Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
“Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarining 3-qabuli uchun mashg‘ulotlar yakunlandi. Nukus, Qarshi, Andijon va Toshkentlik bolalar o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish, o‘rganganlarini namoyish etish uchun ota-onalari va do‘stlarini taklif qilishdi. Bir necha oy davomida ular mediasavodxonlik, dizayn va teatr san’ati asoslarini o‘rganishdi. Videolavhalar yaratish, 3D formatda dizayn loyihalarini ishlab chiqish va sahnada chiqish qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.

"Yolg‘iz kemacha", "Kichkina farishta", "Yerning orzulari", "Imkoniyat". Bitiruvchilarimizning teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari shunday nomlanadi... Ularga yana bir bor e’tibor qaratsangiz, “Zamin Creative” loyihasining asosiy maqsadi — bola orzusini ro‘yobga chiqarish uchun birlashish va imkoniyatlar yaratish haqida qisqacha hikoyani o‘qigandek bo‘lasiz.

“Zamin Creative” studiyasiga 4-qabul yanvar oyida boshlanadi.

Завершились занятия 3-го набора в инклюзивных творческих студиях Zamin Creative. Ребята из Нукуса, Карши, Андижана и Ташкента пригласили своих родителей, и друзей, чтобы поделиться своими достижениями и показать, чему они научились. В течении нескольких месяцев ребята изучали основы медиа-грамотности, дизайна и театрального искусства. Они учились создавать видеоролики, разрабатывать дизайнерские проекты в 3D и выступать на сцене.

«Одинокий кораблик». «Маленький ангел». «Мечты земли». «Возможность». Это названия театральных постановок наших выпускников… А если взглянуть на них ещё раз, то получится короткий рассказ о главной цели проекта Zamin Creative — объединиться и создать возможности для воплощения детской мечты.

4-й набор в студию Zamin Creative начнётся уже в январе.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️500 ta maktabda yangi baholash imtihonlari o‘tkazildi. Yangi tizimning afzalliklari nimada?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur maktab o‘quvchilarining ikkinchi chorak yakuniy bilimlari yangi baholash tizimi orqali sinaldi.

🔴 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.

🔹Bunda o‘quvchilar choraklik davomida olgan bilimlarini tegishli fanlarga oid berilgan test savollariga to‘g‘ri javobni belgilash orqali sinovdan o‘tkazdi. Maktablarga test savollari kitobchalari va javoblar varag‘i to‘liq yetkazib berildi.

🔹Imtihon jarayonlari vazirlik hamda sohadagi tegishli mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi.

❗️Ma’lumot uchun: yangi baholash tizimi ikki turga — summativ va formativ baholash tizimiga bo‘linadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1410

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Karimov Rasuljon Rafiq o’g’li —Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1992-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug’ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tashkiliy-kadrlar va axborot-taxlil bo‘limi mudiri, Toshkent shahar Kengashi apparati jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mudiri,
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kreditlash va investision faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, kichik biznesni kreditlash va mikrokreditlash bo‘limi mutaxassisi,
Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘lim mudiri, “Harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish” bo‘limi bosh mutaxassisi va “Kamalak” bolalar tashkiloti bo‘limi bosh mutaxassisi,
Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi,
Andijon shahridagi Prezident maktabi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi Andijon viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning dushanba kuni, soat 15:00 dan 17:00 gacha.

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: https://t.iss.one/Murojaatlar_robot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yurtimiz maktablarida Yangi yil bayrami o‘tkazilmoqda

Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 219-umumtaʼlim maktabida Yangi yil bayrami bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida maktab jamoasi va o‘quvchilar faol ishtirok etdi. Ertak qahramonlari va o'quvchilar quvnoq musiqalarga raqsga tushib, qo'shiq aytdi.

Tadbirga Qorbobo va Qorqizning tashrifi bayramga yana-da fayz kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram