Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

2-3-dekabr kunlari Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida ''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa yuqori kayfiyat va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

🏆Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:

🥇-o‘rin — Toshkent shahri;
🥈-o‘rin — Jizzax viloyati;
🥉-o‘rin — Buxoro viloyati jamoalari egalladi.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, ''Yoshlik'' JTSJ Markaziy kengashi mas'ullari tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, medal, ramziy kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўзбекистон_тарихи
#3_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Qadimgi Xorazm" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda O‘zbekiston tarixining qadimgi davri davlatlaridan biri aks ettiriladi.

Davomi bor...

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tong yulduzi” gazetasi tahririyati inson huquqlari targ’ibotidagi faoliyati uchun taqdirlandi

Bugun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

❗️Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi va 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan e’lon qilingan "Inson huquqlari o‘n kunligi" doirasida o‘tkazildi.

Unda 5 ta nominatsiya bo’yicha 16 nafar nomzod “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga munosib deb topildi.

⚡️Xususan, inson huquqlari targ‘iboti bo‘yicha faoliyati uchun “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

✔️Gazeta tahririyatini ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

DIAGNOSTIKA JARAYONLARI TO'G'RISIDA MA'LUMOT


Joriy yilning 4-dekabr kuni tashkil etilgan Diagnostika test jarayonlarida Ona tili va adabiyoti fanidan 36362 nafar o'qituvchidan 29402 nafari qatnashdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimining tajriba-sinov jarayonlariga start berildi.

Bugun ushbu jarayonlar Toshkent shahridagi maktab o’qituvchilari uchun bo’lib o’tadi.

❗️Test sinovlarining 1-smenasi soat 11:00 da boshlandi.

2-smena jarayonlari soat 14:00 da o’tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️Ma’lumot uchun: mazkur yangi tizim xorijiy mamlakatlar, xususan Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur kabi davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari eʼlon qilinmoqda

🔴 Ayni damda PISA 2022 tadqiqoti natijalarining xalqaro darajada eʼlon qilinishi munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Jahon banki va OEСD tashkiloti hamkorligida xalqaro ekspertlar, vazirliklar va idoralar vakillari ishtirokida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o'tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PRESS TUR: SURXONDARYO VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida joylashgan viloyat bolalar kutubxonasiga navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Unda keng jamoatchilik vakillari, jurnalist va blogerlar bolalar kutubxonasida yaratilgan sharoit va qulayliklar, kitob fondi bilan tanishib, kitobxon o'quvchilar bilan suhbatlashishdi.

Bugungi kunda viloyat bolalar kutubxonasining umumiy kitob fondi 104 ming 544 nusxa. Viloyat boʼyicha umumtaʼlim maktab kutubxonalarining umumiy kitob fondi 1 million 190 ming 441 nusxani tashkil qiladi.

Press-tur davomida ishtirokchilar viloyatda kitobxonlikni ommalashtirish bo'yicha o'zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Telegram🎞You tube📱Facebook Instagram 🌐Web site
Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda

Xabar qilinganidek, bugun kunning ikkinchi yarmida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazishga doir navbatdagi test jarayonlari o‘tkazildi.

📍Unda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 250 nafarga yaqin maktab o‘qituvchilari onlayn shaklda jami 25 ta fandan va 2 ta variantda shakllantirilgan test sinovlarini topshirishdi. Ya’ni, sinov jarayonlari 40 ta mutaxassislik fanidan hamda 10 ta pedagogik mahoratni aniqlashga xizmat qiluvchi testlardan iborat.

Tajriba-sinov o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 7-dekabriga qadar tanlab olingan tuman va shaharlardagi pedagoglar ishtirokida davom etadi.

Batafsil: 👉 https://uzedu.uz/uz/news/1366

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram