Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.9K subscribers
21.2K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Xudaykulov Sherzod Uktamovich – Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1989-yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tavallud topgan.

Bunga qadar turli yillarda:

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi innovatsion markazi laboranti,

Toshkent yuridik kollejining ingliz tili fani o‘qituvchisi,

“LINGVO EXPRESS” nodavlat taʼlim muassasasi direktori va ingliz tili fani o‘qituvchisi,

Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi “Innovatsiya, texnologiya, strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi,

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi,

Prezident taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlarni tanlab olish va olimpiadalarni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i,

Guliston shahridagi Prezident maktabi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning payshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: https://t.iss.one/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Миллий_таълим

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Boshqarma boshlig'i Umid Rahmonov "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Milliy ta'lim" ko'rsatuviga intervyu berdi.

❗️Unda olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish, o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda joriy yilda erishilgan yutuqlar haqida so'z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Faxrimiz

🔴 Ayni damda Dubayda Boks bo’yicha "Osiyo bolalari xalqaro turniri" o’tkazilmoqda.

❗️Unda Andijon tumani 54-maktab o’quvchilari:

Islombek Abdullayev,
Abrorbek Hodjayev,
Rahmatillo Qahhorjonov,
Abdurashid Abdufattoyev 1-o’rinni qo'lga kiritishdi.

⚡️O’quvchilarimizni g’alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi o’qishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 3-10-yanvar kunlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

🔴Ayni vaqtda olimpiada musobaqalarida maktablarning 5- va 8-sinf o‘quvchilari o‘zlariga tegishli fanlar doirasida ishtirok etmoqda. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

⚡️Onlayn olimpiadalar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar davom etadi. Uning natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini ishtirokchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣 Aziz ota-onalar!

Farzandingiz maktab darslarini o‘zlashtirishga qiynalyaptimi? Yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlar asosida ularni yanada yaxshiroq o‘qishlarini istaysizmi?

👉 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktab.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting hamda saytdagi mavjud videodarslarni tomosha qiling.

❗️Maktab.uz platfromasidagi videodarslardan foydalanish mutlaqo bepul!

🖥 Saytdagi materiallardan o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin.

Maktab.uz platformasidagi videodarslar orqali maktab o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular yangicha va qiziqarli usulda yoritib berilgan. Shuningdek, bolalar platforma orqali dasturlash, grafik dizayn, robototexnika kabi bugungi kun talablariga mos kasblarni ham o‘rganishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⭕️⭕️⭕️⭕️

RESPUBLIKA BOʻYLAB “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TASHKIL ETILADI

BIZ BOSHLADIK!

🔵Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qiladi.

⚡️⚡️Festivalning ilk manzili Namangan viloyati!

⌨️Namanganda festival quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san`at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

⚠️ Diqqat! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋MUSOBAQADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI

1️⃣ Bunda, Toshkent viloyatidagi belgilangan umumta'lim maktab o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣O‘z uyingizda, ochiq maydonlarda, sport zallarda futbol to‘pi bilan bajargan jonglyorlik harakatlari yoki shaxmat o‘yin jarayonlarini videotasvirga oling.

3️⃣ Bajarilgan eng yaxshi futbol haraktlarini yoki shaxmat o‘yin jarayonlari tasvirlangan videoroliklarni 2024-yilning 9-yanvarigacha t.iss.one/YOSHLIK_MK manziliga yuboring.📤

❗️Batafsil quyida tanishishingiz mumkin!


👉Futbol (jonglyor) bo‘yicha musobaqa Nizomi va belgilangan maktablar ro‘yxati

👉
Shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa Nizomi va belgilangan maktablar ro‘yxati

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Telegram | Instagram |Facebook | Youtube
📣 Bugun onlayn olimpiada bahslarida 6-, 9-sinf o‘quvchilari qatnashadi

🔴 Joriy yilning 3-yanvaridan boshlangan hamda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari davom etmoqda.

🔹Belgilangan tartibga ko‘ra, bugun umumta’lim maktablarining 6-, 9-sinf o‘quvchilari tegishli fanlar doirasida ushbu bahslarda ishtirok etmoqda. Olimpiada jarayonlari soat 19:00 ga qadar davom etadi.

❗️Onlayn olimpiada bahslari bilan batafsil olympiad.uzedu.uz manzilida tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

2023-yil davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida amalga oshirilgan ishlar va qo'lga kiritilgan yutuqlar "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Sarhisob" ko'rsatuvida.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
⚠️ Гаджетларга қарамлик: фалокатли оқибатлар олдини олайлик!

Гаджетларга қарамлик – ахборот технологиялари сония сайин ривожланиб бораётган даврда янги тушунча эмас.

Аввало, бу қарамликнинг симптомларини сизда бор-йўқлигини аниқлаймиз.

Кейин эса унинг ортга қайтариб бўлмас "излари" ҳамда қарамликдан халос бўлиш йўллари ва кутилажак натижалар билан танишамиз.

➡️ Батафсил инфографикада

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishki taʼtilda dunyoqarashingizni boyituvchi videolarni tomosha qiling!

❄️Aziz bolajonlar! Qishki taʼtil kunlaringiz maroqli o‘tishi uchun har bir daqiqangizdan unumli foydalaning. Misol uchun, Edukids sahifalaridan o‘rin olgan qiziqarli videolarni tomosha qilishni tavsiya etamiz.

💻Quyida Siz uchun
Xotirangizni mustahkamlovchi
Aqlingizni charxlovchi
Dunyoqarashingizni boyituvchi
videolarni eʼtiboringizga havola etmamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#7_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "IV-VII asrlarda Xorazm" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda Xorazmdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar aks ettiriladi.

Davomi bor...
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun mahorat darslari bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun o'quv yig'ini tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo'mondoni o'rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etishdi va seminar ishida omad tilashdi.

Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilarini bilim va malakasini oshirish, jangovor shayligini sinovdan oʻtkazish va vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishdan iborat.

📍 Ma'lumot uchun: mashg'ulotlar 5 kun davom etadi, ishtirokchilar uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga” ekskursiyalar ham tashkil etish rejalashtirilgan.

✔️"Temurbeklar maktabida" bo'lib o'tayotgan ushbu o'quv yig'inida Respublikamiz bo'ylab 56 nafar CHQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Kelgusida ular o'z hududlaridagi ustozlar uchun o'quv-yig'inlarini tashkil etishlari ko'zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM