Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.2K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#RaqamliAvlod #Robotics #ITFest

🔴 Bugun "Raqamli avlod IT Fest" doirasida Respublika robototexnika musobaqasi bo'lib o'tdi.


Unda yurtimiz bo'ylab ushbu sohaga qiziquvchi yoshlar RoboSumo, RoboFutbol va Foydali ixtirolar bo‘yicha o'z kuchlarini sinab ko'rishdi.

✔️Ma'lumot o'rnida: foydali ixtirolar yo'nalishi mazkur an'anaviy IT tadbiri doirasida ilk bora tashkil etilgan bo'lib, unda ishtirokchilar o'zlari ishlab chiqqan innovatsion loyihalarni namoyish etishdi. Ushbu loyihalar hakamlar hay'ati tomonidan bahob borildi.

⚡️ G'oliblarni taqdirlash marosimi 2-dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

🔴 Maktab direktorlarining Portsmutdagi kasbiy rivojlanish dasturlari davom etmoqda.

❗️Ushbu kasbiy rivojlanish dasturi doirasida ishtirokchilar quyidagi ta'lim muassasalarida bo'lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda:

Horndean Technology College,
University Technical College,
Hayling College,
HSDC South Downs College,
Barton Peverill,
Fareham College,
Eastleigh College,
Oaklands Catholic School,
Park Community School.


⚡️ Mazkur dastur joriy yilning 2-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga jo’nab ketdi

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga🇹🇭 yo'l oldi!

Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi.

Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda mazkur fanlardan butun dunyo maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan.

Olimpiadada dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o’quvchi ishtirok etmoqda.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

▶️ Azizbek Erkinov - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

▶️ Daler Raximov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

▶️ Nursulton Ashiraliyev - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

▶️ Murodbek Yuldashev - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi;

▶️ Rahimboy Vaysboyev - Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;

▶️ Javohir Mamadaliyev - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

😄 Bundan oldingi Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 4 ta bronza medalini qo’lga kiritgan.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan

💥Microsoft kompaniyalaridagi eng so‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi ? IT olamining mashhur ekspertlari tajribalarini o‘rganishni-chi?

⚡️Bundan tashqari Microsoft va Amazon kompaniyalarining TOP MUTAXASSISLARI bilan uchrashish hamda AI, CloudComputing va DeveloperTechnoligist aloqador mavzularda o‘z bilimlaringizni oshirishingiz mumkin.

📍 Manzil: Yangi O'zbekiston Universiteti
📅 Sana: 2-dekabr
Soat: 9:00

Ro'yxatdan o'tish uchun: mdcuzbekistan.com

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
100 nafar iqtidorli o‘quvchi “Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol 100 nafar maktab o‘quvchilarini aniqlash maqsadida hujjatlar qabul qilayotgani haqida avvalroq xabar qilgandik.

Eng faol, iqtidorli, zukko, tashabbuskor 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilaridan iborat “Ziyolilar” to‘plami qahramoniga aylanish maqsadida 9314 nafar o‘quvchi ariza topshirgan.

Ushbu to‘plamga kirish istagida bo‘lgan o‘quvchilar anketada o‘zlarining qiziqishlari, yutuqlari hamda boshqa tengdoshlaridan farqi haqida yozishgan. Dastlabki bosqichda 343 ta ariza saralab olinib, bugun ulardan Almanaxga kiradigan 100 nafar o‘quvchi tanlab olindi. Tanlov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi vakillari tomonidan amalga oshirildi.

Saralab olingan o‘quvchilar o'qish va hayotdagi yutuqlari, ko'plab xalqaro tanlovlarda g‘olib bo'lgani, turli volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani, maktab yoshida bo‘lishiga qaramay o'ziga xos fikrga egaligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi.

“Ziyo forum” bilan hamkorlikda hujjat topshirgan o'quvchilarni vazirlik rasmiy sahifalari orqali yoritib borishga kelishib olindi. Tashkilotchilar saralab olingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan bog'lanib, ular ishtirokida fotosessiya tashkil qilinadi hamda 100 nafar o‘quvchi “Ziyolilar School” almanaxiga kiritiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#diqqat

🟢 Bugun “Toshkent+1” onlayn tadbiri bo’lib o’tadi

📌 Mazkur tadbir soat 17:30-19:30da UNESCO boshchiligida o’tkaziladi.

☑️ Shuningdek, onlayn muloqot davomida bo‘lajak bosh konferensiyaga hozirlik ko’rish masalalari ham ilgari suriladi.
———-
#внимание

🟢 Сегодня состоится онлайн-мероприятие «Ташкент+1»

📌 Данное мероприятие проводится под предводительством ЮНЕСКО в 17:30-19:30.

☑️ Также в ходе онлайн-общения будут обсуждаться вопросы подготовки к предстоящей главной конференции.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi mavjud ta’lim muassasalari hududida joylashgan elektr taqsimlovchi punkt (transformator)larning soni, balansda saqlovchisi, xavfsizlik talablari hamda ularning texnik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilyapti.

❗️Shuningdek, vazirlikning hududiy bo‘linmalari va tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda elektr taqsimlovchi punkt (transformator)larning barcha talablarga to‘la mos ekanligi bo‘yicha zarur xatlov ishlari tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.

👉 Mazkur xatlov yakuni bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram