
Uza.uz
Rasmiy xabarlar
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
UZREPORT TV
Ishonch.uz
Gazeta.uz
uzdiplomat.uz
(Ro‘yxat to‘ldiriladi)

#14_February #Tashkent #Taълим

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan yangi loyiha

“MAKTABIMIZ QAHRAMONLARI...”

Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida o‘tkazilgan 20-Xalqaro Jautikov fan olimpiadasi sovrindori, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Begzodbek Xoshimjonov hikoyalari...

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#13_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "VI-VII asrlarda Turon xalqlari madaniy hayoti" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda Turon xalqlarining oʻziga xos madaniy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
#Eko_oromgoh

Respublikamizda eko-oromgoh loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, yurtimizda "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 117 ta taʼlim muassasalari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasidagi ikkinchi treninglar Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda loyihaga aʼzo 7 ta maktab uchun Xiva shahridagi Prezident maktabida seminar tashkil etildi.

Shuningdek, 2024-yilda loyiha o‘tkaziladigan maktab hududlari ham ko‘zdan kechirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#maktablarimiz_haqida
#Andijon_shahar_2son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ta’limga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini beradi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘z faoliyatini boshlagan.

Ayni vaqtda ta’lim maskanida 327 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga aniq va tabiiy fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Maktab zamonaviy binoga ega. Mashg‘ulot xonalari zarur o‘quv, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Boy kitob fondini o‘zida jamlagan kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ulangan. Sport va faollar zallari, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar, chet tillari xonalari, oshxona va yotoqxona mavjud. 

Maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘ziga xos muhit o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OCHIQ MASHG'ULOT

📣Farg'ona viloyati maktabgacha va  maktab ta'limi boshqarmasi topshirig'iga binoan har hafta tuman-shahar"Barkamol avlod"bolalar maktabilarida ochiq mashg'ulot o'tkazish belgilab berilgan edi

♦️Bunga binoan bugun Qo'shtepa tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida
tajriba almashish maqsadida ochiq mashg'ulot o'tkazildi

📌Ochiq mashg'ulotga 19 ta tuman va shaharlardan vakillar tashrif buyurishdi

🔰 Mashg'ulotda Farg'ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassisi G.Qo'chqorova, Farg'ona viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori Z.Yuldashev so'zga chiqib,  to'garaklar qamrovini kengaytirish va dars jarayonini takomillashtirish hamda darslarda zamonaviy o'quv dasturlaridan foydalanish bo'yicha tashrif buyurganlarga taklif va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

🔹Keyingi ochiq mashg'ulot Dang'ara tuman "Barkamol avlod"bolalar maktabida bo'lishi belgilandi

©Farg'ona viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
Telegram    •Instagram 
Facebook   •Youtube