Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Vatan_himoyachilari_kuni

Yurtimizda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil etilmoqda

Respublikamiz bo’ylab ta’lim muassasalarida “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda.

❗️Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va 14- yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan.

Unda bolajonlar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etilmoqda, turli tanlov va bellashuvlar ham bo’lib o’tmoqda.
____

✔️ Fotolavhalarda Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maktablarda “Vatanparvarlik oyligi” hamda harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Ushbu sana munosabati bilan Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan hamda harbiy xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilar tomonidan maktablarda uchrashuvlar o‘tkazilib, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlarining “Harbiy-vatanparvarlik karvonlari” tashkil etildi.

Shuningdek, harbiy kasbga qiziqish bildirgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilish va rivojlanish tarixi bilan tanishishdi, qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyish etildi. Harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘quvchi-yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

⚡️ O‘quvchilar o‘rtasida “Saf qo‘shiqlari”, “Otish”, “Velosport”, “Harbiylashgan estafeta” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#сўраган_эдингиз

2023-yilda magistraturani tugatib maktabda o‘qituvchi lavozimida ishlayapman. Menga malaka toifasi qay tartibda belgilanadi?


❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) berilishi aytib o‘tilgan:

bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi;

magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).


👉 Eslatma: mazkur toifadagi pedagoglar 2024-yil 15-yanvardan boshlab Vazirlikning “pedkadr.uzedu.uz” platformasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi olish uchun ariza bilan murojaat qilishlari hamda tegishli malaka toifasi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#9_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Eftaliylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda Turon hududida oʻz davlatiga asos solgan Eftaliylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

📣 “Vazirga murojaat" loyihasi yangi yildan yana e’tiboringizga havola etilmoqda!

Bugungi bayonotimizda "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berib o’tamiz.

00:25 Nega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikatga ega bo‘lgach, uning ustamasi faqat 12 soat dars uchun amal qiladi? Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun shu yo‘nalishga doir alohida sertifikat yaratish ustida ish olib borilyaptimi?

01:56 Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkaziladigan sinovlarda kimlar qatnashadi, men ham ishtirok etishim uchun nima qilishim kerak?

03:24 Ayni vaqtda vazirlikning ommalashtirish.uz platformasi ishlamayotganliga sabab nima? Platforma qachon ishga tushadi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🟨🟨🟨🟨🟨

⭐️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

😄Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi

Ushbu olimpiadada 🥇2 ta oltin, 🥈 3 kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritildi!

Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Informatika:

🥇Aslibek Sunnatov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi- oltin medal;

🥈Husanboy Mansuraliyev - Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi-kumush medal;

Matematika:

🥇Madina Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi- oltin;

🥈Asadbek Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi - kumush;

🥈Begzod Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;

🥉Behruzbek Elmurodov - Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Maqsadbek Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Asilbek Abduqayumov -Toshkent shahar, Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi— bronza medal;

🥉Elbek Zohidjonov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Nurmuhammad Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Ozodbek Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Ozodbek Orifjonov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal.


Eslatib o’tamiz, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo’lib, unda o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.

TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hamkor tashkilotlar vakillari taqdirlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

🔹Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, vazirlik mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


👏 Bayram tadbirida o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning bir guruh xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Hamkorlik nishoni hamda Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1436

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram