Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
109K subscribers
22K photos
6.11K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

❗️Bugun mazkur musobaqalarda g‘olib bo'lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.

✔️ Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida 2 bosqichda bo‘lib o‘tgan olimpiadada jami 927 nafar ustozlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, matematika fanidan:

🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov 1-o'rin,
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Kamil Sadikov 2-o‘rin,
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov 3-o'rinni egalladi.

Kimyo fanidan:

🥇 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Narkulov 1-o'rin,
🥈 Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov 2-o'rin,
🥉 Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 3-o'rinni qo‘lga kiritdi.

❗️O‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan olimpiada esa dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida bo'lib o'tdi.

2 bosqichli ushbu olimpiadada 700 nafardan ortiq o'quvchilar bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova va Jahongir Jo‘rayev 1-o'rin,
🥈Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari Islam Zinhaydarov va Malika Xojamuratova 2-o‘rin,
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev va Iskandar Sodiqjonov 3-o'rinni qo‘lga kiritishdi.

9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

🥇Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Raxmatullayev va Nozimjon Abdurahimov 1-o‘rin,
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksultan Bazarbayev va Manzilbek Karlibayev 2-o‘rin,
🥉Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov va Abdulahad Nabiyev 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1425
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika bo'ylab qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun "Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda

Mazkur treninglarda maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlarining psixolog-metodistlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining amaliyotchi psixologlari ishtirok etmoqda.

“Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish” mavzusidagi mazkur treninglar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan o'tkazilmoqda.

Aytish joizki. yo‘nalish bo‘yicha jami 624 nafar trener tayyorlangan bo’lib, ular Respublika bo‘yicha barcha hududlarda qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun seminarlar tashkil etishmoqda.

O‘quv-seminarda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish usullari hamda jinsiy zo‘ravonlik profilaktikasi haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Soha mutaxassislari oʻz kasbiy mahoratlarini takomillashtirish orqali ishlarni manzilli va samarali rejalashtirishning shakl va usullari boʻyicha kerakli bilim, koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob

Hozirda "Barkamol avlod" bolalar maktablarida nech
ta oʻquvchi-yoshlar bilim va kasb-hunar oʻrganmoqda?

Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktablarda ota-onalar yig‘ilishlari tashkil etilmoqda

Yurtimizdagi umumtaʼlim maktablarida o‘quv yilining birinchi yarmi yakuni yuzasidan ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Ana shunday yig‘ilishlar Buxoro viloyatidagi maktablarda ham tashkil etildi. Unda farzand tarbiyasiga yana-da masʼuliyat bilan yondashish, ular bilan muloqot qilishga ko‘proq vaqt ajratish, bola hayotida paydo bo‘layotgan muammo va qiyinchiliklar bilan doimiy ravishda qiziqib borish, farzandlariga o‘z iqtidorini rivojlantirishda yordam berish masalalari muhokama etildi.

Bundan tashqari, maktabda taʼlim olayotgan farzandlarining shaxsiy mobil telefonlaridan foydalanish tartibi, odob-axloq qoidalariga rioya etish, bola iqtidorini rivojlantirishda yordam berish, uni qo‘llab-quvvatlash, qo‘l telefoni orqali kim bilan muloqotda bo‘layotganligi, internetda nimalar bilan mashg‘ulligini nazoratga olish borasida tavsiyalar berildi.

Farzandlarimizning baxtli kelajagi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega komil insonlar bo‘lib yetishmog‘i uchun birgalikda harakat qilish zarurligi taʼkidlandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi farzandi taqdiriga befarq bo‘lmay, ota-onalar yig‘ilishlarida faol qatnashuvchi barcha ota-onalarga o‘z minnatdorligini bildiradi!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Urgutlik o’quvchi xalqaro shaxmat festivalida 1-o‘rinni egalladi

Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tkazilgan “Sunway Sitges 2023” xalqaro shaxmat festivalida "B" guruhida (ayollar o‘rtasidagi bahslarida) Urgut tumani Qorabuloq mahallasi 46-maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ozoda Shahzodova 1-o‘rinni egalladi.

Urgut tumani hokimligi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi vakillari Ozodaning xonadonida bo'lib, o'quvchimiz hamda uning oila a'zolarini g‘alaba bilan tabriklab, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ozoda va uning ota-onasini g‘alaba bilan muborakbod etadi!



Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram