Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.3K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️Ingliz tili o‘qituvchilarining professional darajasini oshirish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

❗️Kurs Britaniya Kengashining "Online Teacher Community" platformasida 10 hafta davom etadi.

Mazkur kasbiy rivojlanish dasturi orqali:
o‘qitish darajangizni oshirish,
hamkasblar bilan tajriba almashish,
darslar uchun haftasiga taxminan 3 soat ajratish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


O‘qituvchilik faoliyatingizni yangi cho'qqilarga olib chiqishga tayyormisiz? Unda ushbu loyiha aynan siz uchun!

👉 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉 Batafsil

🕔 Ro‘yxatdan o‘tish 2023-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.
___________

⚡️Exciting Professional Development Opportunity for English Teachers!


The British Council, in partnership with the A. Avloniy Research Institute, cordially invites English teachers from the schools to join our 10-week professional development course.

This program is hosted on the British Council's Online Teacher Community platform.

What to expect:
Elevate your teaching skills
Share your expertise with fellow educators
Dedicate about 3 hours per week for studying


❗️Ready to take your teaching career to new heights?
Click the link below to discover more details, apply, and secure your spot today!

👉 Register
👉 More information

🕔 Application deadline is 31 December, 2023.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toʻgarak aʼzolarimizdan navbatdagi XALQARO GʻALABA

🌎Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahrida sportning shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tdi.

🔵Ushbu musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

🏆Bunda, Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Shaxmat” toʻgaragi aʼzosi Umida Omonova faxrli 🥇1-o‘rinni egalladi.

🎉
G'oliblikni qo'lga kiritgan Umida Omonovani erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉#Kitobxonlik_festivali

📚“KITOBXONLIK FESTIVALI” NAMANGAN VILOYATIDA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda Muhammadsharif So’fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan joriy yilning 21-dekabr kuni soat 10:00 da o’tkaziladigan “Kitobxonlik festivali” ga taklif etamiz.

🎉Festival doirasida o'tkazilgan quyidagi ko‘rik-tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi:

“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng faol kutubxonachi”
“Eng kitobxon maktab”

“Eng kitobxon oila”

🎁🛍Festivalda tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilariga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ta’lim yo‘nalishida ham bir qancha topshiriqlar berilgan edi.

Jumladan, xorijlik mutaxassislar tajribasi, o‘qitish metodikasini umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida keng targ‘ib qilish, ular ishtirokida umumta’lim maktablari uchun seminar-treninglar o‘tkazish belgilangan.

Berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida barcha hududlardagi Prezident maktablari va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari o‘rtasida umumta’lim maktablariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar-treninglar reja-grafigi ishlab chiqilgan.

Bugundan boshlab barcha Prezident maktablarining xorijlik o‘qituvchilari ishtirokida belgilangan grafik asosida Prezident maktablari hamda tuman va shaharlardagi umumtaʼlim maktablarida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ўқитувчилар_қурултойи

"O'QITUVCHILAR QURULTOYI": USTOZ – TA'LIM BUNYODKORI

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Respublikamiz bo'ylab 20-26-dekabr kunlari “O‘qituvchilar qurultoyi”ning viloyat bosqichi tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat.

🔰 Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati, viloyat hokimliklari, shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Loyiha doirasidagi shoʻba ishlari boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlarida quyidagi mavzularda tashkil etilmoqda:

o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish;
loyihaga asoslangan ta’lim;
aniq va tabiiy fanlarni qanday sifatli o‘qitamiz? 21 asrda sifatli o‘qitishning asosiy tamoyillari.


🔴 Ayni paytda Samarqand shahrida qurultoy doirasidagi trening mashg’ulotlari bo'lib o'tmoqda.

✔️ Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ochib berib, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar haqida so'z yuritdi hamda trening ishida omad tiladi.

“Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan qurultoy doirasida ochiq muloqot ham tashkil etiladi. Unda har bir tumandan fanlar kesimida 5 nafardan umumiy 535 nafar ustozlar ishtirok etishadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda Prezidentimiz 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

❗️ Shu munosabat bilan mutasaddilarga “maktab – tuman – viloyat – respublika” bosqichida tanlovlar o‘tkazib, 5-8 sinf o‘quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.

⚡️ IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o‘quvchilar bo‘lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilib kelayotgan soha vakillari rag‘batlantirildi

Bugun, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘lida qo‘shgan hissalari uchun O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati mutasaddilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev qatnashib, yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida turli ommaviy sport tadbirlarini muntazam tashkil etib kelayotgan soha vakillarini samimiy tabrikladi.

Taqdirlash marosimi yosh sportchilarning chiqishlari bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram