Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.9K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

🏆 “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi doirasida ”Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov so‘zga chiqib, ochib berdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova g‘oliblarni samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirdi.

📌 Raqamli avlod IT haftaligi doirasida hakaton, DG contest va Robototexnika musobaqаlari doimiy o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, yildan-yilga unda ishtirok etayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.

🔁 English

#konferensiya #Microsoft

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun jasur, qalbi pok va irodasi kuchli insonlar kuni. Ular hayotning murakkab sinovlarini yengib, atrofidagilarga ham umid bag‘ishlamoqdalar.

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 90 ta ixtisoslashgan maktab-internatlarda o‘qishda va ishda a’lo natijalar ko‘rsatayotgan 21,4 ming nafar o‘quvchi hamda 9 mingdan ortiq pedagog xodim bor.

Ular hayotning murakkab sinovlariga qaramay o‘qishda va ishda a’lo natijalar ko‘rsatib kelishmoqda.

Mazkur videolavhadagi qahramonimiz — Davron Xidirov. U bolaligida og‘ir xastalikdan so‘ng eshitish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Shunga qaramasdan ota-onasining e’tibori va g‘amxo‘rligi sababli sog‘lom tengdoshlari kabi umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tugatgan.

U maktab davridanoq sportning taekvondo turi bilan muntazam shug‘ullanib kelgan. Bir necha bor Osiyo va Olimpiada o‘yinlari hamda Jahon chempionatlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

✔️Davron Xidirov 2009-yildan buyon o‘zi singari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk bo‘lib voyaga yetishi maqsadida 101-sonli maktab-internatida jismoniy tarbiya fanidan dars berib, “Taekvondo” sport to‘garagiga rahbarlik qiladi. Uning o‘quvchilari ko‘plab xalqaro sport musobaqalarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

⚡️Xususan, 2017-yilda Xitoy Taypeida o‘tgan Osiyo chempionati, Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida bronza medallarini, Bishkekda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 13 ta medalni qo‘lga kiritishgan. Davron va uning o‘quvchilarida bunday yutuqlar juda ko‘p.

Hozirgi kunda shogirdlarini 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati va 2025-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga tayyorlamoqda.
Forwarded from 103-сонли мактаб-интернат (ММИБДЎ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟Har bir insonning baxti, kamoli butun jamiyat ravnaqining garovi, deb qaralayotgan yurtimizda alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor shaxslarga davlatimiz, jamiyatimiz tomonidan alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda.

❇️Kuni kecha 103-sonli maktab-internatida “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Tadbir bayramona ruhda boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan raqs guldastalari, qoʻshiq va sheʻrlar ijro etildi.

🖌Yashnobod tumani 103-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
👉Bizni facebook hamda telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifamizni kuzatib boring!
Оrоlbо‘уi mintaqasini bаrqаrоr rivojlantirishga yo‘naltirilgan dastur vа loyihalarni amalga oshirish doirasida sessiya o‘tkazildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi BMT bilan hamkorlikda “Resurslarni sаfаrbаr qilish va loyiha takliflarni ishlab chiqish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

📍 Tadbir 29-noyabr-1-dekabr kunlari Toshkent viloyatida bo’lib o’tdi.

Unda quyidagi mavzularda taqdimot ishlari tashkil etildi:

Orolbo’yi mintaqasi hududidagi umumta’lim maktablarining infratuzilmasini rivojlantirish,
sanitar holatni barqarorlashtirish,
energa tejamkorlikni oshirish, o’quvchilarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash,
maktab va uning atrofini yashil hududga aylantirish,
umumta’lim maktablarining bo’sh yer maydonlarida issiqxona tashkil etish.

Ishlab chiqilgan loyiha haqida batafsil:
https://prezi.com/i/ymlnlt1r0cdj/

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etgan maktab direktorlariga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir avvalida har bir ishtirokchi o’z ta’lim muassasasini rivojlantirish bo’yicha loyiha ishini taqdimot qildi.

Shundan so’ng, har bir qatnashchi tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.

❗️Shu bilan Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga tashkil etilgan kasbiy rivojlanish dasturi o’z nihoyasiga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Диагностика режа графиги.pdf
329.4 KB
Hurmatli ustozlar!

Xabaringiz bor, joriy yilning 4-dekabr sanasidan diagnostika test jarayonlari boshlanadi.

4-dekabr kuni quyidagi fanlar bo'yicha diagnostika testi o'tkaziladi:

➡️ Ona tili va adabiyoti
➡️ Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➡️ Rus tili (o'zbek va qardosh tillardagi sinflarda)

Hurmatli ustozlar, test jarayonlari boshlangunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi (onlinedu.uz) akkauntlaringizni tekshirib qo'yishingizni so‘raymiz!

Ma'lumot uchun:

🖥 Platformadan foydalanish bo'yicha videoyo'riqnomalar: https://t.iss.one/video_yoriqnoma

🔴Adminlardan tezkor javob olish: @onlinedu_uz_bot

🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🚀 Telegram | 🔵Facebook | ▶️YouTube |  😀 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Avloniy_diagnostika

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida diagnostika testida ishtirok etish bo'yicha video YO'RIQNOMA

➡️Joriy yilning 4-15-dekabr kunlari oʻtkaziladigan diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn  ravishda tashkil etiladi.

⬆️Yuqoridagi video-diagnostika testida ishtirok etish bo'yicha video yo'riqnoma.

🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

😀 Telegram | 🔵Facebook | 🎬YouTube |  📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Men Andijondagi maktabda direktor o'rinbosari bo’lib ishlayman. Joriy yil 4-15-dekabr kunlari diagnostika testlari o'tkazilar ekan. Unda men ham ishtirok etamanmi?

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan o‘qituvchilar 4–15-dekabr kunlari o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshirishadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 540-sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etiladigan diagnostika testlarida quyidagi toifadagi pedagog xodimlar ishtirok etmaydi:

Maktab direktori;

Direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;

Direktorning o'quv-ishlari bo'yicha o'rinbosari;

Shuningdek, boshqa toifadagi rahbar xodimlar;

Maktabda dars berayotgan talabalar;

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari

Tojik, Qozoq, Qirg'iz, va Turkman tili va adabiyoti fani o'qituvchilari.

❗️CHQBT rahbarlari – Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi sifatida ushbu diagnostika testida ishtirok etadi. Shuningdek, maktab amaliyotchi psixologlari ham ushbu testga jalb etiladi.

Maktabning rahbar xodimlari (direktor, direktor o‘rinbosarlari va boshqalar ...) agarda o‘zlarining mutaxassislik fani bo‘yicha dars soatlari mavjud bo‘lganda ular ham amalda dars o‘tadigan fanlari bo‘yicha diagnostikadan o‘tishlari kerak.

📞 Diagnostika jarayonlari haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun 55-508-0667 (1) call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, hududlar kesimida ham Diagnostika bo'yicha savollar uchun mas’ullar biriktirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

2-3-dekabr kunlari Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida ''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa yuqori kayfiyat va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

🏆Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:

🥇-o‘rin — Toshkent shahri;
🥈-o‘rin — Jizzax viloyati;
🥉-o‘rin — Buxoro viloyati jamoalari egalladi.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, ''Yoshlik'' JTSJ Markaziy kengashi mas'ullari tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, medal, ramziy kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram