Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
22K photos
6.11K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
OAV BIZ HAQIMIZDA

✔️ YANGI DAVR - Ўқитувчилар малакаси тажриба синов тариқасида ўрганилмоқда
✔️ mtrkuzofficial - Новости 24 | Объявлены результаты международного исследования PISA 2022 по оценке грамотности школьников
✔️
UzA - Малака оширишнинг янги тизимига бағишланди
✔️ mtrkuzofficial - Webinar held with UNESCO on preschool education
✔️ mtrkuzofficial - Янгиликлар 24 | «Ҳуқуқий-маърифий билимдон» республика олимпиадаси
✔️ mtrkuzofficial - Новости 24 | Новая система по оценке квалификации педагогических кадров
✔️
HUDUD - MY5 TV - O'zbekistonning "PISA 2022" tadqiqotidagi natijalari e'lon qilindi
✔️ HUDUD - MY5 TV - O'zbekistonlik o'quvchilarning loyihasi Dubaydagi tanlovda kuchli uchlikdan joy oldi
✔️ Darakchi.uz - Ўзбекистоннинг PISA 2022 тадқиқотидаги натижалари эълон қилинди
✔️ UzA - Школьники Ташкента посетили Республиканскую детскую библиотеку на бесплатном автобусе
✔️ Oecd.org - Результаты PISA 2022: информационные бюллетени
Узбекистан
✔️ Dunyo.news - Ўзбекистоннинг PISA 2022 тадқиқотидаги натижалари эълон қилинди
✔️ Rasmiy_xabarlar - Ўзбекистоннинг PISA 2022 тадқиқотидаги натижалари эълон қилинди
✔️ Hudud Inform - Бугун қуйидаги фан ўқитувчилари учун диагностика тест жараёнлари бўлиб ўтди
✔️ ZAMON LAVHALAR - BOLALAR KUTUBXONASIGA PRESS-TUR
✔️ Ovoza News - PISA-2022: qanday ma’lumotlar ochiqlandi?
✔️ Daryo.uz - O‘zbekistonda ilk bor “Bolalar sayyohlik bazasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
✔️ UzA - Ўқувчилар саводхонлигини баҳолаш бўйича халқаро PISA-2022 тадқиқоти натижалари эълон қилинди
❗️Diqqat, tanlov

O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va "Kamalak" bolalar tashkiloti hamkorligida 10 dan 20-dekabrga qadar O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishlangan IV Respublika insholar tanloviga start beriladi.

☝️Tanlov ikki yosh toifasi doirasida (onlayn) o‘tkaziladi:
• 10-14 yosh;
• 15-18 yosh.

💰 G‘olib bo‘lgan 1,2, va 3-o‘rin ishtirokchilari pul mukofotlari bilan, nominatsiya g‘oliblari esa televizor bilan taqdirlanadilar.

Tanlov yo’riqnomasi bilan ushbu havola orqali tanishib insholaringizni 👉 @insholarbot'iga yuboring!

Barchangizga omad yor bo‘lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xushxabar

O‘zbekiston terma jamoasi Tailand🇹🇭 davlatida o'tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo'lga kiritdi!

❤️‍🔥Xabaringiz bor, joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o'quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o'tkazildi, unda o'quvchilarimiz eng yaxshi natija qayd etgan davlatlar qatoridan joy olishdi!

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

🥈 Rahimov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - KUMUSH medal;

🥈 Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - KUMUSH medal;

🥈 Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi - KUMUSH medal;

🥉 Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - BRONZA medal;

🥉 Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - BRONZA medal;

🔝19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo'lga kiritilgan edi.

TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang!

Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Angliya

Bir guruh maktab direktorlari “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida bo’lishgani haqida xabar bergandik.

Dastur ishtirokchilari 2 hafta davom etgan loyiha haqida “O’zbekiston 24” telekanalining “Studiya 24” ko’rsatuvida o’z taassurotlari bilan bo’lishishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Madhiya_31_yilligi

10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!
_____
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўзбекистон_тарихи
#4_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Qadimgi Qang‘ va Davan" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda O‘zbekiston tarixining qadimgi davri davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
🗺20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta medalni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi.

📝Ularni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi masʼullari, maktab direktorlari, ota-onalari va yaqinlari kutib olishdi.

🗣Maʼlumot uchun, 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan ushbu olimpiadada oʻquvchilarimiz 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

Ona tili fani o‘qituvchisiman. 27 yildan buyon maktabda dars beraman, 2027-yilda nafaqaga chiqishim kerak. Hozirda malaka toifam oliy, sertifikatim muddati 2026-yilda tugaydi. Shunda men ham 2026-yilda majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli Qarori kuchga kirgan.

Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga muvofiq, jumladan quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar.

Ushbu Nizomning 7-bandida esa "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Siz navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinasiz va Sizning amaldagi toifangiz umrbod saqlanib qolinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

BUXOROLIK O'QUVCHI OSIYO CHEMPIONI BO'LDI

Shofirkon tumandagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Xurshid Qoyirov sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Англия_таассуротлари

Buyuk Britaniya maktablari faoliyati, o‘quvchilari hayotiga oid safar taassurotlarini berishda davom etamiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani 52-sonli umumta'lim maktabi direktori Kaljan Ayimbetovaning bu boradagi fikrlari bilan tanishing:

Angliya maktablari meni har jihatdan hayratlantirdi. Ayniqsa, o‘quvchilarga akademik bilim berishdan tashqari, ularning ijodkorligiga ham alohida e’tibor qaratilar ekan. Masalan, biz borgan maktabda alohida teatr sahnasi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda o‘quvchilar turli sahna ko‘rinishlari yaratishadi va bu orqali san’atga ishtiyoqi bo‘lgan bolalarning iste’dodi maktab davridanoq shakllantirilib boriladi.

Yuqori sinf o'quvchilarining bizdagi tanlov fanlariga o‘xshab biron aniq yo'nalishni tanlashlarida mahalliy biznes talablariga qattiq e‘tibor beriladi.

Maktablarda inklyuziv ta’lim uchun alohida sharoitlar yaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik

Dubayda bo‘lib o‘tayotgan COP28 sammitida O‘zbekiston vakillari faol ishtirok etdi

Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tayotgan BMT xalqaro iqlim sammiti COP28 konferensiyasida o‘zbekistonlik yosh ekologlar faol ishtirok etdi.

⚡️Mazkur konferensiya dunyoning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolarini hal etish sohasidagi eng nufuzli va ahamiyatli tadbir hisoblanadi.

❗️10 kun davomida davlat rahbarlari, turli idora vakillari, mutaxassislar, turli nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan dunyoda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etish yo‘llari muhokama qilinib, bu borada o‘zaro tajriba almashildi.

Anjumanda O‘zbekistondan yosh vakillar ishtirok etib, mamlakatimizda ekologiya bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslarni taqdim etdi.

Jumladan, yurtimizda mazkur sohada maktabgacha ta’lim, maktab va universitetda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berishdi. Butun dunyo miqyosida yoshlarni ushbu tashabbuslarga qo‘shilishga va ekologik madaniyatni targ‘ib qilishda faol bo‘lishga chaqirishdi.

✔️Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda «Zamin» xalqaro jamoat fondi, Yoshlar masalalari agentligi, O‘zbekiston yoshlar assosiatsiyasi mutasaddilari hamda  xalqaro hamkor tashkilotlar UNICEF, FEE vakillari faol ishtirok etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM