Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
22K photos
6.11K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Yangi_yil_bayrami

Bayram shodiyonalari davom etmoqda


Bugun poytaxtimizda joylashgan A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli va 30-sonli Mehribonlik uylari hamda Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.

🔹Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi hamda bolajonlarni kirib kelgan yangi yil bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir doirasida tashkilotchilar tomonidan namoyish etilgan bayram dasturi, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va bayram sovg‘alari bolajonlarga katta quvonch bag‘ishladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yo'riqnoma.pdf
4.8 MB
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

❗️Onlayn olimpiada bahslari bilan batafsil olympiad.uzedu.uz manzilida tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Vazirlikdan_tuhfa

📣📣 Farzandingiz sifatli ta’lim olishi uchun maxsus loyiha!

❗️Zamonamizning eng talabgir sohalaridan birini chuqurroq o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5-11-sinf o'quvchilari uchun 200 dan ortiq video-darslar yaratildi.

Bu darslar orqali o'quvchilarimiz o'z bilimlarini mustaqil oshirishlari mumkin!

👇 Darslar bilan quyida tanishing:

1. Matnli hujjat bilan ishlashni boshlash
2. Matnda sichqon va klaviaturadan amallari
3. Matnni belgilash, tahrirlash va o‘chirish
4. Matnni ko’chirish
5. Asosiy tugmalarni tanlash. Hujjatni chop etish
6. Save tugmasi va hujjatni qulay nom bilan saqlash
7. Matnni tekshirish
8. Tasvirlar bilan ishlashni boshlash. Line uskunasidan foydalanish
9. Pencil va Brush uskunalaridan foydalanish
10. Chiziqning qalinligi va rangini oʻzgartirish. Shakllar chizish
11. Tasvir qismlaridan nusxa olish, kesib tashlash yoki joylashtirishdan foydalanish
12. Eraser uskunasi. Tasvirni saqlash
13. Diagrammalar bilan ishlashni boshlash. Axborotni tasniflash(guruhlash)
14. Axborotni qiymatini hisoblash. Piktogramma yaratish
15. Jadvallar yaratishda Microsoft Excel dasturidan foydalanish
16. Diagramma va unga maʼlumotlar kiritish. Diagramma turini tanlash. Diagrammaga x-oʻqi, y-oʻqi hamda diagramma nomini joylash
17. Diagrammadan xulosa chiqarish. Ustunli diagramma ustunlari rangini oʻzgartirish
18. Dasturlashni boshlash. Robotni labirint boʻylab harakatlantirish
19. Blok-sxema yaratish. Burchaklar bilan ishlash
20. Spraytlarni oldinga va turli yoʻnalishlarga harakatlantirish
21. Debaglash (xatolar aniqlash) jarayoni
22. Qidiruv tizimlarida ishlashni boshlash
23. Veb-brauzerlar. Qidirish tizimlari
24. Elektron pochtada ishlash. Elektron pochta
25. Yangi elektron xat yozish. Amaliy mashgʻulot
26. Qabul qiluvchining manzilini kiritish. Xatni oʻqish va unga javob qaytarish
27. Elektron pochtada xabarlarni uzatish va formatlash
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

“Kitob bilan bir kun” shiori ostida onlayn tanlov e’lon qilinadi!

📚 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli o‘tkazish maqsadida "Kitob bilan bir kun" shiori ostida respublika onlayn tanlovi e’lon qilinadi!

TANLOV SHARTLARIGA KO"RA:

1️⃣ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan birini o‘qishi va videorolik tayyorlash;

2️⃣ Asar haqida qisqacha tushuncha berib, asar qahramonlaridan birini ijro etib berish;

3️⃣ Videorolik 10 MBdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi talab etiladi.

Videoroliklar 2024-yilning 6-16-yanvar kunlari soat 18:00 ga qadar telegramdagi @tanlov_admin05 manziliga yuborilishi lozim.

🏆G‘oliblar 17-yanvar kuni e’lon qilinadi.

🧷 Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

🥇1-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

🥈2-o‘rin: 1 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

🥉3-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi va smart soat.

🎁Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga taqdim etiladi (smart soat ishtirokchining o'ziga).


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

❗️Bugun mazkur musobaqalarda g‘olib bo'lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.

✔️ Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida 2 bosqichda bo‘lib o‘tgan olimpiadada jami 927 nafar ustozlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, matematika fanidan:

🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov 1-o'rin,
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Kamil Sadikov 2-o‘rin,
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov 3-o'rinni egalladi.

Kimyo fanidan:

🥇 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Narkulov 1-o'rin,
🥈 Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov 2-o'rin,
🥉 Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 3-o'rinni qo‘lga kiritdi.

❗️O‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan olimpiada esa dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida bo'lib o'tdi.

2 bosqichli ushbu olimpiadada 700 nafardan ortiq o'quvchilar bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova va Jahongir Jo‘rayev 1-o'rin,
🥈Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari Islam Zinhaydarov va Malika Xojamuratova 2-o‘rin,
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev va Iskandar Sodiqjonov 3-o'rinni qo‘lga kiritishdi.

9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

🥇Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Raxmatullayev va Nozimjon Abdurahimov 1-o‘rin,
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksultan Bazarbayev va Manzilbek Karlibayev 2-o‘rin,
🥉Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov va Abdulahad Nabiyev 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1425
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika bo'ylab qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun "Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda

Mazkur treninglarda maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlarining psixolog-metodistlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining amaliyotchi psixologlari ishtirok etmoqda.

“Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish” mavzusidagi mazkur treninglar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan o'tkazilmoqda.

Aytish joizki. yo‘nalish bo‘yicha jami 624 nafar trener tayyorlangan bo’lib, ular Respublika bo‘yicha barcha hududlarda qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun seminarlar tashkil etishmoqda.

O‘quv-seminarda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish usullari hamda jinsiy zo‘ravonlik profilaktikasi haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Soha mutaxassislari oʻz kasbiy mahoratlarini takomillashtirish orqali ishlarni manzilli va samarali rejalashtirishning shakl va usullari boʻyicha kerakli bilim, koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram