Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
21.9K photos
6.11K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun mahorat darslari bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun o'quv yig'ini tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo'mondoni o'rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etishdi va seminar ishida omad tilashdi.

Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilarini bilim va malakasini oshirish, jangovor shayligini sinovdan oʻtkazish va vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishdan iborat.

📍 Ma'lumot uchun: mashg'ulotlar 5 kun davom etadi, ishtirokchilar uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga” ekskursiyalar ham tashkil etish rejalashtirilgan.

✔️"Temurbeklar maktabida" bo'lib o'tayotgan ushbu o'quv yig'inida Respublikamiz bo'ylab 56 nafar CHQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Kelgusida ular o'z hududlaridagi ustozlar uchun o'quv-yig'inlarini tashkil etishlari ko'zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❄️🖥Raqamli Avlod IT Oromgohi 2024

Bugun, Raqamli Avlod IT oromgohimizga start berdik! Loyiha qatnashchilari darslarda ham onlayn, ham offlayn shaklda ishtirok etib kelishmoqda.

_
Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Boltayev Farrux Farxodovich – Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1988-yilda Samarqand shahrida tavallud topgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Samarqand shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi;
Samarqand shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i;
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari;
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

❗️Qabul kuni: haftaning juma kunlari 9:00 dan 13:00 gacha

👉 Boshqarma boshlig‘ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo‘lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o‘z taklif va murojaatlarini yo‘llashlari mumkin: @sammmtb_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yangi_yil_bayrami

Bayram shodiyonalari davom etmoqda


Bugun poytaxtimizda joylashgan A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli va 30-sonli Mehribonlik uylari hamda Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.

🔹Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi hamda bolajonlarni kirib kelgan yangi yil bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir doirasida tashkilotchilar tomonidan namoyish etilgan bayram dasturi, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va bayram sovg‘alari bolajonlarga katta quvonch bag‘ishladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram