Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.6K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#жадидчилик

O‘quvchilarni jadidchilik faoliyati bilan keng tanishtirish maqsadida yangi loyiha yo‘lga qo‘yilmoqda


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kitobxonligini oshirish, ularni buyuk vatandoshlarimizning shonli hayot yo‘li va ijodiy merosi bilan tanishtirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda o‘tgan asr boshlarida faoliyat yuritgan buyuk jadid taraqqiyparvarlarining hayoti va ijodi bilan tanishtirish hamda faol kitobxonlar safini kengaytirishga qaratilgan yangi loyiha (tanlov) tashkil etilmoqda.

🔹Kuni kecha mazkur loyihani yuqori darajada tashkil etish uchun yurtimiz madaniy hayotida faoliyat olib borayotgan malakali ekspertlar — filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov, tarixchi olim Bahrom Irzayev, yozuvchi Javlon Jovliyev, adabiyotshunos Shahnoza Nazarovalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda mazkur tanlov Nizomi loyihasi ishlab chiqildi hamda keng muhokama qilindi.

✔️ Qizg‘in muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda ekspertlar tomonidan har bir shartga alohida e’tibor qaratish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, bunda o‘quvchilarga xos bo‘lgan jihatlarini inobatga olish, tanlov shaffofligini ta’minlash bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Эълон

📣📣 Farzandingiz shaxmatni mustaqil o‘rganishi uchun maxsus bot!

❗️Zamonamizning mashhur sport turlaridan birini o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan sportning shaxmat turidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumta'lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun video-darslar yaratildi.

⚡️Bu darslar orqali o'quvchilarimiz shaxmat sport turini mustaqil o'rganibgina qolmay, video-darslarda berilgan topshiriqlarni bajarish orqali esdalik sovg‘alarini ham qo‘lga kiritishlari mumkin!

👇 Darslar bilan quyidagi manzillarda tanishing:

🔹Telegram bot
🔸YouTube

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Telegram | Instagram |Facebook | Youtube
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin education" loyihasi doirasida 19 ta zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga robototexnika va mexatronika bo‘yicha yangi darsliklar yetkazildi. Nashr fanga qiziquvchi bolalarga sifatli ta’lim olish, kelajakda esa talab yuqori bo‘lgan kasbni egallash imkonini beradi. Darslik maxsus o‘qitish metodikalari, turli murakkablikdagi vazifalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, o‘quvchilarga rivojlanish, kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va o‘qishda yangi marralarni egallashga yordam beradi.

В рамках проекта Zamin education 19 специализированных школ для детей с нарушением слуха получили новые учебники по робототехнике и мехатронике. Учебник позволит ребятам, увлеченным науками, получить качественное образование, а в будущем — востребованную профессию. Он содержит специальные методики обучения, задания различной сложности, что позволит ученикам развиваться, приобретать профессиональные навыки и достигать новых высот в обучении.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik o‘quv kurslarining dastlabki mashg‘ulotlariga start berildi

Bugun poytaxtimizda umumta'lim maktablari direktorligiga nomzodlar uchun "Menejerlik o'quv kurslari" ni boshlash munosabati bilan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ushbu o‘quv dasturlarining ahamiyati, uning soha rivojidagi roliga alohida to‘xtalib o‘tdi va o‘z tavsiyalarini ulashdi.

🔗 Ma’lumot uchun: o‘quv kurslari davomida nomzodlar ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlashga doir qator modullar asosida o‘qitiladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1463

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#менежерлик_ўқув_курси
#таълим_ислоҳоти

Ustoz va shogird menejerlik o‘quv kursi haqida


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari direktorligiga nomzodlarni o‘qitish maqsadida menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilganligidan xabaringiz bor.

O‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad nima;

mashg‘ulototlarga kimlar jalb etiladi;

o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlar qayerga murojaat qiladi;

menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan nomzodlar qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?


👏 An’anaga muvofiq Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videolavhadan yuqoridagi savollarga to‘liq javob topasiz.


❗️Menejerlik o‘quv kursi — zamonaviy direktorlar maktabi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Jahon Banki hamkorligidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi

Ayni damda Samarqand viloyatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Jahon Banki hamkorligida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

🔹Unda ishtirokchilar viloyatning Tayloq tumanida loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishishadi.

✔️Qayd etilganidek, xalqaro tajribaga ko‘ra, sifatli maktabgacha taʼlimga sarmoya kiritish bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash, ijtimoiy moslashuvi, zaruriy bilim va ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishni taʼminlaydi.

❗️O‘zbekistonda ham ayni maqsadda xalqaro tashkilotlar bilan ilg‘or loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram