Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
22K photos
6.11K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angliya_taassurotlari

🗺Termiz shahridagi Prezident maktabi direktori G‘afur Tog‘ayev "Mening yurtim" telekanalining "Omon-omon" dasturi mehmoni bo‘lib, Buyuk Britaniya taʼlim tashkilotlari bilan o‘zaro tajriba almashish taassurotlari bilan bo‘lishdi.

📆Maʼlumot uchun, shu yilning 19-noyabr – 2-dekabr kunlari maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida malaka oshirib qaytishgandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faxrimiz

BUXOROLIK 4-SINF O‘QUVCHISI KOREYS TILINI BILISH DARAJASINI BAHOLOVCHI XALQARO SERTIFIKATNI QO‘LGA KIRITDI

Sevara Tursunova Buxoro shahridagi 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfida tahsil oladi.

Barcha fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirish bilan bir qatorda darsdan so‘ng ingliz va koreys tillarini chuqur o‘zlashtirishga kirishgan bu tirishqoq qizaloq 10 yoshida koreys tilini bilish darajasini belgilovchi TOPIK 1 sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda u ingliz tilini bilish darajasini baholovchi IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-13-2


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir Anglashuv memorandumi imzolandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Koreya ilm-fan va ijod jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Asosiy maqsad, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tomonlar o‘rtasidagi loyihalarni amalga oshirish tizimini samarali tashkil etishdan iboratdir.

Shuningdek, STEM sohasini rivojlantirish, tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yish, tomonlarning mavjud muammolarini hamkorlikda hal qilish nazarda tutiladi.

Uchrashuv doirasida qator yo‘nalishlar, jumladan:

iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularni xalqaro va mintaqaviy fan olimpiada (STEM fanlaridan)lari va musobaqalarga tayyorlash;

STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida qisqa va uzoq muddatli almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

o‘zaro ma’lumotlar almashish uchun qisqa muddatli treninglar tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan singapurlik mutaxassislar bilan tabiiy va matematika fanlari yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvdan videolavha
.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Norwich instituti direktori maktab direktorlari va o‘qituvchilar uchun trening o‘tmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad, o'qituvchilarning maktab rahbarlari bilan birgalikda uzluksiz kasbiy rivojlanishlarini ta'minlashdan iborat.

❗️60 ga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan mazkur trening jarayonlari mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Norwich instituti direktori Tom Kiddl tomonidan olib borilmoqda.

🔗 Seminarda maktabni ustozlar hamda direktorlar o‘z ustida ishlaydigan maskanga aylantirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida kasbiy rivojlanish uchun ustozlarga vaqt va resurs markazlari lozimligi haqida so‘z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Директорлар_кенгаши

Maktab ta’limiga doir muhim islohotlardan biri sifatida joylarda “Direktorlar kengashi” tashkil etilayotganligidan xabaringiz bor. Uning maktab boshqaruvini tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati nimalardan iborat? Kengash faoliyatining direktorlarni tanlash va malakasini oshirishdagi vakolati qaysi mezonlarda aks etadi?

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbоsari Hasanxon Husanovning “Madaniyat va ma’rifat” telekanali muxbiri savollariga bergan javobida bu jihatlarga alohida e’tibor berilgan.

Shuningdek, muloqot davomida:

“Direktorlar kengashi”ni tashkil etishdan maqsad nima, bunga qaysi zaruratlar asos bo‘lmoqda;

“Direktorlar kengashi”ning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Unga maktablar boshqaruvini tashkil etishda qanday vakolatlar berilmoqda;

Kengash a’zolari qaysi mezonlarga asosan tanlanadi, tanlov tamoyillari nimalardan iborat;

"Direktorlar kengashi" maktab direktorlariga o‘z faoliyatini tashkil etishda qanday ko‘mak beradi kabi mavzuga doir muhim savollarga atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O‘zbek imo-ishora tili bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-407-son qarori ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbek imo-ishora tiliga asoslangan daktil alifbosini ishlab chiqish, shuningdek xalqaro imo-ishora tilini o‘rgatish hamda imo-ishora tilini va Brayl alifbosini bilish darajasini sertifikatlash tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyati rahbarlari, Innovatsion rivojlanish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Nizomiy nomidagi TDPU hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetlaridan malakali mutaxassislar ishtirok etishdi.

⚡️Yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan qo‘shma qaror imzolanishiga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM