Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.2K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
🟨🟨🟨🟨🟨

⭐️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

😄Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi

Ushbu olimpiadada 🥇2 ta oltin, 🥈 3 kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritildi!

Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Informatika:

🥇Aslibek Sunnatov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi- oltin medal;

🥈Husanboy Mansuraliyev - Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi-kumush medal;

Matematika:

🥇Madina Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi- oltin;

🥈Asadbek Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi - kumush;

🥈Begzod Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;

🥉Behruzbek Elmurodov - Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Maqsadbek Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Asilbek Abduqayumov -Toshkent shahar, Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi— bronza medal;

🥉Elbek Zohidjonov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Nurmuhammad Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Ozodbek Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Ozodbek Orifjonov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal.


Eslatib o’tamiz, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo’lib, unda o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.

TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hamkor tashkilotlar vakillari taqdirlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

🔹Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, vazirlik mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


👏 Bayram tadbirida o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning bir guruh xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Hamkorlik nishoni hamda Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1436

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.

Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.

Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

———-

Коллектив Министерства дошкольного и школьного образования искренне поздравляет всех соотечественников и военнослужащих с 32-летием образования Вооруженных сил Республики Узбекистан и 14 января - Днём защитников Родины!
#Fotoreportaj
#Xalqaro_olimpiada

20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g’olib va sovrindorlari Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan  sportning futbol turidan (jonglyor) "Yashil maydon sari" shiori ostida va shaxmatning (blits) turidan Toshkent viloyatining olis hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida musobaqalar o‘tkazildi.

⚡️Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad qishki ta'til davrida umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

🔷 Musobaqada viloyatning Parkent, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq, Yangiyo‘l va Piskent tumanida joylashgan umumta'lim maktablarining 100 dan ortiq o‘quvchilari qatnashib o‘z yosh toifalari bo‘yicha bellashdilar.

🔰G‘olib va sovrindorlar "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram