Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.3K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Sarhisob

HILOLA UMAROVA: “O'TGAN YIL DAVOMIDA ERISHGAN BARCHA YUTUQLARIMIZDA SOHA FIDOYILARINING O'RNI BEQIYOS”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.

Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi


🖥 Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – " Преподавание языка и литературы " – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.

👏 Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#xavfsiz_yangiyil

Xavfsiz yangi yil uchun nimalarni yodda tutish va rioya qilish lozim?

👉 Batafsil infografikada.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Suyarova Sanobar Zarfullayevna —Jizzax  viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1975-yilda Jizzax  viloyati, G'allaorol  tumanida tug’ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Jizzax shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi yoshlar yetakchisi,

Jizzax viloyati“Umid” maktab-internati Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari,

  Jizzax viloyati “Umid” maktab-internati  direktori;

Jizzax shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Sanobar Suyarova shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator.

❗️Qabul kuni: haftaning chorshanba  kunlari 09:00 dan 11:00 gacha va juma  kunlari 09:00 dan 11:00 gacha

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin:  https://t.iss.one/JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴Prezident archasi” bayram tadbiri boshlandi

❄️ Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan "Yangi yil ertaklari" mavzusidagi “Prezident archasi” tadbirining dastlabki seans dasturlariga start berildi.
 
❗️ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etmoqda.

⚡️ Mazkur bayram tadbiri Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun tashkil etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Aziz bolajonlar!

Qishki taʼtil kunlari — kitob o‘qish uchun eng yaxshi imkoniyat!

Aynan Siz uchun tajribali mutaxassislar tomonidan qiziqarli kitoblar ro‘yxati tayyorlandi.

Tavsiya etilayotgan kitoblarning har biri o‘zgacha! Mutolaa jarayonida o‘z qahramoningiz bilan suhbatlashish hamda kelajak rejalaringizni qanday tuzishni o‘ylab olish imkoni bo‘ladi!

Qishki taʼtilni maroqli va sermazmun o‘tkazing!!!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Zokirov Oybek Oxundeda o‘g‘li — Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1990 - yilda Namangan viloyati, Chortoq tumanida tug‘ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Namangan shahridagi Prezident maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,
Prezident ta’lim muassasalari agentligining Namangan viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i,
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan masalalar muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

❗️ Qabul kuni: haftaning dushanba kunlari 9:00 dan 11:00 gacha.

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin:  @Nam_VMMTB_murojat_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Joriy yilda O’zbekiston terma jamoasi tomonidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda jami 13 ta medal qo’lga kiritildi.

5 ta nufuzli xalqaro olimpiada o’quvchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medal sohibi bo’lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Zamin Foundation
Yangi yil oldi tayyorgarlik harakatida "Mehrli maktab" o‘quvchilari ham bayramga hozirlik ko‘rdilar. Bayram musiqasi sadolari ostida archani bezatib, tabriknomalar chizdilar, kelajakdagi orzu-niyatlarini ko‘ngillariga tugib qo‘ydilar.

"Mehrli maktab" o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan tabriknomalar "Zamin" jamg‘armasi loyihalari ishtirokchilarining qo‘llariga yetib borgach, ular bolajonlar chizgan rasmlarni yangicha qiyofada gavdalantirishga qaror qildilar.

Barcha ijodga sho‘ng‘ib, loydan g‘aroyib shakllarni hosil qilishni boshladilar. O‘yinchoqlar tayyor bo‘lgach, ularni bezashga o‘tildi. Qizg‘in jarayonga Ziroat Mirziyoyeva ham mamnuniyat bilan qo‘shildi. Hamma katta stol atrofida yig‘ilishib, o‘zlarining birinchi yangi yil o‘yinchoqlarini yorqin ranglar bilan bo‘yadilar. Mo‘jizalarga ishonch ruhi hukmron betakror bayramona muhit paydo bo‘ldi. Zero, hayotimizdagi barcha mo‘jizalar mehrli qalblar tufaylidir.

В предновогодней суете ученики Mehrli Maktab готовились к празднику. Наряжали ёлку под новогоднюю музыку, рисовали открытки, загадывали желания.

А когда поздравительные открытки, подготовленные учениками Mehrli Maktab, получили участники проектов Фонда Zamin, они решили воплотить рисунки ребят в новом образе.

Придав тёплой, податливой глине причудливые формы, все погрузились в процесс творчества. После того, как игрушки были сделаны, ребята начали их красить. К увлекательному занятию с радостью присоединилась Зироат Мирзиёева. Собравшись за большим столом, все вместе стали наносить кисточками яркие краски, чтобы создать свои первые новогодние игрушки. Возникла невероятная праздничная атмосфера, где каждый верит в чудо. Ведь именно тепло человеческих сердец творит все чудеса в нашей жизни.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube