Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
109K subscribers
22K photos
6.12K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xalqaro_tajriba

Xorijiy mutaxassislar bilan tabiiy va matematika fanlari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Bugun matematika va tabiiy fanlar bo'yicha singapurlik mutaxassislar ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Kunning birinchi yarmida tabiiy fanlar bo’yicha, kunning ikkinchi yarmida esa matematika fani bo’yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar o’zaro fikr almashishdi.

Mazkur uchrashuvda xususan:


Singapur davlatining taʼlim tizimi, matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻquv dasturlari, o'qitish metodikasi,
darsliklar va oʻquvchilar bilimini baholash tizimi boʻyicha maʼlumotlar almashinildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari

🗺Dubay shahrida boʻlib oʻtgan “Zayed barqarorlik mukofoti”da kuchli uchlikdan oʻrin Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidaziz Abdujalilov hamda 9-sinf o‘quvchisi Paxlavon Gʻulomovning tadbir haqidagi taassurotlari.

Maʼlumot uchun, ularning yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan eng yaxshi 3 ta loyihadan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angliya_taassurotlari

🗺Termiz shahridagi Prezident maktabi direktori G‘afur Tog‘ayev "Mening yurtim" telekanalining "Omon-omon" dasturi mehmoni bo‘lib, Buyuk Britaniya taʼlim tashkilotlari bilan o‘zaro tajriba almashish taassurotlari bilan bo‘lishdi.

📆Maʼlumot uchun, shu yilning 19-noyabr – 2-dekabr kunlari maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida malaka oshirib qaytishgandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faxrimiz

BUXOROLIK 4-SINF O‘QUVCHISI KOREYS TILINI BILISH DARAJASINI BAHOLOVCHI XALQARO SERTIFIKATNI QO‘LGA KIRITDI

Sevara Tursunova Buxoro shahridagi 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfida tahsil oladi.

Barcha fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirish bilan bir qatorda darsdan so‘ng ingliz va koreys tillarini chuqur o‘zlashtirishga kirishgan bu tirishqoq qizaloq 10 yoshida koreys tilini bilish darajasini belgilovchi TOPIK 1 sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda u ingliz tilini bilish darajasini baholovchi IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-13-2


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir Anglashuv memorandumi imzolandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Koreya ilm-fan va ijod jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Asosiy maqsad, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tomonlar o‘rtasidagi loyihalarni amalga oshirish tizimini samarali tashkil etishdan iboratdir.

Shuningdek, STEM sohasini rivojlantirish, tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yish, tomonlarning mavjud muammolarini hamkorlikda hal qilish nazarda tutiladi.

Uchrashuv doirasida qator yo‘nalishlar, jumladan:

iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularni xalqaro va mintaqaviy fan olimpiada (STEM fanlaridan)lari va musobaqalarga tayyorlash;

STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida qisqa va uzoq muddatli almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

o‘zaro ma’lumotlar almashish uchun qisqa muddatli treninglar tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan singapurlik mutaxassislar bilan tabiiy va matematika fanlari yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvdan videolavha
.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Norwich instituti direktori maktab direktorlari va o‘qituvchilar uchun trening o‘tmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad, o'qituvchilarning maktab rahbarlari bilan birgalikda uzluksiz kasbiy rivojlanishlarini ta'minlashdan iborat.

❗️60 ga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan mazkur trening jarayonlari mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Norwich instituti direktori Tom Kiddl tomonidan olib borilmoqda.

🔗 Seminarda maktabni ustozlar hamda direktorlar o‘z ustida ishlaydigan maskanga aylantirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida kasbiy rivojlanish uchun ustozlarga vaqt va resurs markazlari lozimligi haqida so‘z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM