Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

pedkadr.uzedu.uz platformasiga bir kunda 5 785 ta ariza kelib tushdi

👉Xabaringiz bor, 2024-yil 15-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlandi.

O‘tgan bir kunning o‘zida attestatsiyadan o‘tish va malaka toifalarini olishni istagan 5 785 nafar, jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi — 305;
Andijon viloyatidagi — 399;
Buxoro viloyatidagi — 491;
Jizzax viloyatidagi — 329;
Qashqadaryo viloyatidagi — 495;
Navoiy viloyati dagi — 409;
Namangan viloyatidagi — 445;
Samarqand viloyatidagi — 573;
Surxondaryo viloyatidagi — 546;
Sirdaryo viloyatidagi — 270;
Toshkent viloyatidagi — 475;
Farg‘ona viloyatidagi — 428;
Xorazm viloyatidagi — 268;
Toshkent shahridagi — 352 nafar pedagoglarning arizalari pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilindi.

❗️Eslatib o‘tamiz, pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari joriy yil 1-martga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Vazirlikdan_tuhfa

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalaridagi bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!

Loyiha doirasida bugun 10-11-sinflar uchun videodarslarni taqdim etamiz:

1. Maʼlumot, axborot va bilimlar bazasi
2. Axborotning sifati. Kod berish, kodlash vashifrlash
3. Apparat ta’minot
4. Tizim, dastur va foydalanuvchi interfeysi
5. Utilit dasturlar. Kompilyatorlar va interpretatorlar
6. Sensorlar
7. Tarmoq kompyuterlari
8. Internet
9. Butunjahon internet tarmogʻi. Internetda muloqot qilish
10. Mobil tarmoqlar. Video va veb konferensiya
11. Elektron jadval yaratish
12. Elektron jadvalni formatlash
13. Funksiyalar
14. Validatsiya qoidalari. Elektron jadval modelini sinash va elektron jadval modeli uchun sinov rejalarining samaradorligini baholash
15. Maʼlumotlarni filtrlash. Maʼlumotlarni saralash. Jamlovchi jadvallar va diagrammalar. Maʼlumotlarni import va eksport qilish
16. Grafik va diagrammalar
17. Ma’lumotlar bazasini yaratish
18. Relyatsion maʼlumotlar bazasini yaratish. Ma’lumotlar validatsiyasi va verifikatsiyasi
19. Qidirish amallari
20. Ma’lumotlar bazasi doirasida hisoblashlarni amalga oshirish. Ma’lumotlarni saralash. Ma’lumot kiritish formalari
21. Hisobotlar. Navigatsiya menyulari. Ma’lumotlarni eksport qilish
22. Formni normallashtirish
23. Maʼlumotlar bazasini 3NFga normallashtirish. Normallashtirishning afzallik va kamchiliklari. Ma’lumotlar lugʻati
24. Fayl va ma’lumotlarni boshqarish
25. Videoni tahrirlash dasturi. (Premiere) Matnli slayd va titr yaratish. Animatsiya va effektlar qoʻshish
26. Videoklipdan tasvir hosil qilish. Videoklipga ovozli ma’lumot qoʻshish va oʻchirish. Videoklip tezligini oʻzgartirish. Videoklipni turli fayl formatlarida eksport qilish
27. Audioni tahrirlash dasturlari.Audioklipning ovoz sozlamalarini tahrirlash
28. Audioklipni dublyaj qilish. Audiokliplarni turli fayl formatlarida eksport qilish
29. Texnologiya va bizning turmush tarzimiz. Uch oʻlchamli printer. Toʻrtinchi va beshinchi avlod uyali aloqasi
30. Sunʼiy intellekt. Boyitilgan reallik. Biometrik axborot
31. Bulutli texnologiyalar. Avtomatlashtirilgan tarjima
32. QR kodlar. Taqiladigan hisoblash qurilmalari. Ultra yuqori aniqlik darajasidagi televideniye. Koʻrish qobiliyatini yaxshilash. Virtual reallik
33. Kommutatsiya usullari va ularning ishlash tamoyillari. Tarmoq modellari: OSI va TCP/IP
34. Tarmoq xarakteristikalari. Polosa kengligi va bit tezligi
35. Tarmoq protokollari: Telnet, FTP, HTTP, POP, IMAP
36. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash usullari va vositalari
37. Sun’iy yoʻldosh aloqa tizimlari
38. Loyiha boshqaruvi. Loyiha boshqaruvining bosqichlari. Loyiha boshqaruvi uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minot turlari. Loyiha boshqaruvi dasturiy ta’minoti
39. Rastr grafika (Photoshop)
40. Vektroli grafika (Illustrator, CorelDraw)
41. Animatsiya
42. Javascriptga kirish
43. Axborot turlari va o'zgaruvchilar
44. Arifmetik modul va operatorlar
45. Funksiyalar
46. If-else, loop
47. Web saytga script qo'shish
48. DOM
49. React asoslari
50. Komponentlar arxitekturasi
51. Advanced React konsepsiyasi
52. State Management
53. Reactda loyiha shakllantiruvi
54. Deployment
55. Ma’lumotlardan samarali foydalanish uchun GraphQL
56. Reactni serversiz funksiyalar bilan birlashtirish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Болага китоб ўқитишни қачон бошлаган маъқул?

Фарзандигизни китоб ўқитишга қизиқтириш усуллари

Бола китоб ўқишининг фойдали жиҳатлари

🗣Инфографикада кўрсатилган 10 та асосий тавсия ва қоида саволларга батафсил жавоб беради

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз

Men 2020-yilda o‘tkazilgan majburiy attestatsiya imtihonlarida qatnashganman. Pedagoglar har 5 yilda malaka sinovlarida qatnashishidan xabarim bor. Ammo maktabimiz direktori o‘rinbosari bu yildan yangi tartib joriy etilayotgani, shuning uchun men ham attestatsiyadan o‘tishim kerakligini aytyapti. Shu to‘g‘rimi?

❗️Yo‘q, maktab rahbariyatining bu talabi o‘rnatilgan tartibga mos emas.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda bu haqida aniq yozib qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Agar pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etgan holda mavjud malaka toifasini oshirishni istasa, navbatdagi attestatsiya jarayonlarida o‘z ixtiyorlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Bu bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.

Eslatma: Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga o‘z muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BSB_va_ChSB_nima

📆 2023-yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

🗣Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

BSB – Bob boʻyicha summativ baholash.
ChSB – Chorak boʻyicha summativ baholash.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kitob_uz

Farzandingiz o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan tanishib borishini istaysizmi?


Ularda bolaligidanoq kitobga mehr uyg'otishni-chi?

❗️Unda kitob.uz sayti aynan siz uchun!

✔️Ushbu saytga 3188 ta kitob hamda 1040 ta audikitoblar joylashtirilgan bo'lib, bu yerda o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan tanishishingiz mumkin.

⚡️Kitoblar olamini biz bilan birgalikda kashf qiling!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

Farzandingiz bosh miyasining ikki yarim shari, ko‘rish xotirasi, aqliy qobiliyati, yirik va mayda motorikasi hamda muvozanat olish qobiliyatlarini uy sharoitida ham rivojlantirish mumkin.

📌Logoped Shaxnoza Jabborova farzandingiz bilan bajarish uchun qopqoq yordamida ushbu mashqni tavsiya etadi.

🔔Uni bog‘chalarda ham qo‘llash mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#вазир_жамғармаси

📣 Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1450

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening

Bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan menejerlik o'quv kurslarida dars mashg'ulotlarini o'tadigan trenerlar
uchun o’quv seminari boshlandi.

⚡️Unda xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan interaktiv mashg'ulotlar tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchilar trenerlik ko'nikmalarini rivojlantirish ustida ishlashmoqda.


Mahorat darslari davomida shuningdek:

darslarni interaktiv tarzda tashkil etish,
muammoli vaziyatlar ustida ishlash,
fasilatorlik mahorati, androgigika,
darsni tahlil qilish va baholash kabi mavzularda so'z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 20-yanvarga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

O‘qituvchilik faoliyatimni boshlaganimga 24 yil bo‘ldi, 10 yildan beri oliy toifaga egaman. Savolim shuki, men kabi uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi haqida eshitdim, shu to‘g‘rimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan yoki pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi qayd etilgan.

👉Shuningdek, mazkur Nizomga asosan, quyidagi pedagoglar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya taʼlim markazi hamkorligida tashkil etilgan koreys tili fani o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi.

Taqdirlash marosimida vazirlik mas'ullari ham ishtirok etib, qatnashchilarni tabriklashdi hamda sertifikat taqdim etishdi.

Ma'lumot o'rnida: treninglarga respublikaning barcha hududlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar koreys tili o‘qituvchilari qatnashishdi.

❗️
O'quv kurslarini olib borish uchun Koreya Respublikasi tomonidan 10 nafar trener taklif etildi.
__________
⚡️Koreyalik trenerlar tomonidan tayyorlangan videolavhada o'quv seminaridagi jarayonlar yoritildi
.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM