Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
97.8K subscribers
24.2K photos
6.42K videos
144 files
13.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Koreys tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

💬Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshchiligida A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya taʼlim markazi hamkorligida koreys tili fani o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining o'rinbosari Uzoqboy Begimqulov hamda Koreya Respublikasi Elchixonasining Bosh konsuli Kuk Chan Hyon ochib berdi.  

Unda maktabgacha va maktab ta'limi tizimi, xususan, malaka oshirish tizimida olib borilayotgan islohotlarning mazmuni, ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha erishilgan yutuqlar va dolzarb muammolar haqida so'z yuritildi.

❗️Shuningdek, koreys tili fani o'qituvchilari uchun mazkur malaka oshirish kurlari maktablarda koreys tilini o'qitish sifatini yaxshilashda muhim omil bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

O'quv kurslariga respublikaning barcha hududlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar koreys tili o‘qituvchilari jalb etildi. O'quv kurslarini olib borish uchun mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Koreya Respublikasi tomonidan til egalari taklif etildi.

🔵Toshkent shahridagi Adju Universitetida tashkil etilgan mazkur kurslardagi dars mashg'ulotlari Koreyaning Kukminde universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda olib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazilmoqda.

❇️Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriligi Ta'lim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Abduqodir Karimberdiyev, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Pedagoglarga malaka toifalarini berish va sertifikatlash bo'limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma'ruza qildilar.

🔰Seminarda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, tuman bo'limlari yetakchi mutaxassislari hamda umumta'lim maktablari o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari qatnashmoqda.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Каналимизга уланинг ва дўстларингизга улашинг:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB
Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan yig'ilishda vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi.

🔹Unda sohada ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ta’lim sifatini oshirishda pedagoglarining zamonaviy ta’lim standartlariga mos ravishda ish olib borishini ta’minlash muhimligiga alohida urg‘u berildi.

⚡️Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida hududiy boshqarma boshliqlariga o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

❗️Toshkent shahrida bo’lib o’tgan o’qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv hududlar kesimida ham
bo’lib o’tishi rejalashtirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Husanboyeva Nilufar Qosimboyevna — Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i.

U 1973-yil 17-dekabrda Toshkent shahrida tug'ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 312-umumta'lim maktabida kimyo fani o'qituvchisi;
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 116-, 236- hamda Yakkasaroy tumanidagi 144-sonli umumta'lim maktablari direktori;
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri;
Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha.

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @talim_murojaat_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#8_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "IV-V asrlarda Xioniylar va kidariylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda o‘lkamizga kirib kelgan xioniylar va kidariylar qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Qishki taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?

Bugun maktab o‘quvchilari uchun qishki taʼtilning oxirgi kuni. Ertaga 11-yanvardan maktablarda III chorak darslari boshlanadi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?

Taʼtilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha vazirlik tomonidan berilgan tavsiyalarga asosan “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Bolalar kutubxona”lari to‘liq faoliyat olib bordi.

O‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida tasviriy sanʼat, milliy va jahon raqslari, estrada-vokal, kubik-rubik, kompyuter dizayn va grafikasi, shaxmat va shashka, stol tennisi, mayda plastik, munchoqli bezak, to‘qish, mental arifmetika, rus va ingliz tili kabi 2450 ta bepul to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda ularga 73 mingdan ortiq o‘quvchi qamrab olindi.

“Eng yaxshi kitobxon maktab”, “Kitob bilan bir kun”, “Zukko kitobxon” tanlovi, “Quvnoq startlar”, “Umid nihollari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining maktab bosqichi, “Zakovat”, “Rokirovka” intellektual o‘yinlariga 342 ming nafar o‘quvchi jalb etildi.

Maktablarda o‘quvchilarning xohishlariga asosan fan va sport to‘garaklari ish olib bordi.

Bundan tashqari, ota-onalarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni, ayniqsa, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xavfsizligi taʼminlangan holda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etildi. Tuman (shahar) markazlarida, sayilgohlarda, markaziy ko‘chalarda mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etilgan markazlashgan archa bayramlariga ota-ona yoki sinf rahbarlari kuzatuvida tashrif buyurdi. Bu kabi madaniy hordiq sayohatlariga 1,4 mln.dan ortiq o‘quvchi bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram