Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
125K subscribers
21.5K photos
6.04K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
December 26, 2023
December 26, 2023
December 26, 2023
December 26, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчилар_қурултойи

TOSHKENT VILOYATI: SOHANI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR 200 GA YAQIN TAKLIFLAR BILDIRILDI
 

Bugun Toshkent viloyatida “Ustoz – ta’lim bunyodkori” shiori ostida  “O‘qituvchilar qurultoyi”ning viloyat bosqichi tashkil etildi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev ochib berib, tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.

❗️Tadbirda, shuningdek, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan samarali ishlar, erishilgan yutuqlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

⚡️Qurultoy davomida ishtirokchilar tomonidan sohani yanada isloh etish yuzasidan 200 ga yaqin takliflar bildirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida bir guruh faol, tashabbuskor va fidoyi o‘qituvchilarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“O’qituvchilar qurultoyi” doirasida kunning birinchi yarmida ustozlar uchun seminar- treninglar ham tashkil etildi.

Shoʻbalarda xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan:

ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida o‘qitish metodikalari,
o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash,
o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan ta’lim,
mavjud muammolar va ularni yechimi bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 26, 2023
December 27, 2023