Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
“Nurli maskan” maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha “Nurli maskan” maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi tashkil etildi.

Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va “Zakovat intellektual klubi” NTT bilan hamkorlikda o‘tkazilgan turnirdan maqsad, o‘quvchilarni intellektual salohiyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida mantiqiy fikrlashni shakllantirish, masalaga jamoa bo‘lib javob topish ko‘nikmalarga o‘rgatish hamda tengdoshlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatishdan iboratdir.

Musobaqaning Respublika bosqichida hududiy sinovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan respublikadagi 17 ta jamoadsn 102 nafar (har jamoada 6 nafardan) o‘quvchi qatnashdi.

✔️Musobaqa Nizomiga ko‘ra, jamoalar 3 ta bosqichda bahs olib borishdi va har bir bosqichda 10 tadan jami 30 ta savolga javob berishdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahs yakuniga ko‘ra:

🥇1-o‘rin — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Nurli maskan” maktab-internati;

🥈 2-o‘rin — Navoiy viloyatidagi “Nurli maskan” maktab-internati;

🥉3-o‘rin — Jizzax viloyatidagi “Nurli maskan” maktab-internatiga nasib etdi.

⚡️G‘oliblar turnir tashkilotchilari tomonidan pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#live

🔴Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “O‘quvchilar va yosh o‘qituvchilar forumi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokidagi “Vazir va yoshlar” uchrashuvi boshlandi.

❗️Unda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat hamda sohaning eng yetuk yosh pedagoglari va o‘quvchilar ishtirok etishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Vazir Hilola Umarova tizimdagi faol va yosh o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan qator savollar, jumladan:

yoshlarning vazir bo‘lish uchun inson qanday xislatlarga ega bo‘lish kerakligi;
soha rahbari sifatida tizimda qanday o‘zgarishlarni amalga oshirgani;
kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalarning eng muhim uchtasi qaysilar ekanligi;
joriy yilda amaliyotga joriy etilgan yangi baholash tizimining o‘ziga xos jihatlari;
maktab bitiruv baholarining oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi ta’siri
to‘g‘risidagi ko‘plab savollarga batafsil javob berib o‘tdi.

👏 Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilari, qator musobaqa va turnirlar g‘oliblari vazirlikning maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Ma'lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan Toshkent shahridagi 41 nafar, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 146 nafar yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yoshlarning ko‘plab muammolariga ijobiy yechim topilgan.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1403

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчилар_қурултойи

NAVOIY: "O'QITUVCHILAR QURULTOYI" DOIRASIDA USTOZLAR YANGI BILIM VA KO'NIKMALARGA EGA BO'LISHDI

Bugun Navoiy viloyatida "Ustoz - taʼlim bunyodkori" shiori ostida "O‘qituvchilar qurultoyi" bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati, viloyat hokimligi, shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va faxriy ustozlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ochib berib, tizimda erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi hamda trening ishida barchaga omad tiladi.

Qurultoy doirasidagi uchrashuvlarda 300 nafardan ortiq o‘qituvchi va ustozlar boshlang‘ich taʼlim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha har bir tuman va shahardan fanlar kesimida ishtirok etdi.

❗️
Tadbir doirasida tashkil etilgan treninglarda sho‘balarda:

xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida o‘qitish metodikalari,
o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash,
o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish,
loyihaga asoslangan taʼlim, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.


⚡️Qurultoy so‘ngida bir guruh faol, tashabbuskor, fidoyi o‘qituvchilar "Xalq taʼlimi aʼlochisi", shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tashakkurnomasi hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin" fondi, QR Jo‘qorg‘i Kengesi, MMTV, SSV, "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan YUNISEF ko‘magida amalga oshirilayotgan "Toza ichimlik suvi" qo‘shma loyihasi davom etmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichida 180 ta maktabda suv tayyorlash uskunalarini o‘rnatish orqali ichimlik suvi sifatini oshirish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan maktablar soni 280 taga yetkaziladi. Bu mintaqada sifatli suvdan bahramand bo‘lish bilan bog‘liq vaziyatni ancha yaxshilaydi va bolalarning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qiladi.

Реализация совместного проекта «Чистая питьевая вода» Фонда Zamin, Жокаргы Кенеса РК, МДШО, Минздрава, АО «Узсувтаъминот» при поддержке ЮНИСЕФ продолжается.

На первом этапе проекта предусматривается повышение качества питьевой воды в 180 школах путем установки оборудования водоподготовки. На втором этапе количество школ, обеспеченных чистой питьевой водой, будет увеличено до 280. Это значительно улучшит ситуацию с доступом к качественной воде в регионе и будет способствовать здоровому развитию детей.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube