Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
22K photos
6.12K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bilan tanishing

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab olgani haqida xabar bergandik.

Bugungi kunda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar o‘quvchi bilan kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Kitob tayyor holatga kelganida “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan birgalikda o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etiladi.

Saralab olingan 100 nafar iqtidorli maktab o‘quvchilari ro‘yxati bilan tanishing.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

Xorijlik ekspert ishtirokida korrupsiyaga qarshi darslar bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Qatar davlatining taklifiga binoan "Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollik darslari" tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar xorijiy mutaxassis Robtel Nedjai Peyli tomonidan Toshkent shahridagi 5- va 190-maktablarda o‘tkazildi va unda muallifning bolalar uchun antikorrupsiyaga bag‘ishlangan "Gbagba and Jaadeh!" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot doirasida o‘quvchilarga kitob haqida qisqacha ma’lumot berilib, korrupsiyaning jamiyat va davlat hayotiga zarari, ushbu illatning oldini olish va uning turmushimiz va kelajakka salbiy ta’siri haqida so‘z bordi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida: "Gbagba and Jaadeh!" kitobi taqdimoti bugunga qadar dunyoning 15 ta davlatida tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Barkamol_avlod

Abdulaziz Mirahmedov: "Mening qurilmam quyosh paneliga tushgan qor va changlarni avtomatik tarzda tozalaydi”

Shayxontohur tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Robototexnika” toʻgaragi o'quvchilaridan biri Abdulaziz Mirahmedov hozirga qadar ko'plab tanlovlar hamda loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.

Xususan, o'quvchimiz:

Turkiyaning Anqara shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro turk dunyo fan va madaniyat festivalida 1-oʻrin
Singapurda boʻlib oʻtgan “First Global Challenge - 2023” robototexnika musobaqasida 3-oʻrinni egallagan.

❗️Abdulaziz toʻgarak mashgʻuloti jarayonida oʻnlab ixtiro yaratgan boʻlib, ular ichidan eng mashhuri “Aqlli quyosh paneli loyihasi”.

⚡️Bu ixtironing boshqa quyosh panellaridan farqi quyosh paneliga tushgan qor va changlarni avtomatik tarzda tozalashi evaziga quyoshdan olinadigan tokni 25 foizgacha koʻpaytiradi.

Ahamiyatli tomoni, Abdulaziz ushbu ixtirosi uchun mualliflik huququni ham qoʻlga kiritigan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish uchun sharoitlarni yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidagi tegishli masalalar bilan bir qatorda, tez o‘sib borayotgan xususiy ta’lim sohasi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish uchun tadbirkorlarga aholiga yaqin, kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoni bor joylardan yer berish mumkinligi ta’kidlandi.

❗️Shu bois mutasaddilarga bo‘sh yerlarni aniqlab, xususiy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun faqat ixtisosligi bo‘yicha auksionga chiqarish topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Ingliz tili o‘qituvchilarining professional darajasini oshirish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

❗️Kurs Britaniya Kengashining "Online Teacher Community" platformasida 10 hafta davom etadi.

Mazkur kasbiy rivojlanish dasturi orqali:
o‘qitish darajangizni oshirish,
hamkasblar bilan tajriba almashish,
darslar uchun haftasiga taxminan 3 soat ajratish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


O‘qituvchilik faoliyatingizni yangi cho'qqilarga olib chiqishga tayyormisiz? Unda ushbu loyiha aynan siz uchun!

👉 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉 Batafsil

🕔 Ro‘yxatdan o‘tish 2023-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.
___________

⚡️Exciting Professional Development Opportunity for English Teachers!


The British Council, in partnership with the A. Avloniy Research Institute, cordially invites English teachers from the schools to join our 10-week professional development course.

This program is hosted on the British Council's Online Teacher Community platform.

What to expect:
Elevate your teaching skills
Share your expertise with fellow educators
Dedicate about 3 hours per week for studying


❗️Ready to take your teaching career to new heights?
Click the link below to discover more details, apply, and secure your spot today!

👉 Register
👉 More information

🕔 Application deadline is 31 December, 2023.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toʻgarak aʼzolarimizdan navbatdagi XALQARO GʻALABA

🌎Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahrida sportning shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tdi.

🔵Ushbu musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

🏆Bunda, Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Shaxmat” toʻgaragi aʼzosi Umida Omonova faxrli 🥇1-o‘rinni egalladi.

🎉
G'oliblikni qo'lga kiritgan Umida Omonovani erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉#Kitobxonlik_festivali

📚“KITOBXONLIK FESTIVALI” NAMANGAN VILOYATIDA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda Muhammadsharif So’fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan joriy yilning 21-dekabr kuni soat 10:00 da o’tkaziladigan “Kitobxonlik festivali” ga taklif etamiz.

🎉Festival doirasida o'tkazilgan quyidagi ko‘rik-tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi:

“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng faol kutubxonachi”
“Eng kitobxon maktab”

“Eng kitobxon oila”

🎁🛍Festivalda tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilariga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ta’lim yo‘nalishida ham bir qancha topshiriqlar berilgan edi.

Jumladan, xorijlik mutaxassislar tajribasi, o‘qitish metodikasini umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida keng targ‘ib qilish, ular ishtirokida umumta’lim maktablari uchun seminar-treninglar o‘tkazish belgilangan.

Berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida barcha hududlardagi Prezident maktablari va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari o‘rtasida umumta’lim maktablariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar-treninglar reja-grafigi ishlab chiqilgan.

Bugundan boshlab barcha Prezident maktablarining xorijlik o‘qituvchilari ishtirokida belgilangan grafik asosida Prezident maktablari hamda tuman va shaharlardagi umumtaʼlim maktablarida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube